2-Mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar va uning qondirilishi


Download 163.06 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi163.06 Kb.
#252089
Bog'liq
1475324180 63096

Mintaqalarda ijtimoiy va iqtisodiy infratuzilmalari va ularning orasidagi bog'liqliklar

Reja.

1. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni va shakllari.

2.Ehtiyojlarning turlari va tarkibi, ularning qondirilish darajasi.


1. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning mazmuni va shakllari.

Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar – bu jamiyat a`zolarining yashashi va kamol topishi uchun kerakli,hayotiy vositalarga bo`lgan zarurijatidir.

Ehtiyojlarning shakllari:
    • Alohida kishilar yoki jamiyat a`zolari ehtiyojlari.
  • Korxonalar ehtiyoji.
  • Davlat ehtiyoji.

Jamiyat ehtiyojlarining barcha tarkibiy qismlariga xos bo`lgan umumiy xususiyat-ular cheksiz va chegarasizdir.

Jamiyat ehtiyojlari darajasiga ta`sir ko`rsatuvchi omillar:
  • Mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot darajasi.
  • Jamiyatdagi mavjud ijtimoij-iqtisodiy tizim.
  • Tabiiy-geografik va iglim sharoitlari.
  • Tarixiy,milliy an`analar va urf-odatlar.
  • Aholi sonining o`sishi va uning ijtimoiy tarkibining o`zgarishi.
  • Xalqaro aloqa va kommunikatsiya tizimlarining rivojlanish holati.
  • Hududiy,milliy va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish darajasi.

Ehtiyojlarning o`sib borish qonuni-jamiyjat ehtiyojlarining miqdoran ortib va sifat jihatdan takomillashib borishini bildiradi.
  • Aholining tabiiy o`sishi -buning natijasida ehtiyojlar miqdoran ortib boradi.
  • Fan-tehnika taraqqiyoti va reklama.Uning ta`sirida kishilarda yangi tovarlarga ehtiyoj paydo bo`lib,u sifat jihatdan takomillashib boradi.

Ehtiyojlarga xos bo`lgan muhim xususiyat- turli ehtiyojlarning bir-birini taqozo qilishidir.Bu bir ehtiyojning boshga bir ehtiyojni keltirib chiqarishini anglatadi.M:kompyuterlarga paydo bo`lgan ehtiyoj o`z navbatida uni ishlatishni o`rganish,xizmat ko`rsatish,dastur tuzish kabilarga eshtiyojlarni keltirib chiqaradi.

Qondirilish xarakteri va darajasiga ko`ra:

2Ehtiyojlarning turlari va tarkibi,ularning qondirilish darajasi.
  • Yakka yoki individual tarzda qondiriladigan ehtiyojlar.
  • Jamoa yoki guruhlar darajasida qondiriladigan ehtiyojlar.
  • Umumjamiyat miqyosida qondiriladiganehtiyojlar.

Ehtiyojlarning o`sib borishini taqozo qiluvchi omillar:

Ehtiyojlarni qondirish vositalarining ashyoviy-buyum shakliga ko`ra:
  • Moddiy ehtiyojlar-moddiy ko`rinishga ega bo`lib,kishilarning ular bilan ta`minlanishi hayot kechirishining birlamchi shartidir.Bular hayotiy zarur vositalar(oziq-ovqat,turar-joy )ni o`z ichiga oladi.
  • Ijtimoiy ma`naviy va madaniy-maishiy ehtiyojlar-asosan xizmatlar shaklida qondirilib,insonning ahloqiy, ma`naviy,madaniy va jismoniy kamol topishiga xizmat qiladi.

Qondirish usuliga qarab:
  • Bevosita qondiriladigan ehtiyojlar-kishilar tomonidan to`q`ridan-to`q`ri iste`mol qilinadigan tovarlar va xizmatlarga bo`lgan ehtiyojlar.
  • Bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar-bu ishlab chiqarish maqsadlari uchun iqtisodiy resurslarga bo`lganehtiyojlar.

E`tiboringiz uchun raxmat !
Download 163.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling