2-мавзу. Филологик тадқиқотларда тизимли таҳлил методикаси


Download 95.88 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi95.88 Kb.
#1172742
Bog'liq
Taqdimot 11

11-mavzu. Aruz vazni qoidalari

Reja:

1. Aruz vaznida rukn va uning xususiyatlari.

2. Rukn va juzv munosabati.

3. Asliy va far’iy ruknlar.

4. Ruknlarning baytdagi o‘rni.

Prof. Hamidulla BOLTABOEV

Rukn ta’rifi

  • Rukn (arabcha – ustun), ko‘pligi – arkon
  • Rukn misradagi hijolarning guruhlanib kelishidan hosil bo‘lgan ritmik bo‘lakdir.
  • Ruknlar arabcha “fa’ala” (“harakat qilmoq”) so‘zi asosida hosil bo‘ladi; manbalarda “afoiylu tafoiyl” yoki asllar, asliy ruknlar deb yuritiladi.

Juzvlar va ularning baytdagi o‘rni

  • Aruzda mutaharrik va sokin harflarning turli tartibda birikuvidan hosil bo‘ladigan bo‘laklar juzvlar (arabcha: bo‘lak) deb ataladi.
  • Sababi xafif – bitta cho‘ziq hijo - (kun)
  • Sababi saqiyl – ikkita qisqa hijo v v (ya-na)
  • Vatadi majmu’ – qisqa va cho‘ziq hijo; v - (va-tan)
  • Vatadi mafruq – cho‘ziq va qisqa hijo; - v (xan-da)
  • Fosilai sug‘ro – ikkita qisqa va bitta cho‘ziq hijo; v v -
  • ( a-la-min)

  • Fosilai kubro – uchta qisqa va bitta cho‘ziq hijo;
  • v v v - (qa-ra-ma-dim)

Juzvni yodda saqlash usuli

  • Navoiy “Mezonul-avzon” risolasida juzv turlarini tartibini beradi:
  • Ul ko‘zi qaro dardi
  • - v - - v v v -

    sababi sababi vatadi vatadi

    xafif saqiyl mafmu’ mafruq

    g‘amidin chidamadim

    v v - v v v -

    fosilai fosilai kubro

Vaznni aniqlash usuli

  • Mumtoz adabiyotshunoslikda vaznni aniqlash
  • harf - juzv - rukn - bayt

    Hozirgi aruzshunoslar

    hijo - rukn - bayt

    Usulini qo‘llashmoqda

Asliy va far’iy ruknlar

1. fauvlun 2. foilun

v - - - v -

3. Mafoiylun 4. foilotun

v - - - - v - -

5. Mustaf’ilun 6. mutafoilun

- - v - v v - v -

7. Mafoilatun 8. maf’uvlotu

v - v v - - - - v

Asliy ruknlarning har biri zihoflar – o‘zgarishlarga uchrab, o‘zidan tarmoq ruknlari hosil qiladi.

Shundan kelib chiqib, ruknlar solim (sog‘lom)

va muzohaf (o‘zgargan)

Ruknlarning nomlanishi

  • Sadr – birinchi misraning bosh rukni.
  • Aruz – misraning oxirgi rukni.
  • Ibtido – ikkinchi misraning bosh rukni.
  • Hashv – o‘rtadagi rukn yoki ruknlar.
  • V - - - V - - - V - - - V - - -
  • Sadr Hashv Aruz
  • V - - - V - - - V - - - V - - -
  • ibtido Hashv zarb

Baytdagi ruknlar soni

1. Murabba’ (to‘rtlik)

Sadr / aruz

Ibtido / zarb

2. Musaddas (oltilik)

Sadr / hashv / aruz

Ibtido / hashv / zarb

3. Musamman (sakkizlik)

Sadr / hashv / hashv / aruz

Ibtido / hashv / hashv / zarb

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Ҳожиаҳмедов А. Мактабда аруз вазнини ўрганиш. Т.: Ўқитувчи, 1995.
  • Ҳожиаҳмедов А. Ўзбек арузи луғати. Т.: Шарқ НМАК, 1998.
  • Шарқ мумтоз поэтикаси (тузувчи Ҳ.Болтабоев). Т.: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси нашриёти, 2008.
  • Юсупова Д. Аруз алифбоси. Т.: Akademnashr, 2015.
  • Зоҳидова Д. Аруз сабоқлари.. Т., MUMTOS SOʻZ, 2017.

Download 95.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling