2-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi tarixi.
Download 18.99 Kb.
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning rejasi Reja
- Dars turi Ma’ruza, bahs-munozara, aralash. Dars bosqichlari va
- O`quv jarayonining mazmuni Metod
- “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari”
- “Informatika va axborot tyexnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasi”
- Informatika va axborot tyexnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasi”
- Informatika, Informatika o’qitish metodikasi fanlarining rivojlanishi yo’lidagi ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar: Qardosh mamlakatlar olimlari
2-mavzu: Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi tarixi. (2 soat ma’ruza).
1985 yilda maktab dasturiga “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fani kiritildi, 1986 yilda esa pedagogik oliy ta’lim muassasalari o’quv rejasiga “Informatika o’qitish metodikasi” kursi kiritildi va shu yildan boshlab «Информатика и оброзавание» nomli metodik jurnal o’z faoliyatini boshladi. Ilmiy fanlar tasniflanishiga asosan ushbu axborotlashgan jamiyat tomonidan qo’yilgan maqsadlarga mos ravishda rivojlanishining zamonaviy bosqichida informatikani o’qitish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan yangi “Informatika va axborot tyexnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasi” degan nom oldi. Ammo o’quv kurslar, darsliklar va me’yoriy hujjatlarda fanning eski “Informatika o’qitish metodikasi” nomi ham ko’p qo’llanilmoqda. Informatika o’qitish metodikasining rivojlanishida kibernetika elementlari, dasturlash, mantiq elementlari, hisoblash va diskret matematikasi va x.k. larning mazmun va maqsadlarining didaktik tadqiqot ishlari muhim o’ringa ega. Informatika va axborot tyexnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasiga uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlaridagi: maktabgacha ta’lim, boshlang’ich talim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim, informatikani mustaqil o’zlashtirish, masofaviy ta’lim va x.k. dagi informatikani o’qitish jarayoniga oid tadqiqotlarni kiritish lozim. Hozirgi kunda zamonaviy pedagogik fan oldiga har bir bo’g’in o’z xususiyatidan kelib chiqqan holda o’z muammolarini qo’ymoqda. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasi fani bugungi kunda jadallik bilan rivojlanmoqda, chunki axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan ularni nazariy va amaliy asoslari fan mazmunida o’z aksini topishi lozim. “Informatika va axborot tyexnologiyalarini o’qitish nazariyasi va metodikasi” informatikani o’qitishning umumiy maqsadidan kelib chiqqan holda o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: Informatika yo’nalishidagi fanning mazmunini hamda fanning muayyan maqsadini aniqlash; qo’yilgan maqsadga yerishish uchun o’qitishning tashkiliy shakllari va ratsional metodlarini ishlab chiqish va ta’lim muassasasiga va o’qituvchilarga taqdim yetish; informatika o’qitish vositalarini (o’quv qo’llanma, dasturiy ta’minot, texnik ta’minot) o’rganib chiqish va ulardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish. Informatika, Informatika o’qitish metodikasi fanlarining rivojlanishi yo’lidagi ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar: Qardosh mamlakatlar olimlari: A.I. Bochkina, M.P. Lapchika, V.V. Malyeva, N.Vinyera, K.SHyennon, Fon Nyeyman, A.P. Yershov, Ye.A. Rakitina va boshqalar. O’zbekiston olimlari: akademiklar V.Qobulov, M.Kamilov, T.Bekmurodov, professorlar M.Ziyoxo’jayev, A.Abduqodirov, M.Aripov, U.Yuldoshev, M.Begalov, F. Zokirova, T.Azlarov, dotsentlar R. Boqiyev va boshqalar. Download 18.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling