2-mavzu. Axborot himoyasi va uning turlari
Hozirgi kunda ma'lumotlarni ruxsatsiz chetga chiqib ketish yo'llari quyidagilardan iborat
Download 19.88 Kb.
|
2-mavzu. Axborot himoyasi va uning turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati
- Axborotni himoyalash tizimi
Hozirgi kunda ma'lumotlarni ruxsatsiz chetga chiqib ketish yo'llari quyidagilardan iborat:
· elektron nurlarni chetdan turib o'qib olish; · aloqa kabellarini elektromagnit to'lqinlar bilan nurlatish; · yashirin tinglash qurilmalarini qo'llash; · masofadan rasmga tushirish; · printerdan chikadigan akustik to'lqinlarni o'qib olish; · ma'lumot tashuvchilarni va ishlab chiqarish chiqindilarini o'g'irlash; · tizim xotirasida saqlanib qolgan ma'lumotlarni o'qib olish; · himoyani yengib ma'lumotlarni nusxalash; · qayd qilingan foydalanuvchi niqobida tizimga kirshi; · dasturiy tuzoqlarni qo'llash; · dasturlash tillari va operatsion tizimlarning kamchiliklaridan foylalanish; · dasturlarda maxsus belgilangan sharoitlarda ishga tushishi mumkin bo'lgan qism dasturlarning mavjud bo'lishi; · aloqa va apparatlarga noqonuniy ulanish; · himoyalash vositalarini qasddan ishdan chiqarish; · kompyuter viruslarini tizimga kiritish va undan foydalanish. Ushbu yo'llardan deyarli barchasining oldini olish mumkin, lekin kompyuter viruslaridan hozirgacha qoniqarli himoya vositalari ishlab chiqilmagan. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati Axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda kogozsiz avtomatlashtirilgan asosda boshkarilishi sababli axborot xavfsizligini ta’minlash murakkablashib va muximlashib bormokda. Shuning uchun xam avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida axborotni ximoyalashning yangi zamonaviy texnologiyasi paydo bulmokda. DataQuest kompaniyasining ma’lumotiga kura, 1996—2000 yillarda axborot ximoyasi vositalarining sotuvdagi xajmi 13 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan. Axborotni himoyalash tizimi Axborotning zaif tomonlarini kamaytiruvchi axborotga ruxsat etilmagan kirishga, uning chikib ketishiga va yukatilishiga tuskinlik kiluvchi tashkiliy, texnik, dasturiy, texnologik va boshka vosita, usul va choralarning kompleksi — axborotni ximoyalash tizimi deyiladi. Axborot egalari xamda vakolatli davlat organlari shaxsan axborotning kimmatliligi, uning yukotilishidan keladigan zarar va ximoyalash mexanizmining narxidan kelib chikkan xolda axborotni ximoyalashning zaruriy darajasi xamda tizimning turini, ximoyalash usullar va vositalarini aniklashlari zarur. Axborotning kimmatliligi va talab kilinadigan ximoyaning ishonchliligi bir-biri bilan bevosita boglik. Himoyalash tizimi uzluksiz, rejali, markazlashtirilgan, maksadli, anik, ishonchli, kompleksli, oson mukammallashtiriladigan va kurinishi tez uzgartiriladigan bulishi kerak. U odatda barcha ekstremal sharoitlarda samarali bulishi zarur. Download 19.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling