2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi
Download 1 Mb.
|
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materiyaning ko`rinishlari.
Materiyaning miqyosiy-struktura darajalari. Bu moddiy sistemalarning bir- biridan mazkur sistemada hukmronlik qiluvchi fundamental kuchlar bilan farq qiluvchi darajalardir. Ular: mikrodunyo, makrodunyo va megadunyo deyiladi.
Mikrodunyoda kuchli va kuchsiz yadroviy o`zaro ta`sir kuchlari hukmronlik qiladi15. Bu kuchlarning ta`sir doirasi atom yadrosi va atom o`lchovi bilan chegaralangandir. Kuchli yadroviy o`zaro ta`sirlar atom yadrosining tarkibiy qismlari bo`lgan proton va neytronlarning yaxlitligini, kuchsiz yadroviy o`zaro ta`sir kuchlari esa atom strukturasining yaxlitligini ta`minlaydi. Bu kuchlar tufayli mikrodunyo o`zining strukturaviy yaxlitligini saqlaydi. Makrodunyoning strukturaviy yaxlitligi esa elektromagnit o`zaro ta`sirlari bilan saqlanadi. Elektromagnit o`zaro ta`sir kuchlari atomlar va molekulyar birikmalarning, moddiy jismlarning strukturaviy yaxlitligini ta`minlaydi. SHu kuch tufayli Erda hayot mavjud, yorug`lik mavjud. Megadunyo - bu gravitatsion o`zaro ta`sirlar kuchi bilan chegaralangan eng katta moddiy ob`ekt - koinotdir. Er shari va uning atrofida Oyning aylanishi, sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishini ta`minlovchi, Galaktikamizning muayyan tuzilishga egaligiga, butun Koinotning fazo-vaqt strukturasi tartibining mavjudligiga gravitatsion o`zaro ta`sir kuchlari mas`uldir. Bu kuchlar bo`lmaganda edi dunyodagi hozirgi tartib va munosabatlar ham bo`lmagan, mikro-, makro- va megadunyolar ham shakllanmagan bo`lar edi. 14Karimov B.R., Turaev B.O. Razvitie form prostranstva i vremeni. T.: Fan, 1992.S.14. 15Turaev B.O. Prostranstvo. Vremya. Razvitie. T.: Fan, 1992. S.47. Xullas, materiya va moddiy ob`ektlarning strukturaviy yaxlitlikka ega bo`lishida harakat va fazo-vaqt shakllarining, ularning asosida yotuvchi o`zaro aloqadorlik kuchlarining roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Materiyaning ko`rinishlari. Hozirgi zamon tabiyotshunoslik fanlari olamning tuzilishining o`ta murakkabligini, dunyoning xilma-xilligini ta`kidlash bilan bir qatorda, ob`ektiv dunyodagi moddiy ob`ektlarning ham xilma-xilligini, turlicha ko`rinishlarda uchrashini isbotlamoqda. Hozirgi paytda materiyaning moddasimon va nomoddasimon ko`rinishlarining mavjudligi aniqlangan16. Ob`ektiv reallikning butun bizga ko`rinadigan qismidagi Koinot qa`ridan tortib, to mitti elementar zarrachalar va antizarrachalargacha (elektronlar, pozitronlar, protonlar, antiprotonlar, neytronlar va hakozo) materiyaning moddasimon ko`rinishiga mansubdir. Elektron va proton modda hisoblansa, pozitron va antiproton antimodda hisoblanadi. Hamma zarrachalar - modda, hamma antizarrachalar - antimoddadir. Materiyaning nomoddasimon ko`rinishiga turli xil fizikmaydon va nurlanishlar kiradi. Modda bilan antimodda to`qnashganda materiyaning annigilyatsiya (lot. annihilatio - yo`qolishi, hech nimaga aylanishi) hodisasi sodir bo`ladi, ya`ni materiya moddasimon ko`rinishdan nomodda ko`rinishiga – maydon va nurlanishga aylanadi. Fizik vakuumdagi elektromagnit maydonini muayyan intensivlikdagi nurlanishlar bilan bombardimon qilinganda mazkur vakuumda zarracha va antizarrachalar hosil bo`ladi, ya`ni materiyaning maydon ko`rinishi modda ko`rinishiga aylanadi. Bu hodisalarnining mohiyatini mexanistik dunyoqarash asosida izohlashning iloji yo`q, buning uchun yangicha logika va dialektik dunyoqarash lozim bo`ladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling