2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni
Download 1 Mb.
|
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja
Miqdor o‘zgarishlarining sifat o‘zgarishlariga o‘tishi qonuni. Hodisalarga makon- vaqt mezoni nuqtai nazaridan tavsif berish jarayonida «qaerda?» va «qachon?» savollari birinchi o‘ringa chiqadi. Ularni bilishga nisbatan boshqa bir yondashuv «nima?» savoli bilan bog‘liq. Ma’lum joyda va ma’lum vaqtda mavjud bo‘lgan mazkur hodisa nimadan iborat? U qanday xossalar bilan tavsiflanadi? Boshqa hodisalardan uning farqi nimada va qay jihatdan ularga o‘xshash? Bunday savollarga javob hodisalarni sifat va miqdorjihatidan tavsiflash orqali beriladi. Mazkur tavsif predmeti sifat va miqdor kategoriyalari bilan ifodalanadi. Eng sinchkov tahlil ham hodisada sifat yoki miqdor jihatidan tavsiflash mumkin bo‘lmagan narsani aniqlash imkonini bermaydi. Binobarin, sifat va miqdor – hodisaning qoldiqsiz «parchalanuvchi» ikki tomonidir.
Miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tishi qonuni rivojlanish jarayonining mexanizmini yoritadi, u qay tarzda va qanday shakllarda amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Bu qonunning xususiyatini, u qanday namoyon bo‘lishi va amal qilishini aniqlash uchun uning asosiy tushunchalari: sifat, miqdor, me’yor, sakrashning mazmunini yoritish talab etiladi. Sifat narsalarga xos va ularning borlig‘i bilan ayniy bo‘lgan hamda ularni muayyan aloqalar tizimidagi boshqa narsalardan farqlash imkonini beradigan o‘ziga xos xususiyatni aks ettiradi. Narsalarning sifati ularning chekliligi bilan uyg‘un bog‘liq, zero mazkur sifat yo‘q bo‘lishi bilan narsaning o‘zi ham yo‘q bo‘ladi, u boshqa narsaga aylanadi. Barcha narsalar, jarayonlar, hodisalar sifat bilan bir qatorda muayyan miqdorga ham ega bo‘ladi. Ular muqarrar tarzda muayyan o‘lcham, hajm, massa va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Sifat – narsaning ichki xususiyati, predmetni mazkur jihatdan farqlash uchun zarur va etarli bo‘lgan xossalar majmui. Sifat – xossalarning oddiy majmui emas, balki ularning muayyan yaxlitlikdan o‘rin olgan va predmetning alohida mohiyat sifatida mavjudligini belgilovchi tizimidir. Predmetlarning munosabatlari va aloqalarining rang-barangligi ayni bir predmetda qarama-qarshi xossalar va sifatlar mavjudligini izohlaydi. Bir jihatdan engil narsa boshqa bir jihatdan og‘ir bo‘ladi, bir aloqada oq narsa boshqa bir aloqada qora bo‘ladi va h.k. Masalan, suv va bug‘ bir- biridan sifat jihatidan farq qiladimi yoki miqdor jihatidanmi? Moddaning agregat holatini taqqoslaydigan bo‘lsak, suv va bug‘ sifat jihatidan farq qiladi. Taqqoslash suv va bug‘ning kimyoviy tarkibini aniqlashni nazarda tutsa, ularning o‘rtasida miqdoriy farq mavjud bo‘ladi. Ammo har qanday narsa bir jihatdan bitta sifatga va turli jihatlardan ko‘plab sifatlarga ega bo‘ladi Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling