2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


YUz berishi yangi hodisa vujudga kelishiga olib keluvchi hodisa sabab deb ataladi. Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi


Download 1 Mb.
bet48/55
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524887
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja

YUz berishi yangi hodisa vujudga kelishiga olib keluvchi hodisa sabab deb ataladi. Sabab ta’sirida vujudga keluvchi hodisa esa oqibat deb ataladi.


Dunyoda barcha hodisalar, o‘zgarishlar, jarayonlar muqarrar tarzda muayyan sabablar tufayli yuz beradi. Dunyoda sababsiz hodisalar yo‘q va bo‘lishi mumkin ham emas. Sababiyat qonuni dunyoda barcha hodisalar sababiy belgilangan degan qoidaga asoslanadi. Sababiyat qonunini tan oluvchi va uni borliqning barcha hodisalariga tatbiq etuvchi faylasuflardeterministlar deb, sababiyat qonunini inkor etuvchi faylasuflar esaindeterministlar deb ataladi.
Sabab va oqibat dialektikasi. Sabablar ichki va tashqi, bevosita va bilvosita, ob’ektiv va sub’ektiv bo‘lishi mumkin. Sub’ektiv sabablar ko‘pincha faoliyat, xulq-atvor, qilmishlarni izohlash sohasida namoyon bo‘ladi.
Ob’ektning mohiyatini tashkil etuvchi qarama-qarshi kuchlar, tendensiyalarning o‘zaro aloqasi sababning ichki manbai hisoblanadi. Masalan, odamlar o‘z kasalligi yoki qariligini qayg‘u-hasrat, muvaffaqiyatsizliklar, og‘ir ish va hokazolar bilan tushuntirishga moyildirlar. Amalda qarilik yoki o‘limni engishga hali hech kim muvaffaq bo‘lmagan, chunki qarilik ham, o‘lim ham ichki sabablar bilan izohlanadi. SHu sababli ba’zilar og‘ir ish bilan shug‘ullanib ham uzoq vaqt yosh va sog‘lom bo‘lib qoladi, ayrim takasaltanglar esa juda tez qariydi. Tashqi sabablar turli ob’ektlar o‘zaro aloqasining mahsulidir.
Sabab va oqibat munosabatlarini orqaga qaytarib bo‘lmaydi. Sabab va oqibatning sof chiziqli jarayon sifatidagi mexanistik talqini muqarrar tarzda sabab va oqibatni orqaga qaytarish mumkin, degan xulosaga olib keladi. Masalan, Oy qarama-qarshi yo‘nalishda aylana boshlasa, u dastlabki holatga kelgan bo‘lar edi. Ammo bu faraz zamirida soxta asoslar yotadi: u sabab-oqibat munosabatlariga tasodifiy omillar to‘plami kuchli ta’sir ko‘rsatishini hisobga olmaydi. Dastlabki holatga qaytish – bu mazkur omillar to‘plamini amalda mujassamlashtirish demakdir. Vaholanki, ularning hammasini amalda mujassamlashtirish mumkin emas, demak, dastlabki holatga qaytish mumkin emas.
Sabablar va oqibatlarning munosabatlari murakkab va rang-barangdir. Bir sabab ko‘plab oqibatlarga sabab bo‘lishi va, aksincha, bir oqibat zamirida ko‘p sonli sabablar yotishi mumkin. Ayrim sabablar oqibatlar cheksiz zanjirining ilk manbai hisoblanadi. Ba’zi bir sabablar «zanjir reaksiyasi» ko‘rinishini kasb etishi, ya’ni ikki yoki undan ortiq oqibatni yuzaga keltirishi, ular esa, o‘z navbatida, ikki yoki undan ortiq oqibatga sabab bo‘lishi mumkin.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling