2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


Download 1 Mb.
bet21/55
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524887
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja

O‘zaro aloqa. Real voqelikda har bir muayyan ob’ekt ko‘p sonli sababiy zanjirlarning murakkab «tuguni» hisoblanadi. U boshqa ob’ektlardan ta’sirlanish bilan bir vaqtda o‘zi ham ularga aks (reaktiv) ta’sir ko‘rsatadi. «Tashqi» va «ichki» sababiy zanjirlar unda uyg‘unlashadi, kesishadi va tarmoqlanadi. Ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishga kirishadi va bu o‘zaro bog‘lanish ob’ektda yuz beruvchi barcha jarayonlarning negiziga aylanadi.
Ob’ektni bilish uchun pirovard natijada unda vujudga kelgan sababiy bog‘lanishlar
«tuguni»ni echish talab etiladi. Barcha hodisalar mohiyatiga izohni o‘zaro bog‘lanishdan izlash kerak. U hodisalarning barcha xossalari va xususiyatlarini belgilaydi, amalda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlar, tasodiflar va zaruriyatlarning manbalarini o‘zida mujassamlashtiradi. O‘zaro aloqani tushunish – umuman ob’ektni tushunish demakdir.
Ammo har qanday ob’ekt boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqa qilgani bois, uning barcha o‘zaro aloqalarini bilish uchun undan boshqa ob’ektlarni o‘rganishga, ulardan – uchinchi ob’ektlarga o‘tishga to‘g‘ri keladi va h.k. Ayrim ob’ektning tabiatini belgilovchi o‘zaro aloqani bilish jarayoni cheksizdir. Paskal ta’biri bilan aytganda, to‘g‘nag‘ich kallagini bilish uchun butun Olamni bilish talab etiladi.
Aloqa uchun asos. Aloqa, aloqa uchun asos va aloqa shart-sharoitlari tushunchalarini farqlash lozim. Bog‘lanish yuzaga kelishiga imkoniyat yaratuvchi ayrim xossa, belgi yoki munosabat aloqa uchun asos bo‘ladi. Asosning mavjudligi aloqa o‘rnatish uchun zarur, lekin etarli emas, chunki uning o‘rnatilishi doim emas, balki muayyan sharoitdagina yuz beradi. SHart-sharoitlar – bu avvalo predmet mavjud bo‘lgan muhitdir. U aloqa o‘rnatish uchun qulay yoki noqulay bo‘lishi mumkin. SHart-sharoitlar o‘z holicha bog‘lanish o‘rnatish omili bo‘lishi mumkin emas, ular faqat aloqa yuzaga kelishiga ko‘maklashadi yoki monelik qiladi.
Narsalar o‘rtasida aloqa biron-bir muayyan asosga ko‘ra yuzaga keladi. Umumiy asos ayrim umumiy asosga ega bo‘lgan turli ob’ektlar o‘rtasida umumiy aloqa yo‘lini ham vujudga keltiradi. Masalan, muayyan manfaat guruhlari o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy guruhlarga birlashadilar, mamlakatdagi siyosiy muhitga kuchli ta’sir ko‘rsatadilar. Ammo boshqa, masalan, etnik, diniy va boshqa asoslarga ko‘ra ular o‘zaro bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. SHunday qilib, mazkur misolda bog‘lanish yo‘li aloqa yuzaga kelishi uchun asos, boshqa belgilar – buning shartlaridir. O‘zaro aloqa umumiy xususiyat kasb etadi, u butun borliqqa xosdir. SHu sababli aloqa tushunchasi dialektikada eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi. Boshqa barcha kategoriyalar o‘zaro bog‘lanishning muayyan turlari bilan tavsiflanadi.
Aloqa tushunchasi o‘zaro aloqa, harakat, munosabat tushunchalari orqali yoritiladi.
«Hozirgi zamon falsafa lug‘ati»da17munosabat tushunchasi «narsalarning o‘zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin xossalarning namoyon bo‘lish omili» sifatida ta’riflangan. Bu ta’rifda munosabatni tavsiflovchi quyidagi jihatlar farqlanadi: birinchidan, narsalarning o‘zaro mavjudligi, yaqinlashuvi, birlashuvi. Ikkinchidan, munosabat narsaning xossalarini namoyon etish, ya’ni harakatga keltirish usuli sifatida amal qiladi. Uchinchidan, narsalarning birlashuvi sifatidagi munosabat ta’sirida kooperativ effekt, ya’ni narsalar holatlarining bir-birini o‘zgartirishi yuz beradi. Bunda munosabat yuzaga kelgunga qadar yashirin holda mavjud bo‘lgan narsalarning xossalari bir-biriga o‘tadi va namoyon bo‘ladi.
Xullas,munosabat, bir tomondan, narsalarning o‘zaro aloqasini, boshqa tomondan esa – ularning alohida-alohida mavjudligini nazarda tutadi.




17Қаранг: Современный философский словарь / Под ред. В.Е.Кемерова. – М.: 2004. – С.497.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling