2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi


Ong haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi


Download 1 Mb.
bet9/55
Sana17.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1524887
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
2-mavzu. Borliq va rivojlanish falsafasi Reja

Ong haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi. YAngi davrda ong haqidagi tasavvurlar ancha kengaydi. R.Dekart (1596-1650) ongni tafakkur bilan tenglashtirib, uni umumiyroq tusdagi «ruhiyat» tushunchasidan ajratdi va ongni mustaqil, erkin fikrlovchi substantsiya deb hisoblab, yonma-yon joylashgan boshqa ko`lamli, fikrlamaydigan, moddiy substantsiyaga qarshi qo`ydi. Dualizm deb nomlangan mazkur falsafiy yondashuv keyinchalik ongning tabiatini tushunishga nisbatan ikki qarama- qarshi yondashuv yuzaga kelishiga zamin hozirladi. SHulardan biri ruhiyni jismoniyga (Gobs); ma`naviyni – moddiyga bog`lash bilan tavsiflanadi. Ikkinchi yondashuv sub`ektiv (Berkli, Yum, Fixte, Max va boshqalar) va ob`ektiv (Platon, Foma Akvinskiy, Gegel`) idealizm bilan bog`liq bo`lib, moddiy va jismoniy narsalar va hodisalarni ikkilamchi, ideal, ma`naviy, ruhiy narsalar va hodisalar mahsuli deb tushunishi bilan ajralib turadi.
Ikkala yondashuv ham nemis klassik falsafasida faol rivojlantirildi. Masalan, Gegel` individual ongga butun rivojlanish negizi sanalgan mutlaq g`oyaning pirovard shakllaridan biri sifatida yondashdi. Bu erda ong tarixan belgilangan faol asos sifatida tushuniladi. Mazkur asosda uning tuzilishi darajalari, xususan, hissiy, mantiqiy, individual va ijtimoiy darajalar farqlanadi.
Byuxner, Foxt, Moleshott kabi faylasuflar ongga «vul`gar materializm» nuqtai nazaridan yondashadi. Ular jigardan safro ajralganidek, aqldan fikr ajraladi, deb hisoblagan. Vulgar materializmga ko`ra ong sof moddiy jarayon, uning mazmuni esa inson eydigan oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi bilan bog`lanadi.
Tabiatshunoslikning rivojlanishi, ayniqsa neyrofiziologiya, biologiya, eksperimental psixologiya sohasida qo`lga kiritilgan yutuqlar so`nggi yillarda bizning ong tabiati haqidagi tasavvurlarimizni sezilarli darajada kengaytirdi. SHunga qaramay, sun`iy intellekt yaratish borasidagi ishlar, «fikrlovchi mashinalar»ning paydo bo`lishi,
«axborot portlashi» va komp`yuter inqilobining boshqa natijalari, xususan shaxmat o`yinida hatto jahon chemionlarini ham yutishga qodir superkomp`yuterlarning yaratilishi inson ongining mohiyati va imkoniyatlari haqidagi masala yangidan qo`yilishiga sabab bo`ldi. SHunday qilib, avvalgi savollarga javob olish barobarida yangi muammolar ham paydo bo`ldi. Biroq ular ong muammosini echishga nisbatan har xil, ba`zan bir-birini istisno etuvchi nuqtai nazarlar va falsafiy yondashuvlar sonini aslo kamaytirgani yo`q.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling