2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


Download 1 Mb.
bet10/55
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524887
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55
Bog'liq
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja

Ongsizlik. Ongsizlikni (ong osti) tushunish yanada ko`proq qiyinchilik tug`diradi. Uning mavjudligi avstriyalik mashhur psixiatr Z.Freyd (1856-1939) tomonidan XX asr boshida aniqlagan.
Har xil tushlar, gallyutsinatsiyalar, xayoldan ketmaydigan g`oyalar, intuitsiya va shu kabilar ongsizlikning namoyon bo`lish shakllariga misol bo`lishi mumkin. Ular odamlar
ruhiyati va xulq-atvoriga kuchli ta`sir ko`rsatadi, lekin ayni vaqtda bu jarayonlarni boshqarish nuqtai nazaridan ularga bo`ysunmaydi. SHu sababli ongsizlik ongning mazkur lahzada ong bilan boshqarishga qodir bo`lmagan parchasi, deyish mumkin8.
Olimlar insonda onglilik va ongsizlikning o`zaro nisbati to`g`risida so`z yuritar ekanlar, ba`zan ularni okeandagi muztoqqa o`xshatadilar. Bu muztog`ning suv ustidagi ko`zga ko`rinadigan qismi ongga qiyoslanadi, suv ostidagi ko`rinmaydigan qismi esa ongsizlikka o`xshatiladiki, uning miqyosi, shakli, tuzilishi va mazmuni haqida biz bilvosita belgilarga ko`ra faqat taxmin qilishimiz mumkin.
Individual ong borlig`i.Inson ongini ilmiy tushunish yo`lidagi birinchi qadam odamzot ongi uning miyasi va fiziologiyasi bilan uzviy bog`liq bo`lsa-da, lekin ular umuman jonsiz yoki jonli tabiat bilan mutlaqo bog`lanmaydigan alohida narsa sifatida mavjud ekanligini tan olish bilan bog`liqdir. Ong inson miyasining ob`ektiv borliqni ideal obrazlarda aks ettirish va bu obrazlardan fikrlash jarayonida foydalanish qobiliyati sifatida amal qiladi. Uni bevosita kuzatish mumkin emas. Ong faqat inson miyasi ishining natijasi, uning xossasi sifatida, shuningdek ong namoyon bo`lishining fikrlar, g`oyalar, e`tiqodlar, qadriyatlar, mo`ljallar va shu kabilar tarzida ifodalangan turli shakllari orqali tadqiq etilishi mumkin.
Individual ong borlig`ini odatdagi makon va vaqt koordinatalarida tavsiflash mumkin emas. U nafaqat doim «shu erda va hozir» mavjud bo`ladi, balki go`yoki makondan tashqarida yotadi, chunki biron-bir hajm yoki miqdoriy o`lchanadigan chiziqli ko`rsatkichlar bilan ifodalanishi mumkin emas. Vaqtda u (dalil sifatida, hodisa sifatida), har qanday narsaning borlig`i kabi, faqat hozirgi zamonda mavjud bo`ladi, zero u o`tmishda yo`q bo`lgan, kelajakda esa hali mavjud emas. Biroq, moddiy narsalar borlig`idan farqli o`laroq, ong bir qancha o`ziga xos xususiyatlar, chunonchi: vaqt shkalasi bo`ylab o`tmishga ham, kelajakka ham bir lahzada ko`chish, ilgari mavjud bo`lgan narsalar, yuz bergan voqealarni xayolda aks ettirish, paydo bo`lishi, yuz berishi mumkin bo`lgan narsalar va voqealarni tasavvurda gavdalantirish qobiliyatiga egadir. Ammo o`tmish yoki kelajakning ideal obrazlari hisoblangan ongni uning haqiqiy borlig`ida o`z ekranida tasvirlarni almashtiruvchi aylanuvchan kaleydoskop bilangina taqqoslash mumkin.
Ayrim kishilar borlig`i haqida so`z yuritganda, shuni ta`kidlash lozimki, u barcha jonli organizmlarda bo`lganidek funktsionalgina emas, balki o`z shakllanish jarayonida muayyan bosqichlardan o`tadi, bunda tana bilan bir qatorda ruh ham rivojlanadi. Garchi bu ikki jarayon dialektik jihatdan o`zaro bog`liq bo`lsa-da, ulardan har birining rivojlanishi o`z yo`lidan boradi va asosan turli qonunlarga bo`ysunadi. Ayrim kishilar bir-biriga o`xshamasligi va ularning cheksiz darajada rang-barangligi shu hol bilan belgilanadi. Ular o`z shakllanish jarayonining ayni bir bosqichlari - inson, individ, shaxsni har biri o`zicha bosib o`tadi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling