2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


Download 1 Mb.
bet43/55
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524887
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55
Bog'liq
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja

Butun va qism. O‘zaro bog‘langan soddaroq narsalardan tashkil topadigan har qanday predmetning murakkab tuzilishini ifodalovchi falsafiy kategoriyalarning ayrim nisbatan ajralmas majmuani tashkil etadi.
Predmetni (butunni) tashkil etuvchi narsalar uning qismlari hisoblanadi. Butunni tashkil etuvchi qismlarni birlashtiradigan bog‘lanish predmetga yaxlitlik baxsh etadi,
ya’ni butunga xos bo‘lgan, lekin uni tashkil etuvchi qismlarga ularning tarqoqlik holatiga xos bo‘lmagan integrativ xossalar va qonuniyatlar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Butun o‘zini tashkil etuvchi qismlarning birligidir. U o‘z qismlarining o‘zaro aloqasi tufayli mavjud bo‘lib, bu aloqaning barqarorligi mazkur butunning tuzilishida o‘z ifodasini topadi.
Butun va qism tushunchalari qadimgi yunon falsafasidayoq ma’lum bo‘lgan. Butunni o‘rganishga nisbatan yondashuvlarni belgilashda yuzaga kelgan ziddiyatlarni echish qiyinchilik tug‘dirgan. Ma’lumki, Dekart o‘zining metod haqidagi mulohazalarida har qanday predmetni o‘rganishni bilish vazifasini echish uchun bu predmetni necha qismga ajratish kerak bo‘lsa, shuncha qismga ajratishdan boshlashni tavsiya etadi. Demak, butun - qismlar yig‘indisi deyish ham mumkin. Ammo bu fikr faqat qisman to‘g‘ri, chunki butun o‘zini tashkil etuvchi qismlarning oddiy yig‘indisi bilan izohlanishi mumkin emas. Masalan, qurilish materiallari bir uyumga to‘kilsa, bino paydo bo‘lmaydi. Qarama-qarshi yondashuv butunning ustunligini tan olishni nazarda tutadi. Bu holda butunni bilish qismlarni bilishdan oldin keladi. Ammo butunning o‘ziga xosligi uni tashkil etuvchi qismlardan kelib chiqmaganidek, qismning xossalari ham butundan kelib chiqmaydi. Natijada qoniqarli echimini topish mushkul bo‘lgan yaxlitlik antinomiyalari yuzaga keldi, chunki qarama-qarshi fikrlarning har birini amaliyotdan olingan misol bilan isbotlash va xuddi shuningdek, amaliyotdan olingan misol bilan rad etish mumkin. Masalan, butun qismlarning yig‘indisidir, degan qoidaga butun o‘zini tashkil etuvchi qismlar yig‘indisidan ko‘proqdir, degan qarshi qoida zid keladi. Qismlar butundan oldin paydo bo‘ladi, degan fikrga butun o‘zining qismlaridan oldinroq paydo bo‘ladi, chunki ularga yangi xossalar baxsh etadi, degan fikr zid keladi. Mazkur antinomiyalar bilish metodologiyasida ham bilishning qarama-qarshi mo‘ljallarida o‘z ifodasini topadi: butunni bilish uning qismlarini bilish orqali amalga oshiriladi, bunga qarshi qoida esa shunday yangraydi: qismlar butunni qismlarga ajratish mahsuli sifatida faqat butun haqidagi bilimga muvofiq anglanishi mumkin. Bu esa butun va qismning yaxlitlik orqali ifodasida namoyon bo‘ladi. YAxlitlik jumboqlariga quyidagi hodisa misol bo‘ladi: har bir atom yadrosining og‘irligi uning tarkibiy qismlari og‘irligining yig‘indisidan kamroqdir. «Massa nuqsoni» deb ataladigan bu hodisa massa va energiyaning ekvivalentligi bilan izohlanadi. Bu hodisani yaxlitlik jumboqlari nuqtai nazaridan qanday tushuntirish mumkin? Mazkur ziddiyatlarni echish butun va qismning aloqasi haqidagi qarama-qarshi tasavvurlar birligini tan olishni nazarda tutadi. Darhaqiqat, qism butunga bog‘liq bo‘ladi, u butundan yangi xossalar oladi. Butun ham qismlarga, biroq ko‘proq darajada – ular o‘rtasidagi aloqaning xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Butunning uch tipi ma’lum:

  1. mexanik butun (qum, tosh uyumi, chunki ularning qismlari butunga kiradi va undan deyarli o‘zgarmasdan chiqadi);

  2. uyushgan butun, agar qismlarning ko‘rinishi o‘zgarsa;

  1. organik butun, agar qismlar o‘z-o‘zidan rivojlansa (tirik organizmlar).

Qismlar o‘rtasidagi aloqaning xususiyati butunning sifat jihatidan aniqligini, uning yaxlitligini belgilaydi. YAxlitlik qismlarning shunday bir aloqasiki, unda butun qismlarining birligi ta’minlanadi, buning natijasida butun tizimlilik, uyushqoqlik xususiyatini kasb etadi. Qismlar aloqasining tipi yaxlitlik tipini belgilaydi. Aloqaning strukturaviy (tuzilishning bog‘lanishlari), funksional (predmetning faoliyat usulini tavsiflovchi), genetik tiplari yaxlitlikning tegishli tiplarini tashkil etadi. YAxlitlikning quyidagi turlari farqlanadi:

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling