2-mavzu. Asosiy uchtovushliklarning funksional tizimi. Asosiy uchtovushliklarning bog’lanishi. Asosiy uchtovushliklar bilan kuyni garmoniyalash


Asosiy uchtovushliklar bilan kuyni garmoniyalash


Download 255.74 Kb.
bet2/3
Sana18.12.2022
Hajmi255.74 Kb.
#1031201
1   2   3
Bog'liq
2 mavzu ASOSIY UCHTOVUSHLIKLARNING FUNKSIONAL TIZIMI ASOSIY UCH

Asosiy uchtovushliklar bilan kuyni garmoniyalash.
Reja
1. Garmoniyalashtirish qoidalari.
2. Kuyni garmoniyalashtirish usullari
Tayanch tushunchalar
Murakkab o'lchov Akkord Garmonik harakat, tonika
Umumiy ma’lumotlar.
Berilgan kuyning o'z ida uni garmoniyalashtirish imkoniyatining ko‘p variantlari mujassamlashgan. Ammo, bu kuy har qanday akkordlar bilan garmoniyalashtirilsa bo'ladi, degani emas.
Kuyda ma’lum bir uslubiy belgilar mavjud bo'lib, ular ladtonallik, tarkibiy tuzilma, interval va ritmik xususiyatlarda ifodalanadi.
Garmoniya musiqada metr bilan uzviy bog'liqlik. Bu bir maromdagi pulsatsivada aksini topadi. Har taktning kuchli xissasi yangi garmoniya bilan ko'satiladi. Murakkab o'lchovli taktlarda nisbatan kuchli hissalarda ham garmoniyanig yangilanishi sodir bo'ladi. Garmonik pulsning tezlanishi ham mumkin. Bunda yangi akkord nafaqat kuchli va nisbatan kuchli hissalarda, balkikuchsiz hissalarda ham paydo bo'ladi.
Garmoniyalashtirish qoidalari.
Kuyni garmoniyalashda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Kuyni garmoniyalashdan oldin uni chalib ko'rish, tonalligini aniqlash,tuzilishini, y a ’ni musiqiy davriyani tashkil qiluvchi jumlalar, motiv va iboralarni tahlil qilish lozim. Unda qaytariluvchi tuzilmalar uchrashish mumkin. Ba ’zi hollarda bir xil tuzilmalar bir xil garmoniyalashtiriladi, boshqa hollarda boshlang'ich tuzilma murakkablashtiriladi. So'ng pog‘ona holatidan kelib chiqqan holda akkordlar aniqlanadi va belgilanadi.
2 . 0 ‘rta va past registrdagi kuyni zich joylashuvda garmoniyalash ma ’quldir.
Keng joylashuv zaruriyati kuynining baland va nisbatan baland tovushlarini
garmoniyalashtirishdan kelib chiqadi.
3. Akkordni kuchsiz hissadan kuchli hissaga ushlab turish yoki kuchsiz hissadan kuchli hissaga akkordni aynan qaytarish ma ’qul emas, chunki bunda garmonik pulsatsiya maromi buziladi.
4. Odatda birinchi akkord, agar u kuchli hissaga kelsa, tonika uchtovushligi bo’ladi. Ko'pincha taktoldi tovushlari umuman garmoniyalashtirilmaydi vohud D yoki S bilan garmoniyalanadi. Oxirgi akkord tonika uchtovushligi bo’lishi shart.
5. Kuydagi takrorlangan yoki uzoq davom etgan tovushni imkoniyat boricha har xil funksiyalar bilan garmoniyalash lozim.
6. Akkordlarni tanlashda va qo'shilishda parallel kvinta, oktava va unisonlar bo'lmasligiga e ’tibor qaratish darkor.
7. T — S, T - D hoxlangan ketma-ketlikda qoMlanishi mumkin, S akkordi D dan oldin kelishi kerak,biroq shu akkordlarning teskari izchiligi man etiladi.
8. Bas ovozida ketma-ket keluvchi va bir tomonga harakat qiluvchi ikkita kvarta yoki kvintaga y o 'l qo'ymas lik zarur.

Download 255.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling