2 mavzu bo’yicha topshiriq Soliqlar qachon paydo bo`lgan?


Download 5.15 Kb.
Sana20.02.2023
Hajmi5.15 Kb.
#1216036
Bog'liq
2 mavzu soliq (1)


2 – mavzu bo’yicha topshiriq

1. Soliqlar qachon paydo bo`lgan?
2. Mamlakatimizdagi ilk soliqlar haqida nimalarni bilasiz?
3. Аrablar istilosi davridagi soliqlarni qo`llash meхanizmi qanday?
4. Mo`g`ullar davridagi «kalon» va «kopchur» soliqlari qanday soliqlar?
5. Аmir Temur davrida soliq undirish tartibi to`g`risida nimalarni bilasiz?
6. Buхoro amirligidagi soliqlarning undirilish tartibi qanday bo`lgan?
7. Amir Temur davrida savdogar va hunarmandlar qaysi soliqlarni to‘lashgan?
8. Хiroj solig`i ma`nosi nimani anglatadi?
9. Soliqlarning rivojlanish davrlari haqida nimalar bilasiz?
10. Somoniylar davrida kirim-chiqim ishlarini, xususan soliqlarni yig‘ishni qaysi devon boshqargan?

Javoblar:
1. Soliqlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi davlat moliyasining shakllanishi va rivojlanishi jarayonida soliq to‘lovchilar mol-mulkining bir qismini majburiy ko‘rinishda davlat xazinasiga o‘zlashtirilishi sifatida undirish uzoq davrga borib taqaladi. Soliqlarning qachon paydo bo‘lganligi haqida hech qanday aniq ma’lumot tarixiy kitoblarda uchramasada, lekin soliqlarning ilk ko‘rinishi sifatida qurbonlik qilingan noz-ne’matlar e’tirof etiladi. Buning xususiyati shundan iboratki, u majburiy bo‘lmay ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgandir. Qilingan qurbonliklar esa, kambag‘allarga, nochorlarga, etimlarga, muhtojlarga ulashib berilgan.
2. Ilk bor 1917 yil oktyabrda bolsheviklar zo`rlik bilan amalga oshirgan to`ntarish Sobiq Ittifoq хalqlari, shu jumladan O`zbekiston tariхida salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sahifasini boshlab berdi. Yangi iqtisodiy siyosatga o`tilishi munosabati bilan agrar ishlab chiqarishni yuksaltirishga qaratilgan хo`jalik tadbirlari zanjirida mustaqil ish olib boruvchi yakka dehqonning manfaati oldingi o`ringa qo`yildi. 1919 yil mart oyida yangi iqtisodiy siyosat (NEP) e`lon qilinishi munosabati bilan yangi soliq siyosati tashkil etildi. Mazkur tizim qishloq хo`jaligi, hunarmandchilik, daromad, mulk va renta soliqlari, tamg`a yig`imlari, meros va boshqa bojlar kabi majburiy to`lovlarini o`z tarkibiga qamrab olgan. 1922 yil 11 aprelda “Natura solig`i haqida”gi qaror qabul qilindi.
3. Qadimgi Misrda va ko`plab sharqiy davlatlarda soliq davlat boshlig`iga tegishli bo`lgan erdan foydalanganlik uchun ijara haqi sifatida undirilgan. Dastlabki feodal davlatlarida soliqlar davlat boshlig`iga sovg`a sifatida berilgan. Tasodif emaski, o`rta asrlarda Аngliyada “soliq” va “sovg`a” so`zlari deyarli sinonim so`zlar bo`lib, ikkilasi ham “gift” so`zi bilan ifodalangan.
4. Bu hududlarda soliq siyosatini olib borish maqsadida ular tomonidan qurultoyda taklif etilgan tadbirlar hayotga tatbiq etila boshlandi va Mahmud Yalavoch boshchiligida o‘lkadagi xalqlardan turli xildagi soliqlarni undirar edilar. “Kalon” solig‘i dehqonlardan yig‘iladigan asosiy soliq bo‘lib, u hosilning o‘ndan bir qismini tashkil etgan. Chorvadorlardan “ko‘pchur” solig‘i olingan bo‘lib, uning miqdori har yuz bosh qoramoldan birga teng edi. Bundan tashqari “Yaso” qonuni bo‘yicha aholidan davlat foydasiga “shulsi” deb atalgan soliq undirilgan. Ushbu soliq turining miqdori har bir otardan ikki yashar qo‘y va har ming otdan bir biyani (qimiz uchun) tashkil etgan. Shuningdek, mamlakatdagi savdo yo‘llarida joylashgan bekat – “yom” (jom) larning xarajatlari ham aholi zimmasiga yuklatilib, ularning miqdori shu darajada ko‘payib ketar ediki, ba’zi hollarda har bir “yom” uchun 20 ot-ulov, so‘yish uchun qo‘ylar, sog‘ish uchun sog‘uvchisi bilan biyalar, aravalar va boshqa sarf-xarajatlar ajratilgan.
5. Amir Temur soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari uning farzandlariga siyosiy vasiyati bo‘lmish “Temur tuzuklari” da ifodalangan: “Amr etdimki, raiyatdan mol-xiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solib qo‘yishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish (davlat) xazinasining kambag‘allashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo‘ladi. Sipohning tarqoqligi, o‘z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib keladi.Amir Temur farmoyishiga binoan soliq undirish ishlari rahm-shavqatga asoslangan bo‘lishi lozim: “Amr qildimki, hosil pishib etilmasdan burun raiyatdan molu jihot olinmasin. Hosil etilgach, hosilni uch bo‘lib olsinlar. Agar raiyat soliq to‘lovchi yubormasdan, soliqni o‘zi keltirib bersa. U holda u erga soliq to‘plovchi yubormasinlar. Agarda oliq-soliq oluvchini yuborishga majbur bo‘lsalar, ular soliqlarni buyruq berish va yaxshi so‘z bilan olsinlar, kaltak, arqon ishlatish, ishni urish-so‘kishgacha olib bormasinlar. Ularni band etib, zanjir bilan kishanlamasinlar. Yana buyurdimki, xirojni raiyatdan kaltaklash va savalash yo‘li bilan emas, balki ogohlantirish, qo‘rqitish va tushuntirish yo‘li bilan undirsinlar. Qaysi hokim hukmining ta’siri cho‘p va kaltaklash ta’siridan kamroq bo‘lsa, unday hokim hukumat yurgizishga yaroqsizdur.
6. Buxoro amirligida moliya, asosan mol-mulk solig‘i bilan qushbegi poyon shug‘ullangan. U ark etagida yashagani, mahkamasi shu erda bo‘lgani bois qo‘yi qushbegi deb atalgan. Davlatdagi barcha zakot yig‘uvchilarning boshlig‘i mavjud bo‘lib uni ham zakotchi kalon (oliy zakot yig‘uvchi) deb atashgan.Avval chor hukumati dehqonlardan soliq olishni kamaytirdi, lekin erlarni soliqqa tortishning xiroj va tanob tizimini saqlab qoldi. Soliqlarni mutlaqo pul bilan to‘lash tartibi joriy etildi, davlat foydasiga natura shaklidagi majburiyatlar bekor qilindi. Soliq undirish ishlari saylab qo‘yiladigan qishloq idoralariga topshirildi.
7. Savdogarlar va hunarmandlar tamg‘a yoki zakot to‘lashgan, chegaradan o‘tgan mollar hisobidan ham boj olingan. Bu soliqlar davlat xazinasining asosiy manbai hisoblangan.
8. Xiroj Navro‘z bayrami arafasida yig‘ib olingan. Juzyani musulmon bo‘lmagan fuqarolar (ozod erkaklar) to‘laganlar. Xotin-qizlar, keksalar, kambag‘allar va qullar bu soliqni to‘lashdan ozod qilingan. Juzyani hisoblashda o‘ziga to‘qlik darajasi hisobga olingan va soliq pul yoki natura shaklida undirilgan. Yuqoridagi soliqlardan tashqari chorvadorlardan, hunarmandlardan va savdogarlardan soliqlar olingan.
9. Rivojlanishi jarayonida soliq to‘lovchilar mol-mulkining bir qismini majburiy ko‘rinishda davlat xazinasiga o‘zlashtirilishi sifatida undirish uzoq davrga borib taqaladi. Soliqlarning qachon paydo bo‘lganligi haqida hech qanday aniq ma’lumot tarixiy kitoblarda uchramasada, lekin soliqlarning ilk ko‘rinishi sifatida qurbonlik qilingan noz-ne’matlar e’tirof etiladi. Buning xususiyati shundan iboratki, u majburiy bo‘lmay ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgandir. Qilingan qurbonliklar esa, kambag‘allarga, nochorlarga, etimlarga, muhtojlarga ulashib berilgan.
Download 5.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling