2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar
Download 31.32 Kb.
|
2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qi1 Pi1 Deflator = ------------- 100 ∑ Qi1 Pi0
2.8. Nominal va real YaIM.
Iqtisodiyotda mavjud bo`lgan inflatsiya jarayonlari YaIMni hisoblashni qiyinlashtiradi. Bu ko`rsatkich dinamikasi bir vaqtning o`zida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdor va baho darajalarining o`zgarishini ifodalaydi. Iqtisodiyotda doimiy inflatsiya jarayonining mavjudligi makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni taqqoslama baholarda hisoblashni zarur etib qo`yadi. Chunki, inflatsiya iqtisodiyotning real holatini buzib ko`rsatadi. Iqtisodiyotni tahlil qilish, muammolarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bu vazifani bajarish uchun joriy baholarda hisoblangan nominal ko`rsatkichlardan emas, balki taqqoslama (bazis) baholarda hisoblangan real ko`rsatkichlardan foydalanish zarur. Ayrim yagona firmadan farqli o`laroq milliy iqtisodiyotda juda ko`p sonli tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi sababli ularning barchasini bir varakayiga taqqoslama baholarda hisoblash qiyin. Shu tufayli YaIM tarkibida katta ulushni tashkil etgan eng muhim tovarlar va xizmatlar bahosining o`zgarishi koeffitsienti ( baholar indeksi) hisoblab topilib olingan natija butun milliy iqtisodiyot uchun tadbiq etiladi. Baholar indeksini yoki inflatsiya darajasini hisoblash uchun: deflator (Paashe indeksi); iste‘mol narxlari indeksi(Laspeyres indeksi); sanoat ishlab chiqarish baholari indekslari hisoblanishi lozim. Deflator ko`rsatkichi quyidagi formula bilan hisoblaganadi: ∑ Qi1 Pi1 Deflator = ------------- 100 ∑ Qi1 Pi0 Bu yerda: i – deflatorni hisoblash uchun bozor savatiga kiritilgan tovarlar soni; Qi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – tovar yoki xizmatlar hajmi miqdori (Masalan 2 kg shakar, 2 dona ko`ylak va h.k); Pi1 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i — mahsulotning shu yilga bahosi; Pi0 – joriy yilda bozor savatiga kiritilgan i – mahsulotning bazis yildagi bahosi. Deflatorni hisoblash shartlari: odatda o`tgan yilga nisbatan hisoblanadi; bozor savati joriy yilda aniqlanib keyingi yillarda o`zgartirilishi mumkin; bozor savatiga ham iste‘mol ishlab chiqarish xarakteridagi tovarlar va xizmatlar kiritiladi; bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar turlarining umumiy YaIM dagi ulushi katta qismini tashkil qilishi kerak; bozor savatiga kiritilgan tovarlar va xizmatlar hajmlari o`rtasidagi nisbat ularning YaIM dagi ulushlari o`rtasidagi nisbatga mos kelishi kerak. Download 31.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling