2-mavzu: falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: sharq falsafasi ва G‘arb falsafasi reja: reja


Download 149.43 Kb.
bet2/12
Sana17.03.2023
Hajmi149.43 Kb.
#1279570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2. мавзу Шарқ ва Ғарб фалсафаси

Markaziy Osiyo-qadimiy Turon jahon ilm-fani, madaniyati va ma’naviyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mintaqalardan biri bo‘lgan. Hozir O‘zbekiston, deb ataluvchi bu xudud, ya’ni bizning Vatanimiz nafaqat SHarq balki butun jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini bugun jahon tan olmoqda. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy falsafiy fikri haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishimizda qadimiy xalq og‘zaki ijodiga oid afsona va rivoyatlar, qadimgi hind, xitoy va yunon tarixchilarining asarlari, “Avesto”, “Behistun”, “Bundaxshin” va shular kabi yozma yodgorliklarda aks ettirilgan. Ayniqsa “Avesto”, shubhasiz, Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy ma’naviyat, madaniyat, xususan falsafiy qarashlarini o‘rganish uchun bebaho manbadir. Bu asar bizga qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining ilk tabiiy-ilmiy tasavvurlari, ijtimoiy-siyosiy, diniy va falsafiy fikrlarining shakllanishini aniqlash uchun juda boy manba bo‘lib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida bir qator olimlarimiz ushbu kitobni tadqiqot qilishdi (T.Maxmudov, G.Maxmudova, H.Homidiy, M.Ishokov va boshq.) Tadqiqotchilarning yozishicha 21 kitobdan iborat bo‘lib, uning 7 kitobi dunyo va inson zotining o‘tmishi haqida, 7 kitobi inson axloqi, uning huquqlari haqida, 7 kitobi tibbiyot, ilmiy-hay’at hamda aniq fanlarga oid bilimlar haqida bo‘lgan.Bu asar zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotining muqaddas kitobi sifatida o‘zida ajdodlarimizning tabiat, borliq, olam, jamiyat, inson, uning hayoti, axloqi, huquqlari, burchi kabi masalalar yuzasidan dastlabki diniy falsafiy qarashlarini ifodalaydi.
Zardushtiylik diniy-falsafiy ta’limotiga ko‘ra, olamda ikkita kuch: yaxshilik va yomonlik kuchlari bo‘lib, ular bir-birlariga qarshi kurash olib boradilar. YAxshilik kuchlariga xudo Ahura Mazda, yomonlik kuchlariga Axriman boshchilik qilishadi. Insonning hayoti, uning taqdiri, baxti va baxtsizligi shu ikki kuch kurashi bilan bog‘liq holda ko‘rsatiladi. Bunda inson bu faoliyatining sub’ekti sifatida emas, balki xudolar ta’sir ko‘rsatadigan ob’ekt sifatida namoyon bo‘ladi. Asarda kishilar o‘z amaliy ishlari va axloqiy fazilatlari bilan yaxshilikka moyil ekanliklari, ular yovuz kuchlarga qarshi kurashda ezgu ruhlarga ko‘maklashishlari lozim, aks holda yomonlik tantana qilib, ular abadul-abad azob-uqubatlarda yashashi mumkinligi aytiladi. Bunda kishilarning yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurlari va qarashlari ularning amaliy faoliyati bilan bog‘langan holda ko‘rsatilib, ular kishilar faoliyatini rag‘batlantiruvchi, yo‘naltiruvchi kuchlar sifatida ifodalanadi.
“Avesto”da insoniyat tarixi haqida ham fikr yuritilib, unda aytilishicha, birinchi paydo bo‘lgan odam Ilmadir. Boshqa odamlar keyinchalik undan tarqalgan. Ilma yashagan davr insoniyatning oltin davri deb tasvirlanadi. Bu davrda odamlar o‘lmaydilar, ularga abadiy bahor yaratilgan bo‘ladi, ular baxtldi va farovon yashaydilar.Biroq shunday bir paytda odamlar ta’qiqlangan mol go‘shtini eb, gunoh qilib qo‘yishadi. Bundan g‘azabi kelgan Angra man’yu (“Axriman”) xudosi ularga qor va sovuqni yuboradi. Ilma shunda uy qurib, odamlarni va bir juftdan hayvonlarni saqlab qoladi. SHundan boshlab, insoniyat tarixining birinchi davri oltin davri tugab ikkinchi- yaxshilik va yomonlikning kurash davri boshlanadi. Bu davrda yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi keskin kurashlar so‘ngida xudo Ahura Mazda xudo Axriman ustidan g‘olib chiqadi va baxtli hayot saltanati qaror topadi. Bu insoniyat tarixining uchinchi davri bo‘lib, insoniyatning kelajagi davridir. Bu davrda kishilarning baxt-saodati, adolatli jamiyat haqidagi orzu-umidlari ushaladi. Bu davrda oldin o‘lganlar tiriladi gunohkorlar jazolanadi. Jamiyatda mehnatsevarlik, adolat, halollik, poklik, yaxshilik asosiy o‘rinni egallaydi. Masalan, «Avesto»da keltirilgan «Zabardast va qudratli bo‘lish uchun hamisha haqiqat va rostlikka muvofiq amal qilsang, zabardast va qudratli bo‘lasan», «Haq so‘zdan o‘zga hech narsa bilan shug‘ullanma», «Dunyoni taraqqiyot va kamolot sari harakatga soladigan kishi lar bo‘lmog‘i lozim», «YOlg‘on gapirib tirik qolgandan ko‘ra, rost gapirib o‘lgan yaxshi», «O‘z nafsini engib, jilovlab olmagan kishi, hech narsa ustidan g‘olib chiqa olmaydi2» kabi fikrlar hozirgi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
“Avesto”da quyidagi uch jihat insonning insoniyligini ta’minlovchi asosiy fazilatlar ekanligi aytiladi. Bular: 1) Ezgu fikr; 2)Ezgu so‘z;, 3)Ezgu ish (amal)dir.Mana shu fazilatlarga ega bo‘lgan inson oliy haqiqatga musharraf bo‘ladi. Bularga erishishning asosiy vositasi mehnat qilish, o‘rganish, izlash, o‘z ustida tinmay ishlashdir. Avestodagi ilgari surilgan diniy-falsafiy ta’limot, zardushtiylik g‘oyalari keyingi davrlar SHarq va Evropa diniy-falsafiy ta’limotlarining shakllanishi va paydo bo‘lishida juda katta o‘rin tutgan va rol o‘ynagan.

Download 149.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling