2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi
Download 1 Mb.
|
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazmun va shakl
Mohiyat va mavjudlik.Mohiyat va hodisa o‘rtasidagi dialektik aloqa quyidagilarda namoyon bo‘ladi: mohiyat va hodisa bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Hodisa o‘zida mujassamlashgan narsa, ya’ni mohiyatsiz mavjud bo‘la olmaydi. Mohiyatda u yoki bu tarzda namoyon bo‘lmaydigan narsaning o‘zi yo‘q; mohiyat va hodisaning birligi ularning o‘zaro mosligi, ayniyligini anglatmaydi. Mohiyat doimo hodisa ortida yashirinib yotadi. Agar narsalarning namoyon bo‘lish shakli va mohiyati bevosita mos kelganida, fanga hojat qolmas edi; v) hodisa mohiyatga qaraganda faolroq va jo‘shqinroq, mohiyat esa barqarorroq va turg‘unroq - u barcha o‘zgarishlarda saqlanib qoladi. Ammo, hodisaga nisbatan barqarorroq bo‘lgan mohiyat mutlaqo o‘zgarishsiz qolmaydi; g) hodisa mohiyatga qaraganda boyroq. U ob’ekt muhim aloqalarining ichki mazmunigina emas, balki bu ob’ektning har qanday tasodifiy munosabatlari, alohida jihatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Mohiyat va hodisa o‘zaro munosabatlarining bir-biri bilan ziddiyatli aloqasini qayd etuvchi o‘ziga xos shakli zohiriylikdir. U bizning sezgilarimiz narsalarning mohiyatini, aniqroq aytganda mohiyatning biron-bir jihatini bir yoqlama noaniq aks ettirishini anglatadi. Ilmiy bilishning maqsadi narsalar va hodisalarning zohiriylik ortida yashirinib yotgan mohiyatini yoritishdan iborat. Mazmun va shakl. Mazmun va shakl tushunchalari, ularning dialektikasi qadimdayoq sinchiklab o‘rganilgan. Uyg‘unlik, go‘zallik, mutanosiblik tuyg‘usi, aql va tananing barkamolligi qadimgi yunonlar uchun juda muhim bo‘lgan. Ularning tilida shakl tushunchasi tabiatning oddiy materiali go‘zal shakl-shamoyil kasb etishiga imkoniyat yaratadigan g‘oya tushunchasining sinonimi sanalgan. Aristotel g‘oya, ya’ni shaklni materiya bilan uzviy deb hisoblagan. Qadimgi YUnonistonda mazmun va shakl muammosi qo‘yilgan bo‘lsa, keyingi mingyillikda bu muammoni turli yo‘nalish mutafakkirlari echishga harakat qildi. Mazmun. Mantiqda mazmun tushunchasi uning muhim belgilari majmuini anglatadi. Falsafada mazmun narsaning negizini tashkil etadigan, uning mavjudligi, rivojlanishi va shakllarining o‘zgarishini belgilaydigan qismlar, elementlarning muayyan tarzda tartibga solingan majmuidir. Ko‘rib turganimizdek, mantiq va falsafadagi mazmun tushunchalari bir-birini istisno etmaydi, balki bir-birini to‘ldiradi. Demak, mazmun – mazkur narsa, jarayon, hodisani belgilovchi elementlar, tomonlar, xossalar, aloqalar va tendensiyalarning yig‘indisi. Har qanday narsa, hodisa aniq mazmun bilangina emas, balki muayyan shakl bilan ham tavsiflanadi. SHakl – bu narsalar va jarayonlarning mazmunini belgilovchi tomonlar, xossalar va aloqalarni uyushtirish usuli. Boshqacha aytganda, narsaning shakli – bu elementlar o‘rtasidagi barqaror ichki aloqalarni uyushtirishning unga yaxlitlik sifatida namoyon bo‘lishi va o‘ziga xos bo‘lgan barcha funksiyalarni bajarish imkonini beruvchi usuli. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling