2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi
Download 1 Mb.
|
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Borliqqa yondashuvning asosiy kontseptsiyalari.
Til va ong. Ong nafaqat insonning mehnat faoliyati, balki odamlar o`zaro aloqasi va muloqotining universal vositasi – til bilan ham uzviy bog`liqdir. Aniq, tushunarli nutqning paydo bo`lishi, nafaqat ijtimoiy munosabatlar, balki insonning o`zi, uning ongi rivojlanishining butunlay yangi va qudratli vositasiga aylandi, chunki biologik omil (irsiyat)dan tashqari odamlarda til yordamida yanada qudratliroq omil – tajriba va ijtimoiy muhim axborot berishning ijtimoiy usuli paydo bo`ldi. Bu turli avlodlar va tarixiy davrlarning bilimlari, an`analari, madaniyatlarining vorisiyligini ta`minladi, so`nggi zikr etilgan hol esa, o`z navbatida, tilning yanada rivojlanishi va takomillashuviga turtki berdi va zamin hozirladi.
SHunday qilib, mehnat, ong va til bir-biri bilan shu darajada uzviy bog`landiki, ulardan har birining kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishini bir-biridan alohida tasavvur qilish mumkin emas. Bunda til insonning fikrlash faoliyati amalga oshuvchi muhim shakl hisoblanadi, mehnat esa, o`z navbatida, tilni rivojlantiradi va boyitadi. Xullas, individning ongi ijtimoiy belgilangandir, ya`ni u faqat jamiyatda shakllanadi va undan tashqarida paydo bo`lishi mumkin emas. U nafaqat kelib chiqishiga ko`ra, balki borliq usuli jihatidan ham ijtimoiy hodisa hisoblanadi, chunki odamlarning xulq- atvori, harakatlarida namoyon bo`ladi, ularning faoliyat yo`nalishini belgilaydi. Olamda nimaiki mavjud bo`lsa, ularning hammasi birgalikda keng ma`noda «yaxlit dunyo»ni tashkil etadi va uni ba`zan «haqiqiy borliq» deb ham atashadi. Forobiy barcha mavjud narsalarning yig`indisi dunyoni tashkil qiladi, «hamma narsaning umumiy jinsi olamdir»10 va «olamdan tashqarida hech nima yo`qdir»11 deb hisoblagan. YAxlit holda butun dunyoning asosida nima yotadi? Bu savolga javob berishda faylasuflar turli xil kontseptsiyalarda fikr yuritishadi. Bu joyda asosan uch xil muhim kontseptsiyani ko`rsatish mumkin. Ularga monistik,dualistik va plyuralistik kontseptsiyalar kiradi. Borliqqa yondashuvning asosiy kontseptsiyalari.Monizm. Monizm (yunon. monos - bitta) kontseptsiyasi vakillari dunyoning asosida bitta manba (bitta substantsiya) yotadi deb hisoblashadi. Materialistik monizm tarafdorlari bu manba moddiy manbadir deb aytishsa, idealistik monizm tarafdorlari dunyoning asosida bitta g`oyaviy negiz, g`oyaviy, ma`naviy, ilohiy substantsiya yotadi deyishadi. Dualizm (lot.dualis - ikkilangan) vakillarining fikricha, dunyoning asosida ikkita mustaqil negiz: ham moddiy, ham g`oyaviy (ma`naviy, ilohiy) negiz yotadi, deb hisoblashadi. Arastu dualist bo`lgan, uning fikricha, dunyoning asosida materiya va shakl yotadi, materiya passiv va inert negiz bo`lsa, shakl esa faol, aktiv, yaratuvchan negizdir. Plyuralizm (lot. pluralis - ko`pchilik) vakillarining aytishicha, borliqning asosida ko`plab, bir-biridan mustaqil moddiy va g`oyaviy negizlar yotadi. Ayrim plyuralistlar moddiy negizlarga urg`u berishadi. Ularni materialistik plyuralizm vakillari deyish mumkin. Masalan, qadimgi xitoy, qadimgi hind, qadimgi yunon materialistlari borliq olov, suv, havo va tuproqdan tashkil topgan deyishgan. Boshqa yo`nalishdagi plyuralistlar esa ma`naviy, g`oyaviy substantsiyalarga ustuvorlik berishgan (ularni idealistik plyuralizm vakillari deyishadi). Masalan, Max va Avenarius dunyoning asosida yotuvchi elementlar turli shakldagi sezgilardan iboratdir, deb hisoblaydi. SHuningdek, dunyoning asosida ko`plab ham moddiy, ham ma`naviy (bir xil darajada) elementlar yotadi (Demokritda bu elementlar atomlar, Leybnitsda g`oyaviy monadalar) deb hisoblovchi plyuralistlar ham bor. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling