2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


Download 1 Mb.
bet18/55
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524887
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja

Materiyaning tuzilish darajalari. Materiya va moddiy ob`ektlar xilma-xil ko`rinishlarda va shakllarda uchraydi. Moddiy sistemalar tuzilishga ega, ya`ni u strukturali - turli xil strukturaviy elementlardan tashkil topgan bo`ladi. Bunday elementlar va ulardan tashkil topgan moddiy ob`ektlar rivojlanishga egadir. Materiya va moddiy sistemalar, ob`ektiv dunyoning tuzilishi xususiyatlariga ko`ra, turli xil strukturaviy darajalardan tashkil topgan bo`ladi. Bunday darajalarni moddiy sistemalarning tashkiliy tuzilishi va miqyosiy tuzilishiga qarab: a) tashkiliy- strukturadarajalari va b) miqyosiy-struktura darajalariga ajratish mumkin.
Materiyaning tashkiliy-struktura darajalari. Materiyaning tashkiliy-struktura darajalari moddiy sistemalarning tashkiliy jihatdan uyushganligi va faolligiga qarab bir- biridan farq qiladi. Bu darajalar fazo-vaqt strukturasining sifatiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular: noorganik daraja («notirik tabiat»), organik daraja («tirik tabiat») va sotsial daraja («jamiyat») deb ataladi. Sifatiy jihatdan eng quyi darajada uyushgan va eng passiv (inert) daraja noorganik darajadir. Bu darajada atom yadrosi, yadro, atom va molekulalar majmuasi, molekulyar birikmalar, jismlar, er shari, osmon jismlari, Quyosh sistemasi va boshqa planetar sistemalar, yulduzlar to`pi, Gallaktika, metagalaktika va koinotning quyi darajada uyushgan fazo-vaqt aloqadorliklari namoyon bo`ladi. Bunga nisbatan uyushganroq va faolroq fazo-vaqt sistemasi organik daraja deyiladi. Unga organik molekulyar sistemalar, tirik organizmlarning xilma-xil ko`rinishlari, bir hujayrali suv o`tlari va sodda jonivorlardan tortib, murakkab tuzilgan umirtqalilargacha, sodda hayvonlardan to maymunlar va odamlargacha kiradi.
Odamlardan tashkil topgan turli murakkablikdagi ijtimoiy sistemalar sotsial darajaga mansubdir. Bu darajada ongga, fikrga ega bo`lgan insonlar faoliyat ko`rsatganligi sababli ueng uyushgan va faol daraja hisoblanadi. YUqorida aytilgan tashkiliy- struktura (tuzilish) darajalari bir-biridan moddiy aloqadorliklar sifati va miqdoriga ko`ra, unda etakchilik qiluvchi harakat shakliga ko`ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, noorganik darajada mexanik, fizik, kimyoviy va geologik harakat shakllari faoliyat ko`rsatsa, organik darajada yuqoridagi harakat shakllariga biologik harakat qo`shiladi va u mazkur darajada etakchilik qiladi, sotsial darajada yana bir harakat shakli ijtimoiy harakat faoliyat ko`rsatib, u ushbu darajada etakchilik qiladi14.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling