9
2-MAVZU: AXBOROT HIMOYASI VA UNING TURLARI
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
2.1. Axborot himoyasi va uning turkumlari.
2.2. Tarmoq xavfsizligini nazorat qilishning texnik vositalari.
2.3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida ma'lumotlarga nisbatan xavflar.
2.4. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalanish zaruriyati.
Tayanch so‘z va iboralar: maxfiylik,
konfidentsiallik, yaxlitlik,
autentifikatsiya, ishonchlilik,
aniqlilik, identifikatsiyalashni nazorat qilish, qasddan buzilishlarga to’sqinlik
Axborotni himoya qilish dеganda:
Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elеmеntlarining buzilishi,
yoki yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;
Axborotning butunligini
saqlab qolgan holda, uni elеmеntlarini qalbakilashtirishga
(o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik;
Axborotni tеgishli huquqlarga ega bo‘lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat
etilmagan holda olishga yo‘l quymaslik;
Egasi tomonidan bеrilayotgan (sotilayotgan) axborot va rеsurslar faqat tomonlar o‘rtasida
kеlishilgan shartnomalar asosida qo‘llanilishiga ishonish
kabilar tushuniladi
Axborotlarni himoyalashning vazifalari
Foydalanuvchanlik - bu ma’lum vaqt oralig‘ida kerakli axborot xizmatini olish imkoniyatidir.
Butunlik - axborotni aktualliligi bo‘lib, uni yo‘q qilinishidan va ruxsat etilmagan o‘zgartirishlardan
himoyalanganliligidir. Maxfiylik - bu axborotni ruxsat etilmagan murojaatlardan himoyalash.
Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin:
•
maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar
doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni
foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab qo’yilib, xujjatlashtirilganligi kafolati. Bu
bandning buzilishi
o’g’irlik yoki
axborotni oshkor qilish, deyiladi;