2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblash. Reja: Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar


- Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R)


Download 46.79 Kb.
bet5/6
Sana03.11.2023
Hajmi46.79 Kb.
#1741809
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu. Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va ularni hisoblas

- Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ korxonalar- kichik hajmdagi, uy xo’jaliklariga tegishli korxonalar bo’lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish haqi elementlari o’zaro qo’shilib ketgan bo’ladi. Bu holat aralash daromad atamasini qo’llashga sabab bo’ladi.
R= Korporatsiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari(R2) +amortizatsiya (A);
YaIMni daromadlar ko’rinishida yalpi qo’shilgan qiymatni ko’rsatilgan uch guruhga bo’lib topish mumkin:
Olingan dastlabki daromadlar qayta taqsimlanishi natijasida dividend, renta, to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalardan olingan reinvestitsiya ko’rinishidagi daromadlar paydo bo’ladi.
SHuningdek, YaIMni daromadlar ko’rinishida aniqlashda, iqtisodiy nazariyada, daromadlarni quyidagi komponentlarga bo’lish ko’zda tutiladi:
-amortizatsiya (A);
- bilvostia soliqlar (T);
-yollanma ishchilarning ish haqlari (W);
- ijara haqi to’lovi va renta ko’rinishidagi daromadlar(R1);
- kapital uchun olingan foiz daromadlari (R2);
-mulkdan keladigan daromad (nokorporativ korxonalar daromadi) (R1);
-korporatsiya foydasi (R2).
Korporatsiyalar foydasi o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
a) korporatsiyasi foydasidan to’lanadigan soliqlar (R1.1);
b) hissadorlar o’rtasida taqsimlanadigan dividendlar(R1.2);
v) korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi(R1.3).
Keltirilgan yondoshvuga ko’ra:
Xarajatlar va daromadlar ko’rinishida hisoblab topilgan YaIM hajmi o’zaro mos keladi. CHunki milliy iqtisodiyot doirasida bir sub’ekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi sub’ekt uchun daromad bo’lib tushadi.
3.Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa ko’rsatkichlar va ular o’rtasidagi nisbat.
Milliy hisobchilik tizimiga ko’ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YaIM ko’rsatkichidan boshqa yana bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YaMD) ko’rsatkichi ham kiradi. Bu ko’rsatkich MHTning oldingi ko’rinishida hisoblangan Yalpi milliy mahsulot (YaMM) ko’rsatkichi bilan mohiyatan bir xil.

Download 46.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling