2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi
Ongning materialistik kontseptsiyasi
Download 1 Mb.
|
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja
Ongning materialistik kontseptsiyasi. Materialistlar ongning paydo bo`lishini faqat notirik materiyadan tabiiy yo`l bilan vujudga kelgan tirik materiyaning tadrijiy rivojlanishi mahsuli sifatida tushuntirishga harakat qildilar va ong tabiatining talqiniga
«in`ikos» tushunchasini kiritadilar. Uni materiyaning umumiy xossasi deb hisoblab, ongni in`ikosning oliy tipi deb tavsiflaydilar va ongning genezisiga tabiiy-tarixiy nuqtai nazardan yondashib, uning paydo bo`lishini mehnat va til bilan bog`laydi. Ongning materialistik talqinida ob`ektiv dunyoning barcha ob`ektlari, jarayonlari va hodisalari muttasil o`zgarishda bo`ladi, shuningdek bir-biri bilan universal o`zaro aloqa qildi va o`zaro ta`sirga kirishadi. Bunday o`zaro ta`sirlar natijasida ayrim jismlar va hodisalar boshqa jismlar va hodisalarga ta`sir ko`rsatib, ularda tegishli o`zgarishlar yasash va ularni muayyan tarzda o`zida gavdalantirish orqali ularda go`yoki o`z «izi»ni qoldiradi. In`ikos - narsa va hodisalarning o`zaro ta`sirlashuvi asosida hosil bo`ladigan hodisa, holat, jarayon va o`zgarishlarni ifodalaydi9. Tirik tabiatda in`ikos nisbatan sodda shakllari va passiv xususiyati bilan tavsiflanadi. YA`ni, sirtdan ta`sirlanish natijasida narsalar va hodisalar o`z mexanik, fizik yoki 9Qarang: Falsafa qomusiy lug`at. Nazarov Q. tahriri ostida – T.: SHarq, 2004. –B.172. kimyoviy xususiyatlarini o`zgartiradi, lekin mazkur o`zaro ta`sirga javoban hech qanday faollik ko`rsatmaydi. Bu erda qumdagi oyoq izlari yoki qadimgi organizmlar va o`simliklarning tog` jinslaridagi izlari, fotosuratlar, ko`zgudagi aks va shu kabilar misol bo`lib xizmat qilishi mumkin. Hayot paydo bo`lgan paytdan e`tiboran in`ikosning butunlay boshqacha (biologik) shakli – ta`sirlanuvchanlik barcha jonli narsalarning atrof muhit ta`siriga munosabat bildirish qobiliyati sifatida vujudga keldi. Bu qobiliyat faqat sirtdan ta`sirlarga nisbatan namoyon bo`ladi. Jonli organizmlar evolyutsiyasining yuqoriroq darajasida (hayvonot dunyosi – fauna vujudga kelishi bilan) ta`sirlanish qobiliyati butunlay boshqa xossa – sezuvchanlikka o`tadi. Bu endi in`ikosning ruhiy shakli bo`lib, u organizmlarda nerv sistemasi va ruhiyatning elementar shakllari paydo bo`lishi natijasida vujudga keladi. Sezuvchanlik organizmlarning narsalarning ayrim xossalarini sezgilar tarzida aks ettirish qobiliyati sifatida namoyon bo`ladi. Sezgilar esa, o`z navbatida, yuksak darajada uyushgan hayvonlarda, masalan umurtqali hayvonlarda in`ikosning yanada murakkabroq shakllari, xususan idrok etish va tasavvur qilish qobiliyatlari paydo bo`lishiga zamin hozirlaydi. Bu in`ikosning ob`ektiv dunyo narsalari va hodisalari miyada ularning ideal nusxalari ko`rinishida aks etadigan darajasidir. Bu erda «aqlli» hayvonlar miyasi imkoniyatlarining chegarasi namoyon bo`ladi. Garchi ular o`zini qurshagan dunyoning ideal obrazlarini tasavvur qilib, shu obrazlarga ko`ra, masalan, o`z egalarini tanisalar-da, ularning miyasi ideal obrazlar bilan fikrlash amallari tarzidagi maxsus ishni bajarishga qodir emas. Bu vazifani hal qilishga yuqoriroq darajadagi miya qodir bo`lib, unga faqat insongina egadir. SHunday qilib, biologik in`ikos sezish, idrok etish va tasavvur qilish kabi hissiy shakllarda amalga oshiriladi. YUqorida ta`kidlab o`tganimizdek, bu erda fikrlash jarayonida namoyon bo`ladigan ong mavjud emas. Ong borliqni aks ettirishning yuqoriroq darajasi bo`lib, faqat ijtimoiy sohada mavjud bo`lishi mumkin va inson miyasida avvalo abstrakt fikrlashning tushunish, mulohaza va mushohada yuritish kabi ideal shakllarida amalga oshiriladi. Inson ideal obrazlarni o`z ongida umumlashtirib, shu tariqa ob`ektiv borliqni tushunchalarda (kategoriyalarda) aks ettiradi. Ularning o`rtasida mantiqiy aloqa o`rnatib, turli narsalar, hodisalar va shu kabilarning mohiyatini to`g`ri yoki noto`g`ri aks ettirish orqali ular haqida u yoki bu xulosaga keladi. Mushohada yuritib inson narsalar va hodisalarni biladi va shu tariqa borliqni ongning muhim xususiyati sanalgan abstrakt fikrlash orqali aks ettiradi. In`kosning oliy shakli sifatida ongning paydo bo`lishi «aqlli odam» (homo sapiens)ning shakllanish jarayoni bilan bog`lanadi va avvalo mehnat faoliyati bilan belgilanadi. Mehnat qilish qobiliyati ruhiyatning rivojlanishida ulkan sakrash bo`ldi. Maymun anatomiyasi va fiziologiyasidagi evolyutsiya inson paydo bo`lishiga zamin hozirlagan bo`lsa, tabiati sof ijtimoiy xususiyatga ega bo`lgan mehnat mazkur jarayonning eng muhim omiliga aylandi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling