2-mavzu. Byudjet hisobining huquqiy asoslari


Download 28.68 Kb.
bet1/2
Sana13.09.2023
Hajmi28.68 Kb.
#1676697
  1   2
Bog'liq
буджет 222222222


2-mavzu. Byudjet hisobining huquqiy asoslari

Reja:


    1. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobini tashkil etishning me’yoriy-xuquqiy asoslari.


    2. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobida qo’llaniladigan hisob hujjatlari va registrlari.


    3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansi.


    4. Byudjet ijrosi bo’yicha moliya organi, g’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi





    1. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobini tashkil etishning me’yoriy-xuquqiy asoslari

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Byudjet kodeksi" va "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonunlariga, “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”, “Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari boshqa jamg’armalari byudjeti g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma”ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda.


Qonuniy hujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari hududiy moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi.
Xozirda byudjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari, shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona tizimda yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek, G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirishdan iboratdir.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:


  1. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti ijrosi jarayoni muomalalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish;


  2. Buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;


  3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetbi ijrosi natijalarini aniqlash;


  4. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzish, taqdim etish va boshqalar.



Download 28.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling