2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


Download 1 Mb.
bet12/55
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524887
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55
Bog'liq
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja

Ong falsafiy muammo sifatida. Ratsionalizmdan farqli o`laroq irratsionalizm(irrationalis – nooqilona, ongsiz) borliqni oqilona anglash imkoniyatini cheklaydi, ba`zan esa butunlay inkor etadi. Xususan, neofreydizmning atoqli namoyandalaridan biri K.G.YUng (1875-1961) ongni ilmiy vositalar bilan bilish mumkin emas, deb hisoblagan va unga ta`rif berishga o`rinishlardan butunlay voz kechib, uni rasmlar va metaforalar yordamida tavsiflash bilangina kifoyalanishni taklif qilgan. Ongni tushunish irratsionalizm ekzistentsializm va neopozitivizm kabi falsafiy oqimlarga ham xosdir.
Irratsionalizmga zid o`laroq, ongni tushunishga nisbatan materialistik yondashuv ongning paydo bo`lishini materiyaning o`zi bilan tushuntirishga intilish, ayni vaqtda uning tabiat va vaqtdan tashqarida hamda nomoddiy kelib chiqishini inkor etish bilan tavsiflanadi. Bunday qarashlarni asoslash uchun ilmiy va amaliy yutuqlardan doim keng foydalanilgan. Mazkur yo`nalish turli davrlarda sezuvchi, fikrlovchi materiyaning farqi va o`ziga xos xususiyatlari nimada? degan mushkul savollarga javob izlagan.
Mazkur muammoni to`la va uzil-kesil tushunganlikni da`vo qilmasdan, shuni qayd etish mumkinki, hozirgi zamon fani va o`zini bevosita yoki bilvosita namoyon etuvchi
ong inson miyasining ish jarayoni hisoblanadi, uning funktsiyasi sifatida amal qiladi va undan ayri holda namoyon bo`lmaydi, deb aytish imkonini beradi.
Hozirgi zamon fani inson miyasida yuz milliarddan ortiq asab hujayralari uzluksiz ishlashini, ularning har biri o`z navbatida boshqa o`n ming hujayra bilan axborot va signallar almashishini aniqlagan. Inson miyasi, garchi uning massasi tana massasining atigi ikki-uch foizini tashkil etsa-da, organizm ovqatdan oladigan butun energiyaning yigirma foiziga yaqinrog`ini iste`mol qiladi.
Mazkur o`ta murakkab biologik «komp`yuter» ishini tadqiq etish mumkin bo`lib, bu bilan maxsus fanlar shug`ullanadi, ammo falsafa bunday tadqiqotlarni e`tiborga olib, o`z oldiga birinchi navbatda ongning tabiati qanday, degan savolga uning vujudga kelishi va genezisini o`rganish yo`li bilan javob berish vazifasini qo`yadi. Bunda falsafa inson miyasining funktsiyasi sanalgan ongni o`rganish bilangina cheklanmaydi, balki masalani kengroq qo`yadi: ongning boshqa shakllari, xususan o`zga moddiy tuzilmalardan paydo bo`lgan ong shakllari mavjud bo`lishi mumkinmi?, degan savolga javob izlaydi. SHuningdek, falsafa ongning materiyadan oldin paydo bo`lgan yoki u bilan mutlaqo bog`liq bo`lmagan mohiyat hisoblanishini nazarda tutadigan ta`limotlarni ham istisno etmaydi.
SHunga qaramay bugungi kun nuqtai nazaridan inson aqli tushunishga qodir bo`lgan borliqqa tayanadigan falsafiy g`oyalar ishonchliroq xususiyat kasb etadi. SHu ma`noda ong haqida hozircha faqat inson miyasi faoliyati munosabati bilan aniq so`z yuritish mumkin.
YAngi tabiiy-ilmiy ma`lumotlar olinishi ongning tabiatini tushunishga nisbatan materialistik yondashuvlar mavqeini kuchaytirmoqda. Ammo, kezi kelganda shuni ta`kidlab o`tish lozimki, bu o`ta murakkab masala xususida falsafaning materialistik yo`nalishi vakillari o`rtasida ham yagona fikr mavjud emas. Masalan, XX asrning 50- yillari oxirida AQSH va Avstraliyada «vul`gar materializm» an`anasini davom ettirib vujudga kelgan ilmiy materializm, mohiyat e`tibori bilan ma`naviy hodisalarni miyaning fizik holatlari bilan tenglashtiradi (R.Rorti, G.Feygl, D.Armstron va boshqalar). 70-yillarda AQSH va Kanadada paydo bo`lgan yana bir falsafiy yo`nalish –
«emerjentistik materializm» - individul ruhiyat va ongning evolyutsion kelib chiqishi g`oyasini himoya qiladi va ruhiy hodisalarni jismoniy hodisalarga bog`lashga qarshi chiqdi. (ingl. emerge – yuzaga chiqish, paydo bo`lish, yuzaga kelish,uning vakillari – M.Bunge, J.Margolis va boshqalar)
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ongning materialistik kontseptsiyasi hozircha eng mukammal va hozirgi zamon tabiatshunosligi talablariga ko`proq darajada javob beradigan falsafiy kontseptsiya bo`lib qolmoqda. Ayni shu sababli unga quyida mufassalroq to`xtalamiz.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling