2-mavzu: Borliq – falsafa kategoriyasi. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari Reja
Download 39.17 Kb.
|
2-мавзу. Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinergetika
Dogmatizm aqidaparastlik (yun. dogma-fikr, ta’limot)- biror bir fikr, ta’limotga, aqidalarga ko‘r-ko‘rona ishonish dogmatizm tarafdorlarining asosiy tamoyilidir. Ularning nazarida tushunchalar nazariyalar, qonunlar o‘zgarmaydi. dogmatizmning xilma-xil shakllari mavjud: siyosat, ilmiy, diniy vahokazo. ular ijtimoyi hayotga muayyan g‘oyani mutloqlashtirib, taraqiyotga to‘siq bo‘lib qolaveradi.
Sofistika yunon-moxir, so‘zamol degan ma’noni anglatib. qadimgi yunoniston falsafasida miloddan oldingi v-asrda vujudga kelgan tafakkur usulidir. ular juda xam so‘zamol kishilar bo‘lib xilma-xil ma’noga ega bo‘lgan tushunchalarni ishlatish orqali xaqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan fikrlarni omaga singdirishga xarakat qilishgan lekin ular o‘z davri yunonistonda shuxrat qozonishgan. Eklektika (Yunoncha.eklektikos-tanlovchi)-turli va xatto bir-biriga zid qarashlar, g‘oya va nazariyalarni qo‘shib yuborib ularni bir falsafiy ta’limotda birlashtirgan falsafiy ta’limot. eklektika dastlab, qadimgi yunon falsafasida vujudga keldi. O‘rta asrlar sxolastik muhokamalarida eklektikadan foydalanilgan. eklektika bir mantiqiy asoslarini boshqalari bilan almashtirish, inson bilimining o‘zgaruvchanligi va nisbiyligiga asoslanadi . Metofizika Grekcha. metaphysica-fizikadan keyin. falsafa tarixida aristotel asarlarini sharxlovchi muxarrir andronikos tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Xozirgi davrda metofizikani mohiyati, borliq namoyon bo‘lishining mohiyati to‘g‘risidagi fan deb qarash keng tarqalgan. metofizika jamiyatning xar bir tarkibi qismini alohida olib o‘rganadi. Sinergetika - yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib “hamkorlik”, “ta’sir o‘tkazish” ma’nolarini anglatadi. sinergetika ilmiy yo‘nalish sifatida xx-asr 60-70 yilarida shakllangan. uning shakllanishida g.a.nikolis, g xaken, i.prigojen xizmati katta bo‘ldi. Sinergetika asosan fizik, ximiyaviy, biologik xodisalarni hamda iqdsodiy, ijtimoiy jarayonlarning o‘z o‘zini tashkil etish, o‘z - o‘zini boshqarish, tartiblilikdan tartibsizlik (xaos)ga o‘tishi, chiziqli va chiziqsizlik kabi xolatlarning mohiyati va qonuniyatlarini izohlaydi. sinergetika tushunchasining mohiyatini i.prigojin o‘zining “beqarorlik falsafasi” asarida yoritib bergan. Bilishning asosiy mazmuniga qarab empirik va nazariy darajalarga ajratish mumkin. bilishning emperik darajasi asosan tajriba bilan bog‘langan bilim bo‘lib, kuzatish, taqqoslash, o‘lchash, chamalash, eksperement uslublari ma’lumotlari natijasida vujudga keladi. Nazariy bilish darajasi asosi nazariy tafakkur orqali rivojlanadi. ilmiy bilishning bu darajasida ilgari to‘plangan ma’lumotlar asosida olamdagi narsa va xodisalarning aloxida shakllari emas, balki keng miqdordagi bir qancha xodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik va taraqqiyot qonuniyatlari aniqlanadi. bilishning nazariy darajasi mavhumlik, aniqlik, induktsiya, va deduktsiya, tarixiylik va mantiqiylik, ideallashtirish va boshqa usullar kiradi. 4. Odomzod qonunlar orqali olamning sir-asrorlarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Falsafiy qonunlar dunyodagi o‘zgarishlar rivojlanish va taraqqiyot mexanizmlarini anglab olish imkonini beradi. Qonun-muayan shart sharoitlarda voqealar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan ma’lum bir qat’iy natijani taqozo etadigan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning muhim zaruriy,umumiy nisbiy barqaror aloqa va munosabatlarni ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriya. Qonunlar olamdagi aloqadorliklarni aks ettirish xususiyatlariga ko‘ra 2 turga bo‘linadi. 1)tabiat qonunlari 2)jamiyat qonunlari Tabiat qonunlari yer yuzida inson bo‘lmagan davrlarda ham mavjud bo‘lgan.m: fasllarni almashinishi,tun va kunning almashinishi.jamiyat qonunlari inson faoliyati natijasida yuzaga keladi. Qonun bilan qonuniyat tushunchasi o‘rtasida tafovut bor.qonun qonuniyatning bir aniq konkret tomonini ifoda etadi,qonuniyat esa umumiy yo‘nalish tendensiyani anglatib turkum qonunlar majmuasini ifodalaydi. Miqdor va sifat o‘zgarishlarining o‘zaro o‘tish qonunining mohiyati shundan iboratki,narsa va xodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy o‘zgarishlar asta-sekin to‘plana borib,taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida me’yorni buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat o‘zgarishlariga olib keladi. Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z sifati bilan ajralib turadi. Sifat narsalarning ichki muayyanligi bo‘lib, bosho‘a narsalardan ajratib turadigan xossa, belgi, hususiyatlarining birligidir. M: “stol” muayyan tabbiy materialdan,ya’ni yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, tabbiy sifatiga ega.shuning uchun u tabbiy qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ayni zamonda stol muayyan inson mehnatining natijasi bo‘lib,ijtimoiy sifatga ham ega va ijtimoiy qonuniyatga bo‘ysunadi. Bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tish sakrash yo‘li bilan amalga oshadi. Sakrash tabiat va jamiyatda sodir bo‘ladigan miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishjarayonini anglatadigan falsafiy tushuncha.sakrash eski sifatning inkor etilishi va yangi sifatning qaror topishidir.sakrashni nisbiy ma’noda ikki xilga ajratish mumkin: -keskin,qisqa muddatda(suvnig bug‘ga yoki kristal holatga aylanishi,elementlarning birik parcha) -tadrijiy asta-sekinlik bilan(o‘simlik va hayvonlarning tadrijiy riv) dialektik ziddiyatlilik qonuniga muvofiq,har bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada va biri ikkinchisini istisno etuvchi zidma-zid tomonlarga kuchlarga ega. Bu tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar ziddiyat deb atalib, u taraqqiyotning manbaini ifodalab, eskining yo‘qolishi va yangining paydo bo‘lishini anglatadi. Ijtimoiy hayotda narsa va hodisalar o‘rtasida ziddiyatlarni bartaraf etib, shu asosda taraqqiyotda ilgarilab borish mumkin. inkorni-inkor-tabiat, jamiyat va inson tafakkur taraqqiyoti jarayonining mohiyatini ochib beradi. Doimo rivojlanishda bo‘lgan narsalar, hodisalar, shuningdek inson bilimlari, tushunchalari vorislik tamoyiliga asoslanadi. Inkorni-inkor qonuniga muvoviq, ob’ektiv voqelikdagi narsa va hodisalar rivojlanish jarayonida eskining yangi tomonidan inkor qilish shaklida ro‘y beradi. Biroq eskilik butunligicha inkor qilinmaydi, undagi ijobiy tomonlar saqlanib qoladi, ya’ni vorislik ro‘y beradi. Rivojlanish buruma shaklda, ma’lum nisbiy takrorlanishlar asosida oddiydan murukkabga, pastdan yuqoriga qarab boradi. Inkorni-inkor qonuni notirik va tirik tabiatda o‘ziga xos shakllarda namoyon bo‘ladi. Vorislik-(falsafiy kategoriya); taraqqiyot jarayonida yangilik bilan eskilik o‘rtasidagi ob’ektiv zaruriy aloqa, inkorni-inkor qonunining eng muhim belgilaridan biri. Vorislik tamoyiliga ko‘ra, harqanday ilgarilab rivojlanish jarayonlarida harakatning har-bir yuqoriroq shakli uning quyi shakllari bilan aloqador bo‘lganligidan ularni butunlay inkor qilmaydi balki qulay mos qismini o‘ziga kiritib oladi. Dialektik tushunilgan inkor faqat eskilikni tugatish emas, balki oldingi bosqichlarda qo‘lga kiritilgan ilg‘or taraqqiy parvar ratsional narsani saqlab, yanada rivojlantirishni nazarda tutadi. bu siz borliqda ham, bilishda ham oldinga harakat qilib bo‘lmaydi. Vorislik jarayonlarini to‘g‘ri tushunish fanning, sanhtning rivojlanish qonuniyatlarini tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Mustaqqillik o‘zbekistonda yashovchi har-bir fuqaro uchun oliy nemat hisoblanadi. Mustaqillikni mustahkamlash jarayoni bu vazifalarni mustaqil hal qilish, g‘oyaviy tarbiya ishlarini doimiy olib borish, miliy mafkurani takomillashtirish, o‘sib-unib kelayotgan yosh avlodni mafkuraviy immunitetini uzluksiz shakllantirib turish, milliy g‘urur va yuksak intelektual salohiyatgli qilib tarbiyalash zaruriyatini vazifa qilib qo‘yadi. O‘tmish va kelajakni bog‘lashda vorislik alohida ahamiyat kasb etadi. Milliy mafkura-milatning etnosottsial birlik sifatida mavjudligi va rivojlanishi, erkin va ozod taraqqiyotini asoslash, taminlashga qaratilgan g‘oyaviy-nazariy qarashlar tizimi bo‘lib, u xalqning maqsad muddaolarini ifodalab, shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko‘plab hayotiy va ma’naviy muammolarga javob izlaydi. Milliy mafkuramiz xalqimizning qadimiy va boy tarixining nazariy ildizlari asosida mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurlay oladigan intelektual yoshlarimizga tayanib erkin va farovon hayotni qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. 4. Insonni olam, undagi narsa, hodisa, jarayonlar haqidagi bilimlari tushuncha va kategoriyalarda aks etadi. Tushuncha – olamdagi narsa va hodisalarning inson ongidagi fikriy ifodasi hisoblanadi. m: inson, go‘zallik, geometrik shakl, o‘simlik. Narsa va hodisalar mohiyati, eng muhim xossa va munosabatlarini ifodalovchi asosiy tushunchalar kategoriyalar deb yuritiladi. kategoriya yun.so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida belgi, izohlash degan ma’noni anglatadi. Har-bir fanning mazmuni uning tayanch tushunchalari - kategoriyalarida o‘z ifodasini topadi. masalan: fizikada -“molekula”, “atom”, “massa”, “energiya” matematikada – “natural son”, “tenglama”, “integral” bialogiyada – “irsiyat”, “irsiyat”, “gen”, “organizm” psixalogiyada – “ruhiyat”, “his-tuyg‘u”, “iroda”, “ongsizlik” va hokazo. Kategoriyalarni falsafa tarixida birinchi bo‘lib, qadimgi yunon faylasufi Aristotel o‘zining “Kategoriya”lar asarida ta’riflab berdi.u “kategoriya”lar asarida “mohiyat” (substantsiya), miqdor, sifat, munosabat kabi kategoriyalarni turkumlashtirgan. keyinchalik arastu “metafizika” deb nomlangan asar yozadi va unda “mohiyat”, “holat” va “munosabat” kategoriyalirini ham izohlagan. Sharqda farobiy, beruniy va ibn sinolar ham kategoriyalarga katta ahamiyat berganlar. 17-19 asrlarga kelib falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. nemis mumtoz falsafasining asoschisi I.Kant kategoriyalar yordamida inson tabiiy, ijtimoiy narsalarga ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblagan. u sifat, miqdor, modallik kategoriyalarini izohlagan. Gegel fikricha kategoriya kategoriya olamdan tashqarida turgan dunyoviy ruhning takomili, ya’ni mutloq g‘oyaning momentidir. kategoriyalar bir tomondan inson tafakkuri mahsuli, ikkinchi tomondan esa olamning kishi miyasida aks etishi natijasi va shu asosda inson ongini reallikka yaqinlashishi va dunyoni bilish vositasidir deydi. Xozirgi zamon neopozitivistlari kategoriya sub’ektning hissiyoti bilan bog‘liq tushunchadir, ularning insondan tashqaridagi olamga bevosita dahli yo‘q deydilar. Download 39.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling