2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi
Download 1 Mb.
|
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja
Harakat – borliqning asosiy mavjudlik usuli. Borliqning mavjudligi undagi o`zgarishlar bilan belgilanadi. Agar o`zgarish bo`lmasa, borliqning bor yoki yo`qligi noma`lumligicha qolardi. Har qanday o`zgarish - harakatdir. O`zgarishlar na faqat moddiy ob`ektlarga, balki ma`naviy, g`oyaviy ob`ektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki g`oyaviy) ob`ektning mavjudligiundagi harakat va o`zgarishlar tufayli namoyon bo`ladi. SHu sababli harakat borliqning asosiy mavjudlik usulidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi harakat shakllarini ajratib ko`rsatishadi: 1) moddiy harakatning eng sodda shakli - mexanik harakat (uni moddiy nuqtalarning fazodagi siljishi deb ta`riflashadi); 2) fizik harakat (elementar zarachalar, atom yadrosi va atomning harakatidan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, yorug`likdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir); 3) ximiyaviy harakat (bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, ximiyaviy reaktsiyalar, ximiyaviy sintez va parchalanish, yonish va oksidlanish va boshqa ximiyaviy jarayonlar kiradi); 4) biologik harakat (hayotiy jarayonlar); 5)sotsial (yoki ijtimoiy) harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon bo`lishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati
10Forobiy. Risola at taxsil as saodat\\ Xayrullaev M. Forobiy. T.,1963.60-b. 11O`sha asar. 60 b. hamda axborot jarayonlari bilan bog`liq bo`lgan ideal, g`oyaviy, ma`naviy ko`rinishdagi harakat shakllari ham mavjuddir. Harakatning eng sodda shakli mexanik harakat bo`lib, uning manbai tashqi ta`sirda, harakatning murakkab shakllarining manbai esa ichki aloqadorliklarda. Faylasuflar qadimdan harakat va uning manbalari haqida xilma-xil kontseptsiyalarni ilgari surib kelishadi. Ayrim faylasuflar hatto harakatning mavjudligini ham inkor etgan. Ioniya maktabiga mansub faylasuflardan Eleylik Zenon harakatning yo`qligini o`zining «Axill va toshbaqa», «Dixatomiya», «Uchayotgan kamon o`qi» kabi mashhur aporiya (yunon. aporia – ilojsiz vaziyat)larida harakatning yo`qligini isbotlashga o`ringan. Buni dastlab, Arastu yaxshi tushunib etdi. SHarq falsafasida esa Forobiyning falsafiy risolalarida bu muammo yaxshi asoslab berilgan. YAngi davr falsafasida G.Xegel harakatning mohiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina asoslash mumkinligini ta`kidlagan. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling