2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


Download 1 Mb.
bet22/55
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524887
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja

O‘zaro ta’sir.Narsalar bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi natijasida yuzaga keladigan va ular bir-birini o‘zgartirishiga sabab bo‘ladigan bog‘lanish. YA’ni, o‘zaro ta’sir narsalarning o‘zaro aloqadorligini, ular bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi va bir-birini o‘zgartirishini anglatadi. Ammo o‘zgarish - harakat falsafiy tushunchasining sinonimidir. Binobarin, umumiy bog‘lanishning tan olinishi bizni muqarrar tarzda borliqning o‘zgaruvchanligi umumiy xususiyatini tan olishga olib keladi. Umuman o‘zgarish sifatida tushuniladigan harakat butun olamni qamrab oladi, dunyoda hamma narsa muayyan paytda vujudga keladi, tadrijiy rivojlanadi, o‘zgaradi va g‘oyib bo‘ladi (o‘ladi, halok bo‘ladi, barham topadi). Demak, har qanday hodisa o‘z tarixiga ega. Ayni shu sababli tabiat va jamiyat hodisalarini o‘rganishga nisbatan tarixiy yondashuv zarur. O‘zgarishlar o‘z xususiyati va yo‘nalishiga ko‘ra bir xil bo‘lmaydi. Tartibsiz o‘zgarishlar, aylanma harakatlar, jismlarning makonda bir joydan boshqa joyga mexanik ko‘chishini farqlash mumkin. Rivojlanish o‘zgarishning alohida tipi hisoblanadi.
Dialektika kategoriyalari umumiy aloqalarning o‘zgarish va rivojlanish manbai sifatidagi tavsifini to‘ldiradi, harakatlanayotgan, tadrijiy rivojlanayotgan dunyoning keng manzarasini yaratish imkonini beradi. Biron-bir aloqalar va o‘zaro ta’sirlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar amalda mavjud emas. Dialektikaning muhim belgilaridan biri va umumiy aloqa tamoyilining mazmuni aynan ob’ektlarning har tomonlama o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirlarini hisobga olishdan iborat.
Shunday qilib, dialektika moddiy dunyoda hukm suruvchi umumiy aloqani aniqlashni talab qiladi.


Bog‘lanishlarning tasnifi va xususiyati


BOG‘LANISHLARNING ASOSIY TURLARI

BOG‘LANISHLARNING
XUSUSIYATI

Materiyaning asosiy turlariga va uning harakat shakllariga xos bo‘lgan bog‘lanishlar

Materiya mavjudligining asosiy shakllariga xos bo‘lgan bog‘lanishlar

Qonun, hodisani belgilaydigan bog‘lanishlar

Qonun, hodisani belgilamaydi- gan bog‘lanishlar

Ijtimoiy

Moddiy- energetik

Makonga doir

Ichki

Tashqi

Biologik

Vaqtga doir

Muhim

Ahamiyatsiz

Kimyoviy

Strukturaviy

Zaruriy

Tasodifiy

Fizik

Informat sion

Genetik

Barqaror

Beqaror

Mexanik

Sababiy

Umumiy

YAkka

Funksional



Bog‘lanishlar quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, ular ob’ektiv xususiyat kasb etadi, ya’ni odamlar ongidan qat’i nazar, ob’ektiv qonuniyat sifatida mavjud bo‘ladi.
Ikkinchidan, aloqalar universaldir, chunki hamma joyda va har doim, barcha hodisalarda, barcha darajalar va bosqichlarda namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, o‘zaro aloqa o‘zining mohiyati va tabiatiga ko‘ra serqirradir, zero har bir predmet, har qanday hodisa boshqa hodisalar bilan minglab rishtalar vositasida bog‘lanadi va bu aloqa moddiy va ma’naviy dunyo hodisalari va jarayonlari o‘rtasidagi munosabatlarning oxiri ko‘rinmaydigan tarmog‘i bilan tavsiflanadi.
To‘rtinchidan, real aloqalar o‘z xususiyati, chuqurlik va murakkablik darajasi, namoyon bo‘lish shakllariga ko‘ra cheksiz darajada rang-barangdir. Dialektika borliqning rang-barang bog‘lanishlarini tahlil qilishga nisbatan differensiatsiyalashgan yondashuvni nazarda tutadi. Bunda u quyidagi aloqalarni farqlaydi:

  • materiyaning asosiy turlariga va uning harakat shakllariga xos bo‘lgan aloqalar (mexanik, fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy bog‘lanishlar);

  • materiya mavjudligining asosiy shakllariga xos bo‘lgan aloqalar (makonga doir, vaqtga doir, strukturaviy, genetik, sababiy, funksional bog‘lanishlar).

Ammo aloqalarning ko‘p sonli konkret shakllari orasida dialektikani borliqning barcha hodisalari va jarayonlarida namoyon bo‘luvchi o‘ziga xos aloqalar (bog‘lanishlar xususiyati) qiziqtiradi. Bog‘lanishlarning bunday shakllari qatoriga quyidagilar kiradi: ichki va tashqi aloqalar; muhim va ahamiyatsiz bog‘lanishlar; zaruriy va tasodifiy bog‘lanishlar; barqaror va beqaror aloqalar; umumiy va yakka aloqalar.
Rivojlanishda bu aloqalarning roli bir xil emas: ularning ayrimlari yordamida predmet o‘z tabiatini ro‘yobga chiqaradi, ya’ni ular bosh rolni o‘ynaydi, boshqa aloqalar esa ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. SHunga muvofiq «qonun bog‘lanish demak» degan ibora paydo bo‘lgan. Bu to‘g‘rimi? To‘g‘ri, agar qonun – bu har qanaqangi bog‘lanish emas, deb qo‘shimcha qilinsa.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling