-sof bilvostia soliqlar (Tn) – bilvosita soliqlar(qo`shilgan qiymat solig`i, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o`rtasidagi farq;
yollanma ishchilarning ish haqlari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to`lovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib to`lanadigan ijtimoiy sug`urta ajratmalari. O`zbekiston Respublikasida bu ajratma normasi 2005 yilda ish haqi fondiga nisbatan 31% bo`lgan bo`lsa. 2006 yildan boshlab 25 % qilib belgilandi.
Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ korxonalar- kichik hajmdagi, uy xo`jaliklariga tegishli korxonalar bo`lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari o`zaro qo`shilib ketgan bo`ladi. Bu holat aralash daromad atamasini qo`llashga sabab bo`ladi.
R= Korporatsiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari(R2) +amortizatsiya (A);
YaIMni daromadlar ko`rinishida yalpi qo`shilgan qiymatni ko`rsatilgan uch guruhga bo`lib topish mumkin:
YaIM = Tn + W+R
Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, to`g`ridan to`g`ri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko`rinishidagi daromadlar paydo bo`ladi.
Shuningdek, YaIMni daromadlar ko`rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga bo`lish ko`zda tutiladi:
-amortizatsiya (A);
-yollanma ishchilarning ish haqlari (W);
ijara haqi to`lovi va renta ko`rinishidagi daromadlar(R1);
kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2);
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (P1); -korporatsiya foydasi (P2).
Korporatsiyalar foydasi o`z navbatida quyidagilarga bo`linadi: a) korporatsiyasi foydasidan to`lanadigan soliqlar (P2.1);
b) hissadorlar o`rtasida taqsimlanadigan dividendlar(P2.2);
v) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi(P2.3).
Keltirilgan yondoshvuga ko`ra:
Do'stlaringiz bilan baham: |