Element – (lot. elementum – birlamchi modda) – butunning nisbatan bo‘linmas qismi. Qism tushunchasi o‘z hajmiga ko‘ra «element» tushunchasidan kengroq, chunki bu har qanday qism emas, balki nisbatan bo‘linmas qism. Bunda «qism» butun tushunchasi bilan, «element» esa – struktura tushunchasi bilan munosabatga kirishadi
Element narsaning boshqa bo‘linmaydigan zarrasini anglatuvchi kategoriya. Xususan, modda atomlardan tashkil topadi va atomlar moddaning elementlari hisoblanadi. Ammo bizga ma’lumki, atom parchalanadi. Nima uchun biz elementar zarralarni moddaning elementlari deb hisoblamaymiz? SHuning uchunki, elementar zarralar moddaning emas, balki turli-tuman maydonlarning elementlari hisoblanadi.
Struktura (lot. struktura – tuzilish, joylashuv, tartib)sistemaning tuzilishi va ichki shakli, mazkur sistema elementlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligi. Struktura narsalar va hodisalarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniy aloqa usuli.
Sabab va oqibat. Qanday voqea yuz bermasin, barchasining o‘z sababi bor, degan edi Ibn Sino. To‘g‘ri olingan yo‘l yo‘lovchini tekisliklar orqali mo‘ljallangan manzilga olib keladi, xato va beparvolik uni sahroga olib boradi va halokatga giriftor etadi. Hodisalarning umumiy o‘zaro bog‘liqligi va bir-birini taqozo etishi g‘oyasi determinizm tamoyilida o‘z aksini topadi. Bu tamoyilga binoan tabiatda hamma narsa sababning hukmiga bo‘ysunadi.
Hozirgi zamon fani sabab ob’ektlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa bo‘lib, uning oqibatida o‘zaro aloqaga kirishgan ob’ektlarning ikkalasi ham o‘zgarishini aniqlash imkonini
beradi. Masalan, Erga yirik meteoritlar tushishiga ulkan ekologik falokatlar sabab bo‘lgan. Bir qarashda Er jabrlangan passiv tomon, meteorit esa – faol tomon bo‘lgan. Amalda klassik mexanika qonunlariga muvofiq Er va meteoritning to‘qnashuvi yuz bergan. Buning oqibatida ikkala jismda tegishli deformatsiyalar yuzaga kelgan. Amaliyot har qanday hodisaning vujudga kelishi biron-bir omil yoki omillar bilan belgilanishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |