2 Mavzu: Boshlang‘ich sinfda matematikadan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkil etish Reja


Matematik ekskursiyalarning maqsadi


Download 52.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana10.11.2023
Hajmi52.59 Kb.
#1762995
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 - Mavzu

Matematik ekskursiyalarning maqsadi - aniq hayotiy fakt va taassurotlarni talab qilish, 
bular o‘quvchilarni shu faktlar bilan turmushda uchrashtirish yo‘li bilan olinadi. Boshlang‘ich 
sinflar o‘quvchilari bilan ekskursiyalar o‘tkazish muhim qiyinchiliklarga bog‘liq va 
o‘qituvchidan puxta tayyorlanishni talab qiladi: o‘qituvchi ekskursiya o‘tkaziladigan joyga oldin 
borib, ko‘rib kelishi ekskursovodga qanday formada tushuntirib berish haqida, ekskursiya vaqti 
haqida ko‘rsatmalar berishi kerak. Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga 
tushunarli bo‘lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari 
kerakligini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.
Darslik va o’quv qo’llanmalari ahamyati 
Matematika darsligi boshlang‘ch sinf maktab dasturi bilan bog‘liq holda tuziladi va harbir 
sinf uchun alohida darslik mavjud. Darslik boshlang‘ich matematika kursining asosiy 
mazmunini aniq tizimda tushinarli qilib bayon qilingan kitob. Darslikning asosiy vazifasi 
o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlarida va darsda olgan bilimlarini mustahkamlash va 
chuqurlashtirishda yordam beradigan birdan-bir o‘qitish vositasidir. Darslik mazmuni o‘rtacha 
o‘qiydigan o‘quvchining o‘zlashtirishiga mos qilib tuziladi. Iqtidorli bolalarga darslikdan 
boshqa murakkabroq tuzilgan o`quv qo`llanmalaridan foydalanishga tug`ri keladi. 
Darslikda eng avvalo nazariy matеrial kеyin unga bog`liq bo`lgan amaliy matеrial o`rin oladi . 
Bundan boshqa mashqlar tizimi ham bеrilgan , ular o`quvchilarning bilimini mustahkamlash va 
rivojlantirishda katta rol o`ynaydi. Dеmak , darslik bir vaqtda masalalar to`plami hamdir.
Darslikdan tashqari o`qituvchilar uchun ham qo`llanmalar ham yaratiladiki , o`qituvchi 
darsning еffеktivligini oshirishda undan foydalanadi. Masalan, masalalar to`plami , mеtodik 
qo`llanmalar o`quvchilar bilan individual ishlash uchun qo`llanmalar tavsiya qilinidi.
O`qituvchilarga yordam tariqasida juda ko`p qo`shimcha qo`llanmalar va jurnallar nashr 
qilinadi.Bular darslarni o`tkazishga oid mеtodik tavsiyalar , tеstlar to`plami , iqtidorli bolalar 
uchun masalalar to`plami , individual va guruppavoy ishlash uchun didaktiv to`plamlar, mеtodik 
jurnallardir. 

Download 52.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling