2-Mavzu. Antropogenezning noan’anaviy nazariyalari Reja Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi to’g’risida. Koinotiy nazariya va Darvinizm
Download 42.5 Kb.
|
2-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alferd Uollesning
- Bextereva nazariyasi.
Mehnat nazariyasi. Mehnat nazariyasi tarafdorlari insonga tirik mavjudotlar
ichida alohida maqom berib, uning kelib chiqishini sakrashlar, inqilobiy jarayonlar tarzida talqin etadilar. Bu jarayonlarda mehnatning tutgan o‘rni belgilovchi deb olinadi. Bu nazariyaga ko‘ra insonning qaysi hayvondan va qanday tarzda kelib chiqqanligi to‘g‘risidagi masalaga javob berish lozim edi. Charlz Darvin va uning maslakdoshi Alferd Uollesning tadrijiylik nazariyasi tarafdori bo‘lgan ingliz tabiatshunosi Tomas Gekslining 1863-yilda bosilib chiqqan «Tabiatda insonning o‘rni» asarida birinchi marta maymunlar, xususan, shimpanze va gorillo bilan insonning o‘xshash tomonlari to‘g‘risidagi g‘oyani asoslashga jiddiy urinilgan.Oradan o‘n yilcha o‘tgandan so‘ng Ch. Darvinning kishilar ajdodlarining kelib chiqqanligi haqida yangi dalillar keltirilgan navbatdagi tadqiqoti — «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlov» asari yaratildi. Unda inson allaqachonlar qirilib ketgan qandaydir neytral mavjudotlardan kelib chiqqan degan g‘oya ilgari surilgan. Lekin bu fikrlarga qaramay F.Engelsning «Maymunning odamga aylanishi jarayonida mehnatning roli» asari ta’sirida inson va maymun yaqinligi to‘g‘risidagi faraz keng tarqaldi. Mehnat nazariyasiga ko‘ra insonning maymundan qanday kelib chiqqanligini asoslash esa muammoligicha qolmoqda. Bunda ayniqsa insonning maymundan uchta asosiy farqi — tik yurishi, qo‘llarining rivojlanganligi hamda katta hajm va vaznga ega bo‘lgan miyaga egaligi o‘z izohini talab qilmoqda. Bextereva nazariyasi.Antropogenezning mehnat nazariyasi bilan tushuntirib bo‘lmaydigan jihatlari XX asrning ikkinchi yarmida koinotni o‘zlashtirishda erishilgan muvaffaqiyatlar bilan bog‘lab izohlanmoqda. Buning qator sabablari bor, albatta. Masalan, uchuvchi boshqaradigan fazo kemalarining Yer orbitasiga chiqarilishi, Quyosh tizimidagi yaqin va uzoq sayyoralarga ilmiy-amaliy maqsadlarda kemalar uchirilishi, shuningdek, Yerdan tashqari sivilizatsiyalar to‘g‘risidagi masalalarning fanda keng muhokama qilinishi shular jumlasiga kiradi. Rus fiziolog olimi, inson miyasi bo‘yicha katta mutaxassis hisoblangan akademik N.T.Bexterova nuqtayi nazariga ko‘ra inson koinotdan Yerga kelib ko‘payib ketgan. Haqiqatan ham hozirgi zamon fani inson miyasini o‘rganishda juda ilgarilab ketganligi tufayli, uning beqiyos imkoniyatlari to‘g‘risida ko‘pgina ma’lumotlar to‘plangan. Masalan, inson miyasida 1014 miqdordagi neyronlar va ularning birikmalari bo‘lib, bular yordamida butun insoniyat to‘plagan ma’lumotlarni unga singdirish mumkin. Lekin Yerda inson miyasiga qo‘yiladigan talablar uning imkoniyatlari darajasidan ancha past. Binobarin, uning miyasidagi beqiyos imkoniyatlar o‘z vaqtida koinotdagi sayyora shart-sharoitlari va talablari bilan bog‘liq bo‘lib, hozirgacha saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda Koinotning insoniyat ixtiyoridagi barcha vositalar yordamida tekshirilgan qismida qandaydir sivilizatsiyalar bo‘lish ehtimoli tasdiqlanmadi. Bunga astronomlarning Yerda hayotning noyobligi, uning boshqa biron joyda bo‘la olmasligi to‘g‘risidagi qarashlari ham qo‘shilsa, koinotiy nazariyaning asosli emasligi ko‘zga tashlanadi. Download 42.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling