2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


Download 1 Mb.
bet26/55
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524887
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55
Bog'liq
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja

Dialektik ziddiyat bir-birini istisno etuvchi qarama-qarshiliklarning bilvosita birligidir. Qarama-qarshiliklar – ziddiyatlarning negizi, bog‘lovchi bo‘g‘inlar esa – ularni echish mexanizmidir. Quyidagi faktlar bog‘lovchi bo‘g‘inlar roli va qarama- qarshiliklar tushunchasiga misol bo‘lishi mumkin: Irsiyat va o‘zgaruvchanlik qutblarida nafaqat organizmning avvalgi holati, balki o‘zlashtirilgan yangi belgilari ham saqlanishini ta’minlovchi genetik kod bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda jamiyatning o‘ta boy va o‘ta qashshoq qatlamlari qarama-qarshiliklari o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini o‘rta sinf bajaradi. O‘rta sinf mamlakat aholisining aksariyat qismini tashkil etishi lozimligi, aks holda jamiyat holati doimo beqaror bo‘lishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi. Zero, mayda mulkdorlar olgan daromadining bir qismini o‘z ishini rivojlantirishga yo‘naltiradi, bozor kon’yunkturasini o‘rganadi va unga juda tez moslashadi, bozorni zarur tovarlar va xizmatlar bilan boyitadi.
SHunday qilib, qarama-qarshiliklar aloqasi va ziddiyatlarni echishning bir-biri bilan bilvosita bog‘liqligi umumiy xususiyat kasb etadi, aloqa usuli esa bog‘lanish xususiyati bilan belgilanadi. Bog‘lovchi bo‘g‘inlarning o‘zi ziddiyat qarama-qarshi a’zolari xossalarining uyg‘unligidan tashkil topadi.
Ayniyat va tafovut. Predmetning rivojlanishi va ziddiyatlarning echilishi bir necha bosqichdan o‘tadi. Dastlabki bosqich – predmetning o‘z-o‘zi bilan nisbiy ayniylik holati. Tabiatda mutlaq ayniyat mavjud emas. Masalan, har bir organizm hatto oqsil molekulasining tuzilishi darajasida ham o‘ziga xos belgilarga egadir. Har qanday predmet hech qachon o‘z-o‘zi bilan ayniy bo‘lmaydi. Masalan, ko‘zguga kelar ekansiz,
siz o‘z qiyofangizda hech qanday farq ko‘rmaysiz. O‘z do‘stingiz bilan oradan besh yil o‘tib uchrashgach, ikkalangiz ham: «U juda o‘zgarib ketibdi!», deb o‘ylasangiz kerak.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling