2-мавзу. Бухгалтерия баланси, унинг тузилиши ва мазмуни


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana30.12.2022
Hajmi1.52 Mb.
#1072470
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biznes sub\'ektlarida buxgalteriya hisobi

Buxgalteriya hisobi – har qandaymulkchilik shaklidagi korxona
xo‘jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz kuzatish va nazorat qilish, sodir
bo‘lgan voqea–hodisalarni hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov
berish hamda hujjatlarga asoslangan holda moliyaviy hisobot
ko‘rinishida axborotlarni foydalanuvchichilarga taqdim qilish tizimidir.


Hisobning har bir turi bir xil xo‘jalik operatsiyasini turli
vaziyatlarda
ko‘rib chiqadi, bu esa ayrim bosqichlarda uning
foydalanuvchilarini qiziqtiradigan axborot oqimlarining kesishishini
istisno qilmaydi. Bunga erishish hisobning barcha turlariga hos bo‘lgan
muhim xususiyat, ya’ni bir xil o‘lchovlardan: natura, mehnat va pul
o‘lchovlaridan foydalanish tufayli mumkin bo‘ladi.
Mehnat vositalari - insonning yaratayotgan buyumlariga o‘z
ta’sirini o‘tkazuvchi vositalar hisoblanadi. Mehnat vositalari tarkibda
ishlab chiqarish qurollari (mashinalar, asbob - uskunalar, asboblar)
etakchi rolni o‘ynaydi. Mehnat vositalariga shuningdek, imoratlar,
inshootlar, transport vositalari va xo‘jalik inventarlari ham kiradi. Ular
ishlab chiqarish jarayonini normal amalga oshirish uchun kerakli
sharoitlar yaratib, uni to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi.
Mehnat
buyumlari
mahsulot
tayyorlanadigan
boshlang‘ich
materialdan iborat. Ularga xom ashyo va materiallar, yarim tayyor
mahsulotlar va tugalanmagan ishlab chiqarishlar kiradi. Shu guruhga
yordamchi materiallar va yoqilg‘ilar ham kiradi. Barcha mehnat
vositalarining umumiyligi shundan iboratki, ular faqat birgina ishlab
chiqarish
jarayonida
iste’mol
qilinib,
o‘zlarining
qiymatini
tayyorlanayotgan mahsulot tanarxiga butunlay o‘tkazadi.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling