2-mavzu. Falsafaning qonun va kategoriyalari reja
Yakkalik, xususiylik va umumiylik
Download 74.3 Kb.
|
2...-мавзу маруза матни
Yakkalik, xususiylik va umumiylik Bu falsafiy kategoriyalar borliq narsalari va hodisalarining dialektik birligini va ularning o’rtasidagi tafovutni aks ettiradi. Kundalik hayotda biz «yakka», «xususiy», «umumiy» tushunchalarini ko’p ishlatamiz va ularning mazmuni bizga ba’zan oydek ravshan bo’lib tuyuladi. Ammo mazkur tushunchalar bilan ifodalanadigan predmet yoki predmetlar turkumini topishga harakat qilganimiz zahoti katta qiyinchiliklarga duch kelamiz. Masalan unga ikkita bolaning suhbatini asos bo’lishi mumkin:
- Umringda hech qushni ko’rganmisan? - Ha, ko’rganman. Mana u (kanareykaga ishora qiladi). - E, bu qush emas, kanareyka-ku. Kanareykani ham sen hech qachon ko’rmagansan. Sen faqat bitta kanareykani, bizning kanareykamizni ko’rgansan. Sog’lom fikr kanareykada qushni ko’rgan bola u hech qachon qushni ko’rmaganini aytayotgan boladan ko’proq haq ekanligidan dalolat beradi. Ammo umuman qush, meva, daraxtini ko’rganini kim uzil-kesil qayd eta oladi? Biz bu qush, bu daraxt, bu mevani o’z tajribamizda ko’rganimiz hech qanday shubha uyg’otmaydi. Umumiy tushunchalar amalda obyektiv mazmunga ega yoki ega emasligi falsafa tarixida qizg’in munozaralarga sabab bo’lgan. Umumiy tushunchalar tabiati masalasi atrofida bahs O’rta asrlardan beri davom etib keladi. Umumiy tushunchalar amalda mavjudmi? Nima haqiqiy borliq hisoblanadi – yakkalikmi yoki umumiylikmi? Umumiylik va yakkalik munosabati hodisalar xossalarining emas, balki hodisalarning munosabati sifatida qaraladigan darsliklarga hozir ham duch kelish mumkin. Xo’sh, bugungi kunda falsafada mazkur masala qanday yechilmoqda? Ayrimlik, yakkalik, xususiylik va umumiylik kategoriyalari borliq narsalari va hodisalarining nisbatan mustaqilligi, ularning rang-barangligi va birligi in’ikosi hisoblanadi. Ayrimlik tushunchasi zikr etilgan kategoriyalar mazmunini ochib beruvchi asosiy tushunchadir. Ayrimlik – «narsa» tushunchasining sinonimi, ya’ni borliqning nisbatan mustaqil, sifat jihatidan muayyan parchasi. U xossalar to’plamiga ega. Download 74.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling