2. Mavzu: Avtomobil va traktorlarning ichki yonuv dvigatellari va ularni ekspluatatsiya qilish sharoitlari Reja


Download 1.65 Mb.
bet1/9
Sana08.01.2022
Hajmi1.65 Mb.
#243452
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-modul 2 chi


2. Mavzu: Avtomobil va traktorlarning ichki yonuv dvigatellari va ularni ekspluatatsiya qilish sharoitlari

Reja:

  1. Avtotraktor dvigatellari haqida umumiy tushunchalar.

  2. IYoDni ishlatish sharoitlari, ularning IYoD ish rejimlariga ta’siri, ularga qo’yiladigan talablar.

  3. Porshenli IYoDlarning ishlash prinsiplari.



  1. Avtotraktor dvigatellari haqida umumiy tushunchalar.

Avtomobil va traktor ishlab chiqarish sanoatida sodir bo’layotgan rivojlanishlar, avtomobil transportida yuk va yo’lovchilarni tashish ishlari hajmining ortib borishi, qishloq xo’jaligida esa traktorlarga bolgan ehtiyojning kengayishi, yangi ishlab chiqarilgan avtotraktor parki (soni) bilan to’ldirishnigina emas, balki ishlayotgan avtomobil va traktorlarni takomillashtirish va ulardan foydalanish camarasini oshirish vazifalarini ham o’z ichiga oladi. Qo’yilgan bu vazifalarni ijobiy va samarali hal qilish uchun fan, texnikaning ilg’or yutuqlarini keng qo’llash talab etiladi.

Ma’lumki, avtotraktor transport vositalariga asosan porshenli IYoD o’rnatiladi. IYoD sohasini rivojlantirish va uni takomillashtirish masalalariga esa zamonaviy standart talablari qo’yilgan. Ushbu talablarning asosiylari yonilg’i sarfini va dvigatelning nisbiy massasini kamaytirish, IYoD ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish harajatlarini kamaytirish, dvigateldan atmosferaga chiqayotgan zaharli gazlar miqdorini hamda dvigatel shovqinini ozaytirish va boshqa vazifalardan iborat. Ushbu vazifalarni yechish dvigatel ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilish mutaxassislaridan chuqur nazariy bilim, dvigatellarning konstruksiyasi va uni hisob-kitob ishlarini puhta egallab, ularni amalda qollash ko’nikmalari hosil qilishni talab etadi.

IYoD murakkab qurilma bo’lib, u quyidagi mexanizm va apparatlardan tashkil topgan:

-krvoship – shatun mexanizmi (KSHM) ;

-gaz taqsimlash mexanizmi ( GTM) ;

-sovutish tizimi;

-moylash tizimi;

-yonilg’i bilan taminlash tizimi ;

-o’t oldirish tizimi ( benzinli IYoDlarda ).

Yuqorida keltirilgan mexanizm va tizimlar IYoDni belgilangan vaqt davomida to’xtab qolmasdan ishlashini taminlash uchun xizmat qiladi.



KSHM – dvigatel silindrlarida ishchi aralashma yonishi natijasida hosil bo’lgan issiqlik energiyasini mexanik aylanma harakatga ozgartirib berish uchun xizmat qiladi. Porshenli ichki yonuv dvigatellarining KSHMi 5-rasmda ko’rsatilgan detallardan tashkil topgan.

5-rasm. Dvigatelning krivoship-shatun mehanizmi.



1-moy sidirish halqasi; 2-kompessiya halqalari; 3-porshen barmog’i; 4-mahkamlash halqasi; 5-shatun qopqog’i; 6-bolt; 7-vkladish; 8-vtulka; 9-shatun bo’yini; 10-muvozanatlovchi vaznlik; 11-tirsakli valning o’zak boyini.

GTM – dvigatelning yonish kamerasiga yonilg’I aralashmani (benzinli va gazli dvigatellarda) yoki havoni (dizellarda) o’z vaqtida va belgilangan miqdorda kirtish va silindrlardan ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi. GTMining ko’rinish sxemasi va uni tashkil qiluvchi detallari 6-rasmda ko’rsatilgan.

6-rasm. Dviganelning gaz taqsimlash mehanizmi


1 -rolikli kiritish klapani ; 2-kiritish klapanlarining taqsimlash vali; 3-taqsimlash valining kulachogi ;4-chiqarish klapanining taqsimlash vali ;5-richag (коromislo) ; 6-gidravlik kompensator ;7-klapan prujinasi ;8-chiqarish klapani ;

9-silindr blokining kallagi ;10-silindrlar bloki .



Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling