2 Mavzu: Boshlang‘ich sinfda matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish Reja


 Qiziqarli matematika soatlari o‘qituvchining o‘zi tayyorlaydi va o‘tkazadi


Download 52.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana10.11.2023
Hajmi52.59 Kb.
#1762995
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 - Mavzu

2. Qiziqarli matematika soatlari o‘qituvchining o‘zi tayyorlaydi va o‘tkazadi. To‘garak 
mashg‘ulotini tayyorlash va o‘tkazishda o‘quvchilar katta mustaqqillik va tashabbus 
ko‘rsatadilar: ular qisqa xabarlar (masalan, matematika tarixiga oid materiallar) bilan 
chiqishadi; mustaqil ravishda ko‘rgazmali qurollar (abaklar, bazi o‘yinlar uchun misollar 
yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari o‘tkazishga 
tayyorgarlik ko‘radilar va hakazo. Shu bilan bir qatorda, qiziqarli matematika soatlari 
o‘tkazishdagida, o‘quvchilar matematikadan to‘garak mashg‘ulotlarida qiyin masalalar 
yechadilar, mantiqiy masalalar yechadilar, rebuslarni, topishmoqlarni topadilar, ular bilan 
didaktik o‘yinlar o‘tkaziladi va hakoza. To‘garak mashg‘ulotlari uchun material tanlashda eng 
avvalo dasturga amal qilish kerak. Malaka va ko‘nikmalar talab qiluvchi dasturdan tashqariga 
chiquvchi materiallar to‘garak uchun yaramaydi. Ammo to‘garak mashg‘ulotlarida dastur 
materialni chuqurlashtirish va xilma-xil qilish mumkin. Matematika to‘garagini o‘tkazish uchun 


oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda 
o‘tkazilgan bazi to‘garak mashg‘ulotlarining taxminiy rejasini keltiramiz.
I mashg‘ulot.
1. Rebuslarni o‘ylab topish. 
2. Qo‘shishga oid qiziqarli masalalar. 
3. 100 ichida nomerlashni bilganlikni tekshirishga oid mashqlar.
4. Hazil masala.
5. « Sonni to‘ldir, o‘zing angrayma » o‘yini. Reja belgilab olingandan keyin ishning eng 
masuliyatli qismi boshlanadi- har hil manbalardan aniq material tanlanadi .
II mashg‘ulot
1. Rebuslarni o‘ylab topish. 
2. Topqirlikni talab qiluvchi sheriy masalalar.
3. Geometrik figuralarni analiz qilishga doir mashqlar.
4. Hazil masala.
5. «Sonni to‘ldir, o‘zing angrayma» o‘yini. 

Download 52.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling