2-Mavzu: Aylanmadan olinadigan soliq


Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari


Download 28.32 Kb.
bet4/9
Sana18.06.2023
Hajmi28.32 Kb.
#1561715
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Mavzu Aylanmadan olinadigan soliq-fayllar.org

Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari
Agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi ro’yxatdan o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi ro’yxatdan o’tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga bo’lingan va ro’yxatdan o’tilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar bo’lgan kunlar soniga ko’paytirilganda bir milliard so’mga teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar ro’yxatdan o’tilgan yildan keyingi yildan e’tiboran qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga o’tadi.
Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari
Vositachilik, topshiriq shartnomasi va vositachilik xizmatlari ko’rsatishga oid boshqa shartnomalar bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi soliq to’lovchilar, shu jumladan telekommunikatsiyalar operatorlari va (yoki) provayderlariga vositachilik xizmatlarini ko’rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadni realizatsiya qilish bo’yicha umumiy aylanmadan (bitim summalaridan) kelib chiqqan holda aniqlaydi.
Aylanmadan olinadigan soliqni qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari
Moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan ob’ektlar qurilishini (bundan joriy va kapital ta’mirlash mustasno) bajaruvchi yuridik shaxslar bunday qurilishga doir shartnoma rasmiylashtirilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan e’tiboran qo’shilgan qiymat solig’i va foyda solig’ini to’lashga o’tadi.
Soliqni to’lash soliq to’lovchini quyidagilardan ozod etmaydi:
Soliq kodeksi bilan uning zimmasiga yuklatilgan soliq agentining majburiyatlarini bajarishdan.
agar Soliq kodeksida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, hisobvaraq-faktura taqdim etish, xaridlarni hisobga olish kitobini va sotishlarni hisobga olish kitobini yuritish majburiyatidan.
Soliq solish ob’ekti va soliq bazasi
Soliq kodeksining 463-moddasiga muvofiq jami daromad soliq solish ob’ektidir, bundan o’ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda soliq solish chog’ida inobatga olinmaydigan daromadlar (Soliq kodeksi 304-moddasi “Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar”) mustasno.
Soliq solish maqsadida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad deganda quyidagilar tushuniladi:
qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari uchun - o’z kuchlari bilan bajarilgan, tegishincha qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurilish, ishga tushirish-sozlash, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) beruvchi yuridik shaxslar uchun — moliyaviy ijara (lizing) bo’yicha foizli daromad summasi;

Download 28.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling