2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi
Download 1 Mb.
|
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Noorganik yaxlitlikda
- Organik yaxlitlikda
Mexanik yaxlitlikda qismning butunga kamroq bog‘liqligi va butunning qismga sezilarli darajada bog‘liqligi kuzatiladi. Masalan, avtomobil g‘ildiragi yoki ruli uning harakatlanishini ta’minlovchi qismlardir, lekin ular o‘z sifatida avtomobildan qat’iy nazar mavjud bo‘lishi mumkin.
Noorganik yaxlitlikdaqismlarning butunga bog‘liqligi ortadi, butunning qismga bog‘liqligi esa kamayadi. Qismlarning barqaror aloqasi har bir elementga o‘z xossalarini saqlash va nisbatan o‘zgarmas bo‘lib qolish imkonini beradi. Masalan, elektron atom tarkibida ham, undan tashqarida ham (harakatlanayotgan elektronlarning izchil oqimi sifatida) deyarli o‘zgarishsiz qoladi. Organik yaxlitlikdaorganik dunyoda nafaqat qismlarning o‘zaro mosligiga, balki ularning subordinatsiyasiga ham duch kelish mumkin. Organik tizimlarning qismlari butundan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Tanadan uzilgan qo‘l faqat nomigagina qo‘l sanalishini Aristotel qadim zamonlardayoq qayd etgan edi. YAxlitlik tiplari va turlarining tasnifi butunning tabiatini bilish nafaqat uni tashkil etuvchi qismlarni, balki qismlar o‘rtasidagi aloqalar xususiyatini ham bilish orqali amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Demak butun – narsa, hodisa va uni tashkil etgan qismlarning muayyan tartibda joylashuvi va o‘zaro bog‘langan yagonalikning ifodasi. Qism – butun tarkibiga kiradigan, uning tarkibidagina o‘z vazifasi (funksiyasi)ni bajara oladigan alohidalik. Masalan, yaxlit bir butun sifatidagi H2O molekulalarining qismlari – vodorodning ikki atomi va kislorodning bir atomi. Butun o‘z qismlarining oddiy yig‘indisidan iborat emas. Ma’lumki, vodorod yonadi, kislorod yonishni quvvatlaydi, lekin suv, albatta, yonishga to‘sqinlik qiladi. Dialektika butun va qismga ularning dialektik birligi nuqtai nazaridan yondashadi. Butun hosil bo‘lganda qismlar xossalarining yig‘indisidan iborat bo‘lmagan yangi sifat vujudga keladi; shunga qaramay u qismlar – ularning miqdori va o‘zaro aloqaning muayyan tipi bilan belgilanadi. SHu sababli dialektika butunni bilish faqat xossalar, qismlar haqida bilim mavjud bo‘lgan taqdirda samarali bo‘lishi mumkin va aksincha, qismlarni o‘rganish butunga doir oldingi bilimga tayanishi lozim, deb hisoblaydi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling