2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


Umumiylik,yakkalik,xususiylik


Download 1 Mb.
bet38/55
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524887
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja

Umumiylik,yakkalik,xususiylik kategoriyalari borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi in’ikosi hisoblanadi.
Kundalik hayotda biz «yakka», «xususiy», «umumiy» tushunchalarini ko‘p ishlatamiz va ularning mazmuni bizga ba’zan oydek ravshan bo‘lib tuyuladi. Ammo mazkur tushunchalar bilan ifodalanadigan predmet yoki predmetlar turkumini topishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch kelamiz.
YAkkalik faqat mazkur ob’ektga xos bo‘lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya. YAkkalik ayrim narsalar nisbatan mustaqil mavjudligini ham, mazkur narsaning bu nisbatan mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan individual betakror belgilarni ham qayd etadi.
Umumiylik ayrim narsaning muayyan turkumga mansub barcha narsalar bilan o‘xshashligini belgilovchi xossalar umumiylik kategoriyasi bilan ifodalanadi.
Umumiylik yakka narsaning mohiyatini aks ettiradi. Umumiylikni faqat mohiyatni aniqlash orqali ochib berish mumkin. YAkkaliksiz umumiylik sezgilar darajasida idrok etiladigan belgilardan, yakkalikning betakror individualligi, boyligidan mahrum bo‘lgan abstraksiya bo‘lib qoladi. YAkkalik va umumiylikning keltiriladigan ta’riflari ularni ayni bir ayrim ob’ektning tomonlari sifatida tavsiflaydi. Masalan, hayot bugungi kunda oqsilli jismlar va nuklein kislotalarning mavjudlik shakli sifatida tavsiflanadi. Irsiyat va o‘zgaruvchanlik – butun tiriklikning umumiy xossalari. Ammo oqsilning kimyoviy tarkibi va ayniqsa tuzilishi har bir organizmda individual darajada betakrordir. Bu bir jonzotni boshqa jonzotdan farqlash imkonini beruvchi birdan-bir xossadir. Mantiqda yakkalik va umumiylik tushunchalar tavsifidir. Umumiylik tushunchasida ikki va undan ortiq predmet, yakkalik tushunchasida esa – bitta predmet tushuniladi. Grammatik jihatdan umumiylik turdosh ot bilan, yakkalik esa atoqli ot bilan
ifodalanadi. Falsafada yakkalik va umumiylik borliq hodisalarining o‘xshashligi va farqlarini belgilovchi xossalardir.
Umumiylik va yakkalikning birligi o‘ziga xosdir, chunki ularning har bir ob’ektdagi ko‘rinishi, uyg‘unligi, birining ikkinchisidan ustunligi betakrordir. SHu sababli har bir ayrim hodisa, narsa – xususiydir.
Xususiylik tushunchasi zikr etilgan kategoriyalar mazmunini ochib beruvchi asosiy tushunchadir. Xususiylik – «narsa» tushunchasining sinonimi, ya’ni borliqning nisbatan mustaqil, sifat jihatidan muayyan parchasi. U xossalar to‘plamiga ega. «Xususiylik» yakkalik va umumiylik o‘rtasidagi oraliq kategoriya hisoblanadi. Xususiylik – yakkaga nisbatan umumiy bo‘lgan va umumiyga nisbatan yakka bo‘lgan narsa yoki hodisa. Masalan: modda (qonun moddasi) – yakka; qonun – xususiy; huquq - umumiy.
«Qonun» tushunchasi «modda» tushunchasiga nisbatan umumiydir. O‘z navbatida
«qonun» tushunchasi «huquq» tushunchasiga nisbatan yakkalikni aks ettiradi.
Yakkalik, umumiylik va xususiylik kategoriyalari bilish jarayonida uning tayanch nuqtalari, bilimsizlikdan bilim sari bosqich rolini o‘ynaydi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling