2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


Download 1 Mb.
bet23/55
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524887
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Bog'liq
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja

Falsafa qonunlari. Qanday aloqa qonun hisoblanadi? Qonun deb, bir qancha zaruriy belgilarga ega bo‘lgan o‘zaro bog‘lanishga aytiladi:

  • aloqaning ob’ektivligi. Bu erda gap bugun qabul qilinib, ertaga bekor qilinadigan yuridik qonunlar haqida borayotgani yo‘q. Energiya va moddaning saqlanish qonunlari yoki butun olam tortishish qonuni haqida gapiradigan bo‘lsak, biz ularni bekor qilishimiz yoki ularning amal qilishini ongli ravishda to‘xtatishimiz mumkin, deb aytish aqlga sig‘maydi.. Demak, qonun narsalarning ob’ektiv holatini, narsalar va hodisalar o‘rtasidagi ob’ektiv aloqani aks ettirishi uning muhim belgisi bo‘ladi;

  • aloqaning muhimligi. Muhim aloqa – bu narsaning mavjudligini, uning harakati va rivojlanishini belgilovchi bog‘lanish. Aytaylik, elementlarning davriy qonuni atom og‘irligi, atom o‘zagining zaryadi va elementlarning kimyoviy xossalari o‘rtasidagi muhim aloqani aks ettiradi;

  • aloqaning zaruriyligi. Zaruriy aloqa – bu muayyan sharoitda zaruriy tarzda namoyon bo‘luvchi bog‘lanish. Masalan, fizikada ma’lum bo‘lgan o‘tkazgich qarshiligining o‘tkazgich tarkibi, uning uzunligi va ko‘ndalang kesimining yuziga bog‘liqligi qonuni o‘tkazgichda elektr toki o‘tgan har bir holda zaruriy tarzda namoyon bo‘ladi, chunki u o‘tkazgich qaysi moddadan yasalgan bo‘lsa, shu moddaning tabiati, unga xos bo‘lgan ob’ektiv xususiyatlar bilan belgilanadi;

  • aloqaning barqarorligi. Barqaror aloqa – bu ishonchli tarzda saqlanadigan aloqa. U materiya harakatining tegishli shakli (materiya rivojlanishining muayyan bosqichi) yoki tafakkur mavjud bo‘lgan davr mobaynida, toki bu narsalar va hodisalar mavjud ekan, amalda mavjud bo‘ladi;

  • aloqaning umumiyligi. aloqaning umumiyligi shunda namoyon bo‘ladiki, unga ob’ektiv dunyoning aksariyat yoki hatto barcha narsalari, hodisalari va jarayonlari bo‘ysunadi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling