2-mavzu: asosiy vositalarni qayta baholash va ularning invyentarizasiyasi hisobi reja


Asosiy vositalarni kelib tushishi va baholanishi


Download 47.57 Kb.
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi47.57 Kb.
#206702
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Магис Мол хис мм 2 мавзу Ас вос кайта бахо ва инвен-1

2.2.Asosiy vositalarni kelib tushishi va baholanishi

Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinganda ular boshlang‘ich qiymat bo‘yicha baholanadi. Bunda boshlag‘ich qiymat bo‘lib to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, aso­siy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlarning qiymati tushuniladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz soliqlari boshqa holatlarda qoplanadigan soliqlar hisoblanadi, ya’ni soliq to‘lovchi korxonalar tomonidan mazkur soliqlar to‘lanayotgan vaqtda qoplashga olish hisobga olinadi, lekin asosiy vositalar ob’ektlari sotib olinganda (qurilganda) yuqorida sanab o‘tilgan soliqlar ularning boshlang‘ich qiymatiga qo‘shiladi.

Amaliyotda asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati ularning kelib tushish manbaidan kelib chiqib aniqlanadi. Asosiy vositalar korxonaga kelib tushishi manbai bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng qurilgan ob’ektni qabul qilish-topshirish;

oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha ob’ektni sotib olish;

ustav kapitaliga ta’sischi ulushi ko‘rinishida kelib tushishi;

ta’sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan tashkilotning ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;

tekinga kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha);

ayirboshlash;

tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o‘tkazish;

moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‘yicha olish;

qiymati belgilangan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar;

asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini aniqlash.

Korxona tomonidan asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq tegishli xarajatlar amalga oshirilgan hollarda ularning boshlang‘ich qiymati shu xarajatlar summasiga ko‘payadi.

Xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga quyidagilar kiradi:

asosiy vositalar ob’ektiga doir huquqni sotib olish (olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;

bojxona bojlari va yig‘imlari;

asosiy vositalar ob’ektlarini olish (barpo qilish) munosaba­ti bilan soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);

asosiy vositalar ob’ektlarini olish (barpo qilish) bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar;

asosiy vositalar ob’ektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;

asosiy vositalar ob’ektini olishdagi vositachilarga to‘lanadigan haqlar;

asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;

aktivdan foydalanish maqsadi bo‘yicha uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, xarid qilingan asosiy vositalarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, asosiy vositalarni chet el valyutasiga xarid qilish chog‘ida valyutani almashtirish bo‘yicha ko­missiya va boshqa bank xizmatlari), asosiy vositalarni xarid qilish bo‘yicha kontraktlarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar asosiy vositalarning boshlag‘ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir bo‘lgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.

BHMS¹ 21 ga muvofiq mulkiy huquqi korxonaga tegishli asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanishda, konservatsiyada bo‘lgan yoki qisqa muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha berilgan asosiy vositalar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:

0110«Yer»;

0111«Yerni obodonlashtirish»;

0112«Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish»;

0120 «Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalar»;

0130 «Mashina va asbob-uskunalar»;

0140 «Mebel va ofis jihozlari»;

0150 «Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi»;

0160 «Transport vositalari»;

0170 «Ishchi va mahsuldor hayvonlar»;

0180 «Ko‘p yillik o‘simliklar»;

0190 «Boshqa asosiy vositalar»;

0199 «Konservatsiya qilingan asosiy vositalar».

Asosiy vositalarni haq to‘lash yo‘li bilan xarid qilish kapital qo‘yilmalar tugagandan keyin pudratchi tashkilotdan qurilgan ob’ektni qabul qilish-topshirish yoki ob’ektni oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq xarid qilish bilan amalga oshiriladi.

Qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha pudratchi shartnomada belgilan-gan muddatda buyurtmachining topshirig‘i bilan muayyan ob’ektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to‘lash majburiyatini oladi.

Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni (jumladan uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa ob’ektni qurish yoki qayta qurish haqida, shuningdek montaj, sozlash, ishga tushirish va qurilayotgan ob’ekt bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilish pudrati shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to‘lash majburiyatini oladi. Sotuvchi sotib oluvchiga oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan tovarni topshirishi shart. Agar oldi-sotdi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, sotuvchi sotib oluvchiga ashyoni berish bilan bir vaqtda unga mansub ashyoni, shuningdek qonun hujjatlarida yoki shartnomada nazarda tutil­gan ashyoga aloqador hujjatlar (texnik pasporti, sifat sertifikati, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va hokazolar)ni topshirishi shart.

Xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning huquq va majburiyatlari hamda mahalliy davlat hokimiyati va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlari sohasidagi vakolatlarining qonuniy asoslari O‘zbekiston Respublikasini «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi Qonunida belgilab o‘tilgan.

Taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlar­ni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majbu­riyatini oladigan kelishuv xo‘jalik shartnomasi deyiladi.

Xo‘jalik shartnomasi shartnoma predmetini, yetkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatla­ri bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga ko‘ra o‘zaro kelishuvga erishish lozim bo‘lgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak.

Haq evaziga sotib olingan asosiy vositalar ob’ektining boshlang‘ich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:

aktivlarni yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo‘yicha qurilish-montaj ishlarini bajarganlik uchun pudratchilarga to‘lanadigan summalar;

asosiy vositalar ob’ektiga doir huquqni sotib olish (olish) munosabati bilan amalga oshirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imlari, davlat bojlari va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar;

bojxona bojlari va yig‘imlari;

asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo qilish) munosabati bilan soliqlar va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);

asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo qilish) bi­lan bog‘liq axboriy va maslahat xizmatlari uchun to‘langan summalar;

asosiy vositalar ob’ektlarini yetkazib berish (barpo qilish) xatarini sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlar;

asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to‘lanadigan haqlar;

asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar;

aktivdan foydalanish maqsadi bo‘yicha uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar.

Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lashga doir xarajatlar qarzga olingan sarmoya hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilmaydi.

Haq to‘lash yo‘li bilan xarid qilingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati shakllanishi va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini misolda ko‘rib o‘tamiz.

2016 yil 10 avgustda «Samo» korxonasi tabiiy toshlarni qayta ishlovchi dastgoh sotib oldi. Shartnomaga muvofiq dastgohning bahosi 10 800000 so‘m, shu jumladan QQS - 1800 000 so‘m. Shartnoma sharti bo‘yicha «Samo» korxonasi 2017 yil 6 avgustda dastgohning 40 % qiymati miqdorida avans to‘lovini amalga oshirdi. Dastgohni sotib olishda «Samo» korxonasi mazkur dastgohni texnik va boshqa ko‘rsatkichlarini baholab beradigan «Konstruktor» injiniring kompaniyasining xizmatlaridan foydalangan va shartnomaga muvofiq uning xizmat haqi 600000 so‘mni tashkil etgan. Dastgohdan foydalanish maqsadi bo‘yicha uni ishchi holatga keltirish bi­lan bevosita bog‘liq boshqa xarajatlar quyidagilardan iborat: yuklash-tushirish ishlari - 80 000 so‘m; avtomobil transporti bilan olib kelish - 500 000 so‘m, «Samo» korxonasining ekspeditorining xiz­mat safari xarajatlari- 100000 so‘m, dastgohni olib kelishdagi sug‘urta xarajatlari - 50 400 so‘m, yig‘ish va o‘rnatishga ixtisoslash-gan kompaniyaga to‘lanadigan dastgohni o‘rnatish va yig‘ish xarajatla­ri - 200 000 so‘m, dastgohni sinovdan o‘tkazishda ishlatilgan materiallar qiymati - 65600 so‘m, dastgohni ishga tushirish jarayonida qatnashgan ishchilarning mehnat haqi xarajatlari - 150000 so‘m va ishchilarning ish haqi fondidan 24 foiz miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovga 36000 so‘m. 2017 yil 17 avgustda dastgoh foydalanishga topshirilgan. Shuningdek «Samo» korxonasi 2017 yil 12 avgustda sotib olingan dastgoh bo‘yicha yuzaga kelgan kreditorlik qarzini qolgan qismini to‘lash maqsadida «Kapital-bank»dan ikki yil muddatga, 20 % yillik stavka bo‘yicha, foizlari har oyda to‘lab boriladigan kredit olgan.

Mazkur holatda 2017 yil 31 avgustda «Samo» korxonasi kredit bo‘yicha foizlar hisoblashni quyidagicha amalga oshiradi:

6 480 000 so‘m = 10 800 000 so‘m - 4 320 000 so‘m;

(6 480 000 so‘m x 20 %) x (20 kun / 365 kun) = 71 014 so‘m.

Dastgohning boshlang‘ich qiymatini shakllanish tartibini ko‘rib chiqamiz. Dastgohning boshlang‘ich qiymati 12 582 000 so‘mga teng.

10 800 000 so‘m + 600 000 so‘m + 80 000 so‘m + 500 000 so‘m + 100 000 so‘m + 50 400 so‘m + 200 000 so‘m + 65 600 so‘m + 150 000 so‘m + 36 000 so‘m.

Dastgohni xarid qilish bilan bog‘liq operatsiyalar «Yulduz» AJning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

2016 yil 6 avgust holatiga:

- dastgohni yetkazib beruvchilarga avans to‘lovi o‘tkazib berilganda:

debet 4320 «Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib

beruvchilarga va pudratchilarga berilgan bo‘naklar»schyoti4320000so‘m;

kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyoti 4 320 000 so‘m;

4 320 000 so‘m = 10 800 000 so‘m x 40 % /100.

2017 yil 10 avgust holatiga:

- shartnoma bo‘yicha xarid qilingan dastgohning qiymati:

debet 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish»schyoti10800000 so‘m;

kredit 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va

pudrat­chilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti 10 800 000 so‘m;

- dastgohni yetkazib beruvchilarga oldin o‘tkazib berilgan avansni qoplashga qabul qilish:

debet 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va

pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti 4 320 000 so‘m;

kredit 4320 «Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib

beruvchilarga va pudratchilarga berilgan bo‘naklar» schyoti 4 320 000 so‘m;

- dastgohning texnik va boshqa ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha


bajarilgan ishlarning summasi:

debet 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 600 000 so‘m;

kredit 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va

pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti 600 000 so‘m;

- dastgohni keltirish, yuklash-tushirish, keltirishni sug‘urtalash
xarajatlari summasi:

debet 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 630 400 so‘m;

kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyoti 630 400 so‘m;

630 400 so‘m = 500 000 so‘m + 80 000 so‘m + 50 400 so‘m;

- dastgohni korxonaga keltirishga mas’ul bo‘lgan ekspeditorning
xizmat safari xarajatlari:

debet 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 100 000 so‘m;

kredit 4220 «Xizmat safariga berilganbo‘naklar» schyoti yoki 6970 «Hisobdor shaxslarga bo‘lgan qarz» schyoti 100 000 so‘m.

2017 yil 12 avgust holatiga:

- olingan kredit summasiga:

debet 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyoti 6 480 000 so‘m;

kredit 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyoti 6480 000 so‘m;

- dastgohni yetkazib beruvchilar oldidagi qarzni to‘lash:

debet 6010 «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga

to‘lanadigan schyotlar» schyoti 6 480 000 so‘m;

kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyoti 6 480 000 so‘m.

2017 yil 17 avgust holatiga:

- dastgohni o‘rnatish xarajatlari summasiga:

debet 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 200 000 so‘m;

kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyoti 200 000 so‘m;

- dastgohni sinovdan o‘tkazish jarayonida ishlatilgan materiallar qiymatiga:

debet 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 65 600 so‘m;

kredit 1090 «Boshqa materiallar» schyoti 65 600 so‘m;

- ishga tushirish jarayonida ishtirok etgan ishchilarning mehnat
haqi xarajatlari:

debet 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 186 000 so‘m;

kredit 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan

hisoblashishlar» schyoti 150 000 so‘m;

kredit 6520 «Maqsadli davlat jamg‘armalariga

to‘lovlar» schyoti 36 000 so‘m;

- xarid qilingan dastgohni foydalanishga topshirilganda:

debet 0130 «Mashina va asbob-uskunalar»schyoti 12 582 000 so‘m;

kredit 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 12582000 so‘m;

- dastgohni keltirish, yuklash-tushirish va keltirishni sug‘urta-


lash xarajatlari, shuningdek dastgohni o‘rnatish bo‘yicha bajarilgan
ishlar qiymati bo‘yicha qarzlarni to‘lash:

debet 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyoti 830 400 so‘m;

kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyoti 830 000 so‘m;

830 400 so‘m = 500 000 so‘m + 80 000 so‘m + 50 400 so‘m + 200 000 so‘m.

2016 yil 31 avgust holatiga:

- kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar summasiga:

debet 9610 «Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti 71 014 so‘m;

kredit 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti 71 014 so‘m.


Korxonani o‘zining kuchi bilan yaratilgan asosiy vositalarning bosh-lang‘ich qiymati ham xarid qilingan aktivlarni qiymatini aniqlashdagi tamoyillarga asoslangan holda aniqlanadi, ya’ni mazkur ob’ektlarni tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo‘yicha haqiqiy xarajatlar summasidan iborat bo‘ladi. Bularga xususan quyidagilar kirishi mumkin: material xarajatlar; mehnatga haq to‘lash xarajatlari; qurilishda ishtirok etadigan amortizatsiyalanadigan mol-mulk bo‘yicha hisob­langan eskirish summasi.

Boshlang‘ich qiymat - asosiy vositani olinishi yoki yaratilishi uchun sarflangan mablag'lar miqdoridir. Aktivning boshlang'ich qiymati aktivni etkazib beruvchiga to'lovlarni, uni tashish va o'rnatish uchun mablag'larni, sug'urta va soliqlarni o'z ichiga oladi.1

Qoldiq qiymat – amortizasiya summasini chegirilgan holda asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati;2

Tiklash qiymati - asosiy vositalarni qayta baholash bilanbog’liq bo’lgan qiymati3.

Xo‘jalik usuli bilan qurilganda bevosita xarajatlar tarkibida hisobga olinadigan material xarajatlarga qiymati foydalanishga kiritiladigan asosiy vositalar qiymatida hisobga olinadigan materiallarni, asbob-uskunalarni xarid qilish xarajatlari qiymatini va xo‘ja­lik usuli bilan qurilganda qurilish-o‘rnatish ishlarini bajarishda foydalaniladigan butlovchi buyumlarni qiymatini kiritishlozim.

Mehnatga haq to‘lash xarajatlariga xo‘jalik usuli bilan quril­ganda qurilish-o‘rnatish ishlarini bajargan asosiy ishlab chiqarish ishchilarining mehnatiga haq to‘lash xarajatlari hamda ish haqi fondidan yagona ijtimoiy to‘lov summasi kiradi.

Hisoblangan amortizatsiya summasiga xo‘jalik usulida ishlarni bajarish uchun foydalaniladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini kiritish lozim. Asosiy vosi­talar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash BHMS¹ 5 vaO‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2005 yil 25 martdagi 35-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yil 27 iyunda 1485-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS¹ 7) «Nomoddiy aktivlar»ga muvofiq amalga oshiriladi.

BHMS¹ 21 ga muvofiq, kapital qurilish smetalarida, smeta-loyiha hisoblarida va titul ro‘yxatlarida nazarda tutilgan bino va inshootlarni barpo etish, asbob-uskunalarni, vositalarni, inventarlarni va boshqa jihozlarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar (qurilish pudrat yoki xo‘jalik usulida amalga oshirilishidan qat’iy nazar) 0810 «Tugallanmagan qurilish» schyotida aktivlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda hisobga olinadi. Asosiy vosi­talarni foydalanishga kiritilganda ularning boshlang‘ich qiymati summasiga 0810 «Tugallanmagan qurilish» schyoti asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100) bilan bog‘langan holda kreditlanadi.

Bunda qurilish davrida qurilish uchun olingan uzoq muddatli kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar barpo etilgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi. Korxona asosiy vosita (masalan, bino, inshoot va hokazolar)ni qurish (barpo etish) bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash uchun moliya-kredit tashkilotlaridan maqsadli kre­dit olgan hollarda, tegishli ravishda mazkur maqsadli kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar ob’ektni barpo etish (qurilish) pudrat yoki xo‘ja­lik usulida amalga oshirilishidan qat’iy nazar barpo etish (qurilish) jarayoni davomida asosiy vositalar ob’ektining qiymatiga olib borilishi kerak.

Asosiy vositalarni barpo etish tugagan, ya’ni u foydalanishga berilgan hollarda, foizlarni kapitalizatsiya qilish to‘xtatiladi, aso­siy vositalar ob’ektlarini foydalanishga berilgandan keyin hisob­langan foiz xarajatlari esa korxonaning moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlariga olib boriladi va 9610 «Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyotida hisobga olinadi.

Aktivni qurish (barpo etish) amalga oshiriladigan davrda maqsadli kreditlar bo‘yicha hisoblangan foiz xarajatlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz.

“Ishonch» korxonasi omborxona binosini qurishni xo‘jalik usulida amalga oshiradi. Qurilish davri 3 yil. Qurilishni moliyalashtirish uchun «Kapitalbank»dan 4 yil muddatga, foiz stavkasi yillik 18 %, foizlar har yili to‘lanadigan summasi 15 000 000 so‘m bo‘lgan kredit olingan.

«Ishonch» korxonasida kredit bo‘yicha har yili foizlar hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi:

15 000 000 so‘m x 18 % / 100 = 2 700 000 so‘m.

Kreditni olish va ular bo‘yicha foizlarni hisoblash bilan bog‘liq operatsiyalar «Ishonch» korxonasining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

- olingan kredit summasiga:

debet 5110 «Hisob-kitob schyoti» schyoti 15 000 000 so‘m;

kredit 7810 «Uzoq muddatli bank kreditlari» schyoti 15000000 sum;

birinchi, ikkinchi va uchinchi yillarda:

- hisoblangan foizlar bo‘yicha xarajatlar summasiga:

debet 0810 «Tugallanmagan qurilish» schyoti 2 700 000 so‘m;

kredit 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti 2 700 000 so‘m;

to‘rtinchi yil:

- hisoblangan foizlar bo‘yicha xarajatlar summasiga:

debet 9610 «Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar» schyoti 2 700 000 so‘m;

kredit 6920 «Hisoblangan foizlar» schyoti 2 700 000 so‘m.


Korxona ustav kapitaliga ulush sifatida olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqa holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, korxona ta’sischilari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan ularning puldagi bahosi tan olinadi.

Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarda ustav fondi (ustav kapitali)ga kiritiladigan ulush sifatida pul, qimmatli qog‘ozlar, boshqa narsa yoki mulkiy huquqlar yoki pulda baho­si mavjud bo‘lgan boshqa beriladigan huquqlar bo‘lishi mumkin.

Jamiyatni ta’sis etilganda joylashtiriladigan aksiyalar ta’sischilar tomonidan jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin bir yildan kechikmagan muddatda to‘langan bo‘lishi. Ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin ta’sischilar tomonidan to‘lanmagan aksiyalar tugatilishi kerak. Jamiyatning qo‘shimcha aksiyalar mazkur aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan joylashtirish muddatida to‘langan bo‘lishi kerak. Jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarini to‘lash qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda pul va boshqa to‘lov vositalari, mol-mulk, shuningdek pulda bahosi mavjud bo‘lgan huquqlar (shu jumladan mulkiy) amalga oshiriladi. Jamiyatning aksiyalarini to‘lash shakli ularni ta’sis etishda jamiyatni ta’sis etish shartnomasi (qayta tashkil etish qarori)da yoki jamiyatning ustavida, qo‘shimcha aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar chiqarishda esa ularni joylashti­rish to‘g‘risidagi qarorda belgilanadi.

Ulushlarni pulsiz mablag‘lar bilan to‘langanda qonunchilikda quyidagilar nazarda tutilgan:

xususiy korxonalarda mulkdor ustav kapitaliga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi;

mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar­da ishtirokchilar va qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo‘shiladigan pulsiz hissalarning pul bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyatning barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qarori bilan tasdiqlanadi;

aksiyadorlik jamiyatlarida jamiyatni ta’sis etish chog‘ida aksiyaga to‘lanadigan haq sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosi muassislar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq chiqarilishi aniqlanadi. Agar jamiyatning shu yo‘sinda sotib olinayotgan aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordagi ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘pni tashkil etsa, jamiyatning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining haqi sifatida topshirilayotgan mol-mulkning puldagi bahosini mustaqil narxlovchi chiqarishi kerak.

Ushbu talablar nima uchun kiritilgan? Korxona o‘zining barcha majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikni o‘zining barcha mol-mulki bilan bajarishi kerak. Ustav kapitali o‘z navbatida korxonaning kreditorlari manfaatlarini kafotlaydigan mol-mulkni minimal miqdorini aniqlaydi. Shuning uchun ham ustav kapitali noto‘g‘ri (fiktiv) yoki sun’iy oshirilmagan bo‘lishi kerak. Ya’ni ulush sifatida kiritilgan mol-mul­kni sotishdan mablag‘lar ulushning nominal qiymatiga mos kelishi kerak. Mana shuni tasdiqlash maqsadida pulsiz kiritiladigan yirik ulushlarni mustaqil baholash amalga oshiriladi.

Shu bilan birga oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning aksiyalar nominal qiymatidan oshgan miqdori, ya’ni aksiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan emission daromad, shuningdek ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kurs farqlarini summasi ko‘rinishidagi qo‘shilgan kapital mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlar qo‘shilgan kapi­tal tarkibida hisobga olinishiga ham e’tibor qaratish lozim.

Korxona ustav kapitaliga ulush sifatida olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatining shakllanishi va ushbu operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. «Taraqqiyot» korxonasining ustav kapitali 50 000 000 so‘m qilib ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ta’sis hujjatlariga muvofiq ta’sischi ustav kapitaliga ulush sifatida qiymati 30 000 000 so‘m bo‘lgan asosiy vositalar (ichimliklarni quyish liniyasi)ni va 20 000 000 so‘m summadagi pul mablag‘larini kiritishi kerak.

Ikkita holatni (ta’sis hujjatlarda nazarda tutilganga nisbatan ustav kapitaliga ulushni miqdori va asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirilishidan kelib chiqib) ko‘rib chiqamiz.

1-Holat.


«Taraqqiyot» korxonasi ta’sischisi ustav kapitaliga ulush sifatida qiymati 30 000 000 so‘m bo‘lgan asosiy vositalar (ichimliklarni quyish liniyasi)ni kiritdi. Yetkazib berish xarajatlarini ta’sischi o‘z kuchi bilan amalga oshirdi.

«Taraqqiyot» korxonasi ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sischilardan kelib tushgan asosiy vositalarni kirim qilish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

- korxona ro‘yxatga olinayotganda ustav kapitali summasiga:

debet 4610 «Ustav kapitaliga ta’sischilarning

ulushlari bo‘yicha qarzi» schyoti 50 000 000 so‘m;

kredit 8330 «Pay va ulushlar» schyoti 50 000 000 so‘m;

- ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sischilardan asosiy vosita-
lar (ichimliklarni quyish liniyasi) kelib tushishi:

debet 0310 «Mashina va asbob-uskunalar»schyoti 30 000 000 so‘m;

kredit 4610 «Ustav kapitaliga ta’sischilarning

ulushlari bo‘yicha qarzi» schyoti 30 000 000 so‘m.

2-holat.

«Taraqqiyot» korxonasi ta’sischisi ustav kapitaliga ulush sifatida qiymati 31 000 000 so‘m bo‘lgan asosiy vositalar (ichimliklarni quyish liniyasi)ni kiritdi. Omborgacha yetkazib berishni «Taraqqiyot» korxonasiishchilari tomonidan amalga oshirilgan. Yetkazib berish xarajatlari quyidagilardan iborat: transport xarajatlari 500 000 so‘m, ishchilarga ish haqi hisoblash 250 000 so‘m va ishchilarning ish haqi fondidan 24 foiz miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovga 60 000 so‘m.

Bu holatda asosiy vositalar (ichimliklarni quyish liniyasi)ning boshlang‘ich qiymati quyidagidan iborat:

31 810 000 so‘m = 31 000 000 so‘m + 500 000 so‘m + 250 000 so‘m + 60 000 so‘m.

«Taraqqiyot» korxonasiustav kapitaliga ulush sifatida ta’sischilardan kelib tushgan asosiy vositalarni kirim qilish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

- korxona ro‘yxatga olinayotganda ustav kapitali summasiga:

debet 4610 «Ustav kapitaliga ta’sischilarning

ulushlari bo‘yicha qarzi» schyoti 50 000 000 so‘m;

kredit 8330 «Pay va ulushlar» schyoti 50 000 000 so‘m;

- ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sischilardan asosiy vosita­


lar (ichimliklarni quyish liniyasi) kelib tushishi:

debet 0310 «Mashina va asbob-uskunalar» schyoti 31 810 000 so‘m;

kredit 4610 «Ustav kapitaliga ta’sischilarning

ulushlari bo‘yicha qarzi» schyoti 30 000 000 so‘m;

kredit 8530 «Tekinga olingan mulk» schyoti 1 000 000 so‘m;

kredit 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti 500 000 so‘m;

kredit 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan

hisoblashishlar» schyoti 250 000 so‘m;

kredit 6520 «Maqsadli davlat jamg‘armalariga

to‘lovlar» schyoti 60 000 so‘m.

Korxona tomonidan tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati deb to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig‘imlar), yetkazib berish, o‘rnatish, ulash, foydalanishga tushirish va aktivni ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa har qanday xarajatlarni hisobga olgan holda buxgalteriya hisobiga qabul qilingan sanadagi ularning joriy qiymati tan olinadi. Joriy qiymat deganda ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summasi tushuniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 135-moddasiga muvofiq, tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) olingan asosiy vositalarning qiymati yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish maqsadida soliq to‘lovchining yalpi daromadiga qo‘shiladi. Mol-mulk, mulkiy huquqlar tekin asosda olinayotganda oluvchi shaxsning daromadlari bozor qiymati bo‘yicha belgilanadi. Mol-mulkning, mulkiy huquqlarning bozor qiymati hujjatlar bilan yoki baholovchi tomonidan tasdiqlanadi. Hujjatlar bilan tasdiqlash deb jo‘natish (etkazib berish) hujjatlari, yetkazib beruvchilarning narxlarga oid ma’lumotlari (prays-varaqlar), ommaviy axborot vositalaridan olingan ma’lumotlar, birja ma’lumotlari, davlat statistikasi organlarining ma’lumotlari e’tirof etiladi.

Korxona tomonidan tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) olingan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini shakllanishi va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini misolda ko‘rib chiqamiz.

«Mega» korxonasi yanada kengroq rivojlantirish maqsadida «Alfa» MChJ korxonaga o‘ziga tegishli asosiy vositalar (kompyuter)ni tekinga berdi. Kompyuterning joriy qiymati 850 000 so‘mga teng.

Tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) kelib tushgan asosiy vositalar (kompyuter)ni kirim qilinishi «Mega» MChJning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

debet 0150 «Kompyuter jihozlari va hisoblash

texnikasi» schyoti 850 000 so‘m;

kredit 8530 «Tekinga olingan mulk» schyoti 850 000 so‘m.

Tayyor mahsulot tarkibidan asosiy vositalarga o‘tkazilgan ob’ektlarning boshlang‘ich qiymati Xarajatlar tarkibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq belgilanadigan ularning ishlab chiqarish tannarxiga teng bo‘ladi.

Tayyor mahsulot tarkibidan asosiy vositalarga o‘tkazilgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini shakllanishi va ularni buxgal­teriya hisobida aks ettirish tartibini misolda ko‘rib chiqamiz. «Farovon» korxonasi tokarlik dastgohlarini ishlab chiqaradi. «Farovon» korxonasi rahbariyati ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan tokarlik dastgohini yangilashga qaror qildi. Tokarlik dastgohini ishlab chiqarish tannarxi 8 500 000 so‘m, tokarlik dastgohini sozlashishga tushirish ja­rayonida ishtirok etgan ishchilarga mehnat haqi xarajatlari 50 000 so‘m va ishchilarning ish haqi fondidan 24 foiz miqdorida yagona ijtimoiy to‘lovga 12 000 so‘m.

Tayyor mahsulot tarkibidan o‘tkazilgan tokarlik dastgohining boshlang‘ich qiymati 8 562 000 so‘m (8 500 000 so‘m + 50 000 so‘m + 12 000 so‘m)ga teng.

Tayyor mahsulot tarkibidan o‘tkazilgan tokarlik dastgohini kirim qilinishi «Farovonkorxonasining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

- tayyor mahsulot tarkibidan o‘tkazilgan tokarlik dastgohini qiymatiga:

debet 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 8 500 000 so‘m;

kredit 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti 8 500 000 so‘m;

- tokarlik dastgohini sozlash-ishga tushirish jarayonida ishtirok


etgan ishchilarga mehnat haqi hisoblash bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:

debet 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 62 000 so‘m;

kredit 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan

hisoblashishlar» schyoti 50 000 so‘m;

kredit 6520 «Maqsadli davlat jamg‘armalariga

to‘lovlar» schyoti 12 000 so‘m;

- tayyor mahsulot tarkibidan o‘tkazilgan tokarlik dastgohini foydalanishga berilganda:

debet 0130 «Mashina va asbob-uskunalar» schyoti 8 562 000 so‘m;

kredit 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 8 562 000 so‘m.

Tovar-moddiy zahiralar tarkibidan (tayyor mahsulotlardan tashqari) asosiy vositalarga o‘tkazilgan ob’ektlarning boshlang‘ich qiymati BHMS¹ 4 ga muvofiq belgilanadigan ularning balans qiymatiga teng bo‘ladi.

Tovar-moddiy zahiralar tarkibidan (tayyor mahsulotlardan tashqari) asosiy vositalarga o‘tkazilgan asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymatini shakllanishi va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibini misolda ko‘rib chiqamiz. Yengil avtomobillar savdosi bilan shug‘ullanuvchi «Lada» MChJ transport vositasini yangilashga qaror qildi. «Lasetti» avtomobilining balans qiymati 15 000 000 so‘mni, uni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati idoralarida ro‘yxatga olish bilan bog‘liq xarajatlar 150 000 so‘m (misol uchun)ni tashkil etadi.

Tovarlar tarkibidan o‘tkazilgan «Lasetti» avtomobilining boshlang‘ich qiymati 15 150 000 so‘m (15 000 000 so‘m + 150 000 so‘m)ga teng.

Tovarlar tarkibidan o‘tkazilgan «Neksiya» avtomobilini kirim qilinishi «Lada» MChJning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:

- tovarlar tarkibidan o‘tkazilgan «Neksiya» avtomobilini qiymatiga:

debet 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 15 000 000 so‘m;

kredit 2910 «Ombordagi tovarlar» schyoti 15 000 000 so‘m;

- «Lasetti» avtomobilini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati idoralari­da ro‘yxatga olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga:

debet 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 150 000 so‘m;

kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyoti 150 000 so‘m;

- tovarlar tarkibidan o‘tkazilgan «Neksiya» avtomobilini foydalanishga berilganda:

debet 0160 «Transport vositalari» schyoti 15 150 000 so‘m;

kredit 0820 «Asosiy vositalarni xarid qilish» schyoti 15 150 000 so‘m.



Download 47.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling