2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


Download 1 Mb.
bet11/55
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524887
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55
Bog'liq
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja

SHaxs insonning uni qurshagan boshqa odamlar tomonidan qanday idrok etilishi, tavsiflanishi va baholanishini aks ettiruvchi ijtimoiy hodisa. SHaxs faqat jamiyatda, o`ziga o`xshash odamlar bilan muloqot qilish, o`tgan avlodlar to`plagan tajriba va bilimlarni, o`ziga qadar yaratilgan qadriyatlar va xulq-atvor qoidalarini o`zlashtirish orqali shakllanishi mumkin. SHuning uchun ham shaxs bo`lish ijtimoiy
«qiyofa»ga ega bo`lish demakdir. Bularning barchasi ijtimoiy borliqning turli holatlari va jarayonlarini tavsiflaydi. Ularni to`la yoritish ijtimoiy falsafa muammolarining butun majmuini tahlil qilishni taqozo etadi.
Ijtimoiy ong borlig`i. Ijtimoiy borliqning o`ziga xos xususiyatlariga nazar tashlasak, u borliqning biz yuqorida ko`rib chiqqan boshqa barcha shakllaridan butunlay farq qilishini ko`ramiz. YAxlit holda olingan ijtimoiy «organizm» hayvonlar podasidan butunlay farq qiladi. Jamiyatning bu o`ziga xos, betakror xususiyati falsafada «ijtimoiy




8Qarang: SHreyder YU.A. Zagadochnaya prityagatel`nost` filosofii (sub`ektivnыe zametki) // Voprosы filosofii. 1996. №7. – S.168.
ong», «jamoa aqli», «ob`ektivlashgan ma`naviyat» va hokazolar deb ataladi. U har xil shakllarda namoyon bo`ladi.
Bu fikrni isbotlash uchun muloqot, kommunikatsiya, odamlarni tarbiyalash va ularningijtimoiylashuvi vositasi sanalgan tilni ko`rib chiqamiz. Tilning ayrim kishilar ongi, g`oyalari, fikrlari bilan uzviy bog`liqligi aniq, ammo hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan til ijtimoiy tabiatga ega ekanligi ham shubhasizdir. Xuddi shuningdek til (inson nutqi) odamlar jamiyatida paydo bo`lgani va faqat shu erda mavjud bo`lishi mumkin. Uning tashqi (og`zaki, ovoz) ko`rinishi, mazmuni, teranligi, kengligi, boyligi ko`plab avlodlarning ko`p asrlik o`zaro aloqasi va o`zaro kamol topishi mahsulidir. Bunda ayrim inson u yoki bu tilni faqat muloqot jarayonida o`zlashtiradi. Ayni holda umuman til haqida so`z yuritilmoqdaki, u tabiiy ham, sun`iy ham bo`lishi mumkin.
Endi individual va jamoa (ijtimoiy) ma`naviyatining ideallar, me`yorlar, qadriyatlar va tasavvurlarda aks etuvchi o`xshash jihatlari va farqlariga to`xtalamiz. Individual ma`naviy borlig`dan farqli o`laroq, ijtimoiy ma`naviy borlig` haqida uning fan, san`at, din, axloq va umuman madaniyat tarzidagi ko`rinishlariga qarab hukm chiqarishimiz mumkin. Xususan, u yoki bu ilmiy g`oyalarning paydo bo`lishi doim muayyan olimlar bilan bog`liq, ammo fan ijtimoiy hodisa sifatida muayyan shaxslar bilan bog`lanmaydi, zero u ayrim olimlar ilgari surgan nazariy qoidalar majmuidan yuqoriroq darajada turadi. Bosma, audiovizual va boshqa axborot manbalari, tegishli asbob-uskunalar va shu kabilarsiz fanni tasavvur qilish mumkin emas. U yaxlit hodisa sifatida mustaqil borliqqa ega. Bugungi kunda, komp`yuter texnologiyalari inqilobi davrida fan jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylandi.
San`at sohasi haqida ham shunday deyish mumkin. Qo`shiqlar, raqslar va musiqa o`z muayyan ijrochilariga ega bo`lgan holda, o`zining odatlar, rasm-rusumlar va ideallar ko`rinishidagi nisbatan mustaqil hayoti bilan yashaydi va shu tariqa ijtimoiy makon va vaqtda harakatlanib saqlanishi, takomillashishi va ko`payishi mumkin.
Ijtimoiy ongning yana bir o`ziga xos xususiyati shundaki, u, individual ongdan farqli o`laroq, o`z «tanasi»ni «tark eta» olmaydi, xuddi shuningdek u o`z «tanasi»dan, ya`ni jamiyatdan tashqarida mavjud bo`lishi ham mumkin emas. SHu sababli ijtimoiy ong asrlar mobaynida abadiy mavjud bo`lgan, yo`q qilib bo`lmaydigan narsa sifatida qaralgan, uning borlig`i esa butun insoniyat borlig`i yo`q bo`lishi bilan barham topishi mumkin, deb hisoblangan.
Ammo XX asrning o`rtalarida odamlar o`z-o`zini qirg`in qilish vositasi – yadro qurolini yaratdilar va shu paytdan e`tiboran insoniyat o`zining «umrboqiyligi»ni yo`qotdi va endilikda u, yashab qolishga harakat qiluvchi ayrim jonli organizm kabi, ijtimoiy hayotni o`z-o`zini qirg`in qilishdan asrab, o`z ijtimoiy borlig`ini saqlash haqida qayg`urishi lozim. SHu bois quyida ongning funktsiyasini o`rganamiz.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling