2-mavzu grafo-mexanik usulda nusxa olish


Download 95.5 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1614214
  1   2
Bog'liq
2-amaliy (3)


2-MAVZU GRAFO-MEXANIK USULDA NUSXA OLISH
Yer tuzish loyixalari va yer kadastlari ishlari odatan fotoplanlarni yoki ularning boshka usullarga nisbatan eng anik va unumli-fotomexanik usulida tayyorlangan nusxasida olib boriladi.
Ayrim xolatlarda loyixa planlarni grafik usulida (nur orkali, igna bilan teshish) yoki grafomexanik usulida (pantograf yoki proporsional ulchagich yordamida) plan va kartalardan nusxa kuchirish orkali xosil kilish mumkin.
Grafik yoki grafomexanik usullari bilan nusxa kuchirishdan oldin koordinata turi chizilib, relef va tafsilotlar originaldan nusxaga xar bir kataklar xududi buyicha utkaziladi, shunda geodezik tarmoklari punktlari va yerdan foydalanuvchilarning chegralari nusxaga koordinatalarining hisoblangan qiymatlari bo‘yicha tushiriladi.
Plan va kartalarni nusxalash. Plan va kartalardan nusxa olish masshtabini saqlab yoki o‘zgartirib bajarilishi mumkin.
Planlarni nusxalash quyidagi usullar orqali bajarishi mumkin:

  1. Fotomexanik (bu usul eng aniq va unumli hisoblanadi).

  2. Grafomexanik pantograf yoki proporsional o‘lchagich yordamida.

  3. Grafik - nur(yorug‘lik) orqali, bosish va igna bilan teshish.

Nur(yorug‘lik) orkali nusxalash maxsus nur bilan nusxa olish (svetokopiroval) stolida bajariladi. Igna bilan teщish usuli ko‘pincha maydonlarni chegarasi to‘gri chiziklardan iborat bo‘lganda qo‘llaniladi.
Planlarni nusxalashda qaysi usulni qo‘llanishidan qat’iy nazar quyidagi tartib saklanishi kerak: avval nusxani masshtabida koordinatalar turi chiziladi, keyin geodezik tayanch punktlari ularning koordinatalari bo‘yicha tushiriladi. Koordinata kiymatlari yo‘q bo‘lgan holda, ular grafik usulida ko‘chiriladi. Original(asl nusxa)dagi tafsilot va relef har bir katakni hududi bo‘yicha alohida nusxaga ko‘chiriladi.
Pantograf yordamida nusxa olish. Pantograf mexanik asbob bo‘lib, to‘rtta PA, PD, CB va AS - chizgichlardan iborat. Bu chizgichlar parallelogramm tarzida bir biriga sharnir orqali payvand bo‘lib, siljitmaydigan qutb nomlanadigan R nuqtani atrofida aylanadi. R nukta metalldan og‘ir qilib ishlangan asosga qo‘zgalmas qilib maxkamlangan.
Pantograf asbobni ishlash prinsipi, nusxa olishda uchta nukta: qutb R, kalam K va aylana shpil S (3 - shakl) bir vertikal tekislikda yotishiga asoslangan. Buning uchun RA, SV va AS chizg‘ichlarni uzunligi bir xil bo‘lishi kerak, ya’ni RA - SV = AS = L, hamda muftalarni S, K va V nuktalarda qo‘yishda quyidagi shart bajarishi lozim
AV = RS = SK = X,
bu yerda L - pantografni razmeri (o‘lchami), mm. Pantografni razmeri 600, 720, 840, 960 mm bo‘lishi mumkin;
X - pantografni qo‘yilishi bo‘lib, quyidagicha aniklanadi
X=LM/m.
Bu formulada M - asl plan masshtabaning maxrajidagi soni; m-nusxalash masshtabining maxrajidagi soni. Misol: Asl plan masshtabi 1:10000, nusxaning masshtabi esa 1: 25000, L= 600 mm bo‘lganda pantografni ko‘yilishi X qiymati aniqlansin:
X =600*10000/2500=240 mm
shunda muftalarni S, V va K nuqtalarda 240 mm belgida qo‘yish kerak. Buning uchun AS, VS va PD chizgichlarda millimetri bo‘laklar tushirilgan. Bundan tashqari chizgichlarda keltirilgan M : m nisbatlaridan foydalanib V, S va K nuktalarini ish holatiga qo‘yish mumkin.
Agar nusxani original masshtabida ko‘chirmoqchi bo‘lsak, unda pantografda qalam K va qutb R nuktalarini holatini almashish kerak, ya’ni qutb R VS chizg‘ichning o‘rtasiga ko‘yiladi. Agar nusxani original masshtabiga nisbatan yirikroq masshtabda tayyorlamoqchi oulsak, unda kalam K va aylana shpil S joylarini almashishi kerak.

1.1-shakl
Fan va texnikaning rivojlanishi tufayli hozirgi vaqtda plan va kartalarni yangilash, nusxa ko‘chirish kompyuterlarda bajarilmokda.



Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling