2-mavzu: Borliq – falsafa kategoriyasi. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari Reja


Kategoriya - olamdagi barcha xodisa, jarayonlarga xos umumiy muhim tomonlar, xususiyatlar, munosabatlarni ifodalovchi tushuncha


Download 39.17 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi39.17 Kb.
#1060335
1   2   3   4
Bog'liq
2-мавзу. Маъруза

Kategoriya - olamdagi barcha xodisa, jarayonlarga xos umumiy muhim tomonlar, xususiyatlar, munosabatlarni ifodalovchi tushuncha.
Falsafa fani kategoriyalari boshqa fanlar kategoriyalaridan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi.
- falsafa kategoriyalari olamdagi eng umumiy aloqadorliklar inikosidir
- falsafa fani kategoriyalari bilish bosqichlari xisoblanadi.
- ular olamda narsa va xodisalarni bilish uchun metadologik asos bo‘ladi.
- falsafafani kategoriyalarida inson va uning uyushmalari barcha faoliyatining bo‘lgan amaliyot yotadi. Demak falsafiy kategoriyalar olamdagi barcha hodisa, jarayonlarga xos umumiy, muhim tomonlar, xususiyatlar, munosabatlarni ifodalovchi keng va chuqur mazmunli ilmiy tushunchalardir.
Shuningdek, kategoriyalar toq va juft kategoriyalarga bo‘linadi. toq kategoriyalarga olamdagi tanho narsalar: borliq, materiya, fazo va boshqa tushunchalarni kiritsak, juft kategoriyalarga: sabab va oqibat, imkoniyat va voqelik, mazmun va shaklkabi tushunchalarni kiritamiz. Juft kategoriyalar umumiy bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalardir.
Olamdagi eng umumiy aloqadorlikni ifodalovchi kategoriyalarga: ayrimlik xususiylik va umumiylik, mohiyat va hodisa kiradi.
Umumiylik – alohida individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa xodisalarning xilma-xil umumlashtiruvchi xossa xususiyatlarining mushtaraklashgan xolda namoyon bo‘lishidir.
Alohidalik – muayyan xususiyatga ega bo‘lgan narsa va xodisalarning ichki muayyanligi, individualligi deyish mumkin.
Mohiyat - olamdagi narsa va xodisalar o‘z ichida yashiringan eng muhim, eng zarur va nisbatan barqaror aloqadorliklar munosabatlar birligi ifodasidir.
Narsa va xodisalar tuzilishini aks ettiruvchi kategoriyalarga shakl va mazmun, butun va qism, sistema, struktura, element kiradi.
Butun – qismlarning muayyan tartibda tashkillanishi va ichki o‘zaro bog‘liqligi ifodasidir.
Qism – butun tarkibiga kiradigan, uning doirasidagina o‘z vazifasini bajara oladigan alohidalikdir.
Sistema (grek. yaxlitlik, elementlardan tashkiltopgan birikma) – butunlik qismlarining tartibli tarzda joylashuvini ifodalaydi.
Struktura (lot. tuzulish) – butunni tashkil qilgan elementlarning tartibli bog‘lanishi, butun doirasidagi ular munosabatlarining o‘zaro taqozosidir.
Elemen (lot. unsur, dastlabki modda) – materiyaning eng dastlabki zarralarini bildiruvchi tushuncha.
Narsa va hodisalar o‘rtasidagi sababli bog‘lanish (determnizmni) anglashga imkon yaratuvchi kategoriyalarga: sabab va oqibat, zaruriyat va tasodifiyat, imkoniyat va voqelik kabi tushunchalar kiradi
Sabab – muayyan shart-sharoitlarda boshqa bir narsa, xodisani yuzaga keltirgan yoki o‘zgartirgan narsa yoki xarakat ta’siriga aytiladi.
Sababiyat shunday ichki aloqadorlikki, bu aloqada har safar bir xodisa bo‘lganda,muqarrar ravishda ikkinchisi uning oqibiti sifatida ro‘y beradi.
Olam taraqqiyotidagi bog‘lanishlar sababiyatga, umumiy qonuniyatga bo‘ysunadi, deb hisoblovchi ta’limot fanda determinizm deyiladi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak falsafiy kategoriyalar voqelikka xos umumiy xususiyatlar, aloqadorlik o‘zaro munosabatlarni ifodalash bilan birga, olamning yashashi va taraqqiyot dialektikasini ifodalab beradi hamda dunyoni ilmiy bilishda nazariy hamda metadalogik ahamiyatini namoyon qiladi.

Download 39.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling