2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi
Download 1 Mb.
|
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja
Mohiyat va hodisa. Bu kategoriyalar bilishning turli bosqichlarini belgilaydi va ularning har biri ob’ektni anglab etishning chuqurlik darajasini aks ettiradi. Mohiyat ob’ektiv borliqning ichki, nisbatan yashirin va barqaror tomonini ifodalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u narsaning, jarayonning tabiatini va ularga xos bo‘lgan qonuniyatlarini belgilaydi. Hodisa – bu narsada, jarayonda qarshimizda bevosita namoyon bo‘luvchi xossalar, tomonlar yig‘indisini ifodalash uchun mo‘ljallangan kategoriya.
Falsafada hodisaning ikki ma’nosi shakllangan. Birinchidan, hodisa voqea, tabiat va jamiyatdagi jarayonladir.. U mazkur jarayonlar bizning ongimiz, idrokimizda aks etishini anglatadi. Masalan, momaqaldiroq, kamalak, qor yog‘ishi, suv toshishi, er qimirlashi, vulqon otilishi – bularning barchasi tabiat hodisalaridir. Inson tabiat hodisalarini tushunish, tushuntirishga harakat qilgan va ularning o‘z ongidagi in’ikosi bilan amaldagi ifodasi o‘rtasida muayyan farq mavjudligini aniqlagan. Tabiat hodisalarini ularning inson birinchi navbatda idrok etadigan va pirovard natijada uni aldaydigan yuzaki, o‘zgaruvchan jihatlari tavsiflaydi. SHu tariqa hodisa kategoriyasining mohiyatning ziddi sifatidagi falsafiy ma’nosiga ega bo‘ladi. Ikkinchidan hodisa – mohiyatni aniqlash usuli. U, odatda, narsalar o‘zaro ta’sirga kirishganida, mohiyat o‘zini namoyon etishi natijasida yuz beradi. Narsa qanday bo‘lsa, ko‘rsatilgan aloqalar va o‘zaro ta’sirlar xususiyati ham shunday bo‘ladi. Masalan, yirtqich hayvon uni o‘txo‘r hayvonga aylantirishga qancha o‘rinmasinlar, baribir yirtqich bo‘lib qoladi. Ammo u qanday muhitda va o‘z ishtahasining qaysi potensial qurboni bilan to‘qnash kelishiga qarab, uning xulq-atvori o‘zgaradi. Ayni shu sababli hodisa narsaning mohiyatini, uning muayyan ichki va muhim xossasini u yoki bu tarzda namoyon etadi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling