2-mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya)
XX asrda tabiat voqeligi: ekologik tanglik
Download 220.03 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
3.XX asrda tabiat voqeligi: ekologik tanglik.
Tabiat – inson va insoniyatning hayotiy faoliyati uchun za-rur bo‘lgan ob‘ektiv shart- sharoitlar yig‘indisidir. Ushbu tu-shunchaning mazmunini chuqurroq ilg‘ab olish uchun unga qarama-qarshi bo‘lgan falsafiy kategoriyani ham tilga olishimiz, tah-lil etishimiz darkor. «Tabiat» tushunchasiga qarama-qarshi bo‘lgan kategoriya esa madaniyatdir. Madaniyat – inson tomo-nidan o‘zlashtirilgan va o‘zgartirilgan reallikdir. Tabiat esa, madaniyatdan farqli o‘laroq, inson ongi va faoliyatidan qat‘iy nazar mavjud. Binobarin, madaniyat deganda inson tomonidan o‘zlashtirilgan tabiat qismi tushuniladi. Shu nuqtai nazardan inson faoliyatini tabiiylikni madaniylikka aylantirish ja-rayoni deb baholash mumkin. Tabiatning ana shunday o‘zlashtiri- lishi insonning mavjudlik usulini ifodalaydi. Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, inson ha-misha o‘zini tabiatga qarshi qo‘yib kelgan. Ayni paytda uning o‘zi tabiatning ajralmas qismi, mahsuli hamdir. Inson tabi-atning sharofati bilan mavjud, uning ham jismoniy, ham ma‘naviy hayoti tabiat bilan chambarchas bog‘liq. Shunday ekan, tabiat o‘z-o‘zi bilan bog‘liqdir. Chunki inson tabiatning bir bo‘lagidan o‘zga narsa emas. Gap nafaqat inson va tabiatning jismoniy aloqadorligi haqida, balki ma‘naviy bog‘liqligi to‘g‘risida ham bormoqda. Tabiat inson hayoti va faoliyati uchun zarur bo‘lgan tabiiy shart- sharoitlar yig‘indisigina bo‘lib qolmasdan, insonning bilishga oid munosabatlarining sababchisi hamdir. Shozirgi za-mon kishilik jamiyatida ushbu bilimga oid munosabatlar tabi-iy fanlar shaklida, tabiatga bo‘lgan estetik munosabatlar shaklida namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, bugungi kunda insoniyat ilk bor tabiatni muhofaza qilish mas‘uliyatini ham zimmasiga olmoqda. Xullas, inson, kishilik jamiyati va madaniyat, bir tomondan, tabiatga qarshi tursa, ikkinchi tomondan, uning tar-kibiy qismidir. Inson va tabiat orasidagi ziddiyatlarga to‘la mazkur o‘zaro aloqadorlik insonning tabiatga bo‘lgan turlicha munosabatlarining manbai vazifasini o‘taydi. Tabiat madaniyatdan quyiroqda turgan, maqsadga muvofiq bo‘lmagan, shaklsiz reallik sifatida ham idrok etilishi mumkin. Bunday munosabat «tabiatni insonga bo‘ysundirish zarur», - degan xulosaga asos bo‘lishi tabiiy. Ushbu yondashuvdan farqli o‘laroq, tabiat mukammallik namunasi, madaniyatdan-da a‘loroq va yuksakroq reallik tarzida talqin qilinishi ham mumkin. Mazkur qarashlarning mualliflari inson tabiatdan ko‘p narsani o‘rganishi darkor, deb hisoblaydilar. Uchinchi yondashuv tarafdorlari tabiatni nooqilona, sti-xiyali kuchlar olami, insonga bo‘ysunmaydigan xaosdan (tartib-sizlikdan) iboratligini qayd qiladilar. Ayni paytda tabiat eng oqilona qonunlar, tabiiy zaruriyat hukm suradigan, kishi-lararo munosabatlarda tez-tez uchraydigan illatlardan xoli bo‘lgan olam sifatida baholanishi ham mumkin. Insonning tabiatga bergan eng qat‘iy baholari ana shu-lardan iborat. Insoniyat falsafiy tafakkuri tarixida bunday fikr-mulohazalar takror va takror yoqlab chiqildi, «inson-ta-biat» munosabatlarida metodologik pozitsiya vazifasini o‘tadi. Boz ustiga, bugungi kunda ham inson bilan tabiat orasidagi munosabatlarning xarateri qanday bo‘lishi darkorligi xususi-da gap ketganda ushbu pozitsiyalarning aks-sadosi eshitilib turadi. Qadimgi dunyo kishisining tafakkurida tabiat doimiy harakatda va o‘zgarishda bo‘lgan yaxlitlik tarzida o‘z aksini topgandi. Shu munosabat bilan inson tabiatga qarshi turgan kuch emas, uning ajralmas qismi bo‘lgan qudrat sifatida ang-lanardi. Antik davr faylasuflari, bizga ma‘lumi, koinot de-ganda tabiatning inson aqliga sig‘adigan, inson tomonidan anglash imkoni bo‘lgan qismini tushunardilar. Bunda koinot xaosga qarshi qo‘yilar, mukammal reallik deb baholanar edi. Asl donishmand, antik davr mutafakkirlarining fikricha, ta-biat bilan murosada, bahamjihat yashashga intilmog‘i lozim. Ta-biatni ilmiy bilishning asosiy vazifasi esa tabiat bilan murosada yashash idealini shakllantirishdan iborat. Antik za-mon faylasuflari o‘z naturfilasofik ta‘limotlarida ana shunday masalani hal qilishga intildilar. O‘rta asrlar falsafasida tabiatni mutlaqo o‘zgacha tushu-nish ildiz otdi. Sham musulmon, ham xristian falsafasida ta-biat Xudo tomonidan yaratilgan mo‘jiza sifatida talqin etildi. Biroq tabiat insondan quyiroq bo‘lgan reallikdir. Chunki Xudo faqat insongagina ilohiy ibtido – jon ato etgan, tabiat esa bunday ibtidodan mahrumdir. Shu bois ayrim hollarda tabiat yovuzlik manbai bo‘lishi mumkin. Insonning vazifasi ana shunday yovuzlikning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik- dan iborat. Binobarin, inson hayoti ilohiy qudrat bo‘lmish jonning tabiiy ibtido hisoblangan jism bilan kurashi jarayonidir. Bunday yondashuv ba‘zi hollarda tabiatga salbiy munosabatning yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lardi. Mazkur qarashlar sistemasi, tabiiyki, tabiatni ilmiy bilishga bo‘lgan qiziqishning cheklanishiga, so‘nishiga olib kel-di. Lekin o‘rta asrlardagi diniy falsafa negizida tabiatga bo‘lgan mutlaqo yangicha munosabat ham shakllana bordi. Tabi-atni Xudo yaratgan mo‘‘jiza sifatida tushunish undagi ratsio-nal ibtidoni topishga qaratilgan tadqiqotlarga zamin yaratdi. Tabiatni o‘rganish Xudoning qudratini anglab yetish imkonini beradi. Ushbu mulohaza mualliflarining fikriga ko‘ra, Xudo odamlarga ikki kitob taqdim etgan. Ulardan biri Muqaddas kitob bo‘lsa, ikkinchisi tabiatdir. Birinchi kitobda Xudoning qudrati bevosita talqin etilgan, ikkinchi kitobda esa Xudo-ning qudrati amalda namoyish qilingan. Mazkur qarashlar tabiat haqidagi fan - tabiatshunoslikning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Renessans davrida tabiatga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zga-ra boshladi. Inson tabiatning tarorlanmas go‘zalligini o‘zi uchun qayta kashf etdi, uni zavq-shavq, osoyishtalik va xotir-jamlik manbai hisoblaydigan bo‘ldi. rta asrlarga xos bo‘lgan asketizm chekina boshladi. Romantizm falsafasi va estetikasi-da tabiat tsivilizatsiya ta‘qibidan qutqaradigan qudrat sifa-tida ta‘riflandi. Romantizm asoschilaridan biri J.-J. Russo insonning barcha kulfatlarini tabiiylikdan ijtimoiylikka o‘tish bilan bog‘ladi. Industrial sanoatning shakllanishi jarayonida insonning tabiatga yangicha munosabati vujudga keldi. Ushbu munosabat F. Bekon ijodida ayniqsa yorqin ifodasini topdi.(10) Tabiat in-sonning o‘zgaruvchanlik faoliyati obekti sifatida talqin qi-lina boshlandi. Tabiat – buyuk xazinadir, inson undan ista-gan boyligini olishi mumkin deb ta‘kidlanardi F.Bekon ijodida. Ushbu yondashuv rus yozuvchisi I.Turgenev qahramoni Bazarov tilidan ayniqsa obrazli ifodalandi: «Tabiat – ibo- datxona emas, ustaxonadir, inson esa undagi ishchiga o‘xshaydi». Tabiiy-ilmiy bilishda tabiatni sinovdan o‘tkazish, ya‘ni uning sir-sinoatini aniqlash g‘oyasi ustivor ahamiyat kasb etdi. Shu ko‘yi tabiatga oddiy iste‘molchi sifatida munosabatda bo‘-lish odati shakllana bordi. Albatta, ushbu qarashlari o‘sha za-monning barcha mutafakkirlari tomonidan tan olindi, deyish xato bo‘lur edi. Ushbu fikr-mulohazalar turli falsafiy ta‘- limotlarning tarafdorlari tomonidan keskin tanqid qilindi. Shunga qaramasdan, ushbu qarashlar XX asrning o‘rtalariga qa-dar «inson-tabiat» munosabatlarining leytmotivini tashkil etdi. Biroq XX asrning o‘rtalariga kelib tabiatga bo‘lgan mu-nosabat tubdan o‘zgara boshladi. Ilmiy- texnika taraqqiyoti na-tijasida inson imkoniyatlari kengaya bordi, uning qudratli ta‘siri oqibatida tabiatning qiyofasi o‘zgarib ketdi. Inson ilk bor tabiat uchun mas‘ul ekanligini his eta boshladi. «Ta-biat-inson munosabatlaridagi tasodifiylik elementlarining oldini olish zaruriyati yuzaga keldi. Bu vazifani hal qilish uchun tabiiy va sun‘iy muhit ha-qida mustahkam bilimlarga ega bo‘lish zarur. Tabiiy muhit de-ganda geosfera va biosferani nazarda tutadilar. U insondan qat‘iy nazar majud bo‘lgan, lekin kelajakda uning faoliyati ob‘ektga aylanadigan moddiy sestemalarni o‘z ichiga oladi. In-son koinotni o‘zlashtira borgani sari bunday moddiy tizim-larga +uyosh sistemasining ayrim hududlari ham kira boshladi. Binobarin, tabiiy muhit rivojlanuvchan sistemadir. Uni fa-qat geosfera bilangina qiyoslash noto‘g‘ri ilmiy xulosalarga sabab bo‘ladi. Tabiiy muhitda ikki guruhdagi hodisalar mavjud: hayot uchun zarur bo‘lgan tabiiy manbalar (o‘simliklar, mevalar, hay-vonlar va hoqazolar) va tabiiy boyliklar (ko‘mir, neft, suv, shamol energiyasi va hokazolar). Kishilik jamiyati taraqqiy et-gani sayin nafaqat birinchi guruhdagi hodisalar, balki ik-kinchi guruhdagi hodisalar ham uning e‘tiborini jalb eta bordi. Ushbu hodisalar ishlab chiqarishni rivojlantirishga samarali xizmat qildi. Bunday ishlab chiqarishning sharofati o‘laroq sun‘iy mu-hit shakllandi. Sun‘iy muhit nafaqat inson qo‘li bilan yaratilgan narsalarni, balki inson faoliyati davomida sun‘iy tanlov yoki gen injeneriyasi asosida vujudga keltirilgan o‘simliklar va hayvonlarni ham o‘z ichiga oladi. Oʻzbekistonda 20-asrda, ayniqsa, uning 2yarmida qishloq xoʻjaligi.da monokultura tizimining qoʻllanishi, gerbitsid va pestitsidlarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi, mavjud suv zaxiralaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida atrofmuhit holatida katta salbiy oʻzgarishlar roʻy berdi. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida choʻllashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari shoʻrligi darajasi oshdi. Inson salomatligi uchun zarur sharoit buzildi, kamqonlik, gepatit, zotiljam kabi kasalliklar koʻpaydi. Paxta monokulturasi taʼsirida boshqa hududlarda x.am inson hayoti uchun zarur boʻlgan ekologik vaziyat yomonlashdi. 4. Download 220.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling