2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi
Download 1 Mb.
|
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja
Borliq va yo`qlik. Borliq tushunchasiga qarama-qarshi tushuncha - bu yo`qlikdir. Agar borliq tushunchasi nimaningdir mavjudligini ifodalasa, yo`qliktushunchasi esa o`sha joyda nimaningdir mavjud emasligini anglatib, «nima»ning aksi bo`lgan«hech nima»ni aks ettiradi. Borliq, yuqorida qayd etganimizdek, absolyut mazmunga ega bo`lib, muayyan (konkret) narsalar shaklida va nisbatan muayyan sifatiy holda mavjud bo`lgan yaxlit ob`ektiv va sub`ektiv reallikni o`ziga qamrab oladi.
Yo`qlik esa nisbiy mazmundagi tushuncha bo`lib, qaerdadir yoki nimadadir, nimaningdir ayni paytda mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan, yo`qlik deb o`tmishdagi va kelajakdagi hodisalarning hozirgi zamonda (ayni shu vaqtda) yo`qligini aytishadi. Bugungi hodisa kechahali yo`q edi, ammo potentsial (imkoniyatdagi) borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yo`qlik, ammo potentsial borliqdir. Biz o`tmishni bugungi kunda qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa bugungi hodisalardagi o`zgarish sur`ati (tempi) va tendentsiyalariga qarab baholaymiz. Bugungi voqelik ertaga yo`qlikka aylanadi, ko`pgina tirik jonivorlar ertaga o`lik bo`ladi, ya`ni hayot o`limga aylanadi. O`lim - bu hayotning yo`qligidir. Olingan individning hayotiy borlig`i u o`lgach, yo`qlikka aylanadi. Ammo, uning qoldiqlari, tanasibirdan yo`qolmasligi mumkin. Ular ham yo`qolgach, odamlar xotirasida uning siymosi qolishimumkin. Xullas, absolyut (mutlaq) yo`qlikning o`zi yo`qdir. Yo`qlik shu ma`noda nisbiy mazmun kasb etadi. Yo`qlik(hech nima)ni gnoseologik ma`noda ham tushunish mumkin. Biz yo`q deb hisoblagan ob`ektlar hozircha bizning fikr doiramizdan (bilish chegarasidan) chetda qolgan bo`lishi ham mumkin. Voqelikning muayyan joyida ma`lum bir sinfga mansub ob`ektlar, ularning munosabat va aloqadorliklarining uchramasligini ham yo`qlik deyish mumkin. Masalan, fizik vakuumda bizga ma`lum bo`lgan biror fizik ob`ekt uchramaydi. Aslida, u joyda ham biz hali bilmaydigan shakldagi gipotetik olamlar va ularning o`ziga xos bo`lgan xususiyatlari, qonuniyatlari mavjuddir. O`tgan asrlarda elektromagnit maydoni, ko`pgina elementar zarrachalarning mavjudligi haqidagi tasavvurlar yo`q edi. Aniqrog`i, biz ularning mavjudligini bilmas edik. Ular biz uchun «yo`qlik» hisoblanar edi. Mana shunga «borliq va yo`qlikni gnoseologik tushunish» deyiladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling