2-mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari Reja
Download 26.74 Kb.
|
2.1 (Lotincha) (1)
2-mavzu. Iqtisodiyotda innovatsion faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari Reja: 2.1.1. Innovatsiyalar harakati 2.1.2. hayotiylik davri va bosqichlari Iqtisodiyotning zamonaviy yangi texnika texnologiyalar nou-xoular yaratilishi va amaliyotga qo‘llanilishi natijasida iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi omillardan biri bu innovatsiyadir. I.SHumpeter ta’kidlaganidek, innovatsion faoliyat ishlab chiqarishning “mutatsiyasi” sifatida iqtisodiyotda yangi qo‘shilgan qiymatni yaratadi va bu jarayon texnik taraqqiyot natijalari hamda uning elementlarining iqtisodiyotga joriy etilishi oqibatida yuz beradi. Iqtisodiyotda innovatsion faoliyatning eng muhim xarakterli jihatlaridan biri bu innovatsiyalar harakati mohiyatini ko‘rsatish, shuningdek uning yaratilishi (tarqalishidan tortib) to uning natijadorligigacha bo‘lgan barcha jarayon hamda bosqichlardan iborat bo‘ladi. Innovatsiyalar paydo bo‘lish jarayonini o‘rganishda innovatsiyalarning tarqalish jarayoni – diffuziyasi muhim ahamiyatga ega. Mashhur amerikalik olim E.Rodjersning fikriga ko‘ra diffuziya – bu ma’lum vaqt davomida jamiyat a’zolari o‘rtasida ma’lum ijtimoiy tarmoqlar (tanish bilishlari, qarindoshlar) orqali innovatsiyalarning tarqalishi (harakati) hisoblanadi1. Birinchi marta bu tushuncha XIX asrda fransuz sotsiologi G.Tard tomonidan taklif etilgan. 1950 yilda shved geografi T.Xagerstand sotsial iqtisodiy hodisalar diffuziya jarayonini qishloq hududlarida o‘rgandi va Monte-Karlo usuli asosida bu jarayonni modellashtirdi. Innovatsiyalar (tarqalishining) harakatining har xil namoyon bo‘lish variantlari mavjud2: 1. Innovatsiyalar tashuvchisining (odamning) innovatsiyalarni osonroq va tezroq joriy etish imkoniyati yuqori bo‘lgan hududlarga megratsiya qilinishi natijasida; 2. Innovatsion(informatsion) yangilik yaratish to‘lqinining eng yaxshi moliyaviy va informatsion resurslarga boy joylarga ko‘chishi oqibatida; 3. Innovatsiyaga talab juda katta bo‘lgan joyga (amaliyotga) joriy etilgan innovatsiyaning diffuziya natijasidagi ko‘chib yurishi ko‘rinishida. E.Rodjersning “Innovatsiyalar diffuziyasi” asarida diffuziyani tadqiq etishdagi asosiy elementlar – bu yaratilgan yangiliklar (innovatsiyalar), kommunikatsiya tarmoqlari, vaqt(innovatsiya bo‘yicha qaror qabul qilinish davri) va ijtimoiy tizim hisoblanadi. E.Rodjers innovatsiyalarning insonlar tomonidan qabul qilinishi yoki rad etilishiga ta’sir etuvchi bir nechta omillarni ajratib ko‘rsatadi. Bularga: 1. Nisbiy ustunlik(boshqa xuddi shunday o‘xshash mahsulotlardan ustunliklari). 2. An’anaviy tizimga mos kelishi (innovatsiyalarning individlar qadriyatlariga mos kelishi). 3. YAngi mahsulotning foydalanishdagi qulayligi. 4. Innovatsiyani tekshirishning osonligi (haqiqatan ham yangi va boshqalardan farqli ekanligi). 5. Innovatsiyalar ustunligini yoritib berish osonligi va qulayligi. Iqtisodiyotda innovatsiyalar jamiyat rivojlanishi asosiy qonunlarini amalga oshirishning zaruriy elementi, uni rivojlanishi va dinamik sharti hisoblanadi. Jamiyatda tashkilotning rivojlanishi ular faoliyatining barcha jabhalariga daxldor bo‘ladigan xilma-xil innovatsiyalarni o‘zlashtirish yo‘li bilan faoliyat yuritadi. SHuning uchun ham, innovatsiyalar yangi g‘oyalarni qidirishdan tortib, ularni foydalanishgacha (sotilishi va tarqatilishigacha) bo‘lgan vaqtdagi faoliyatning barcha bosqichlari yig‘indisini hisoblash uchun “innovatsion davr”, ya’ni “innovatsionssikl” tushunchasidan iborat bo‘ladi. Uni ikki yo‘nalishga ajratish mumkin. Birinchi yo‘nalishda innovatsiyalarda yangilikni yaratish bosqichi, shuningdek, yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishi, g‘oyalarning ishlanishi yoki shakllanish bosqichi hamda yangiliklarni eksprement asosida o‘zlashtirish bosqichlaridan iborat bo‘ladi. Ikkinchi yo‘nalishda esa, innovatsiyalarning hayotiyssiklini o‘z ichiga olib, bunda innovatsiyalarning bozorga kirishi, ularning tijoratlashuvi (sotilishi) va diffuziya fazasida, shuningdek, yaratilgan innovatsion tovarning barqaror sotilishi rutinizatsiya fazasidan hamda eng asosiysi yangi yaratilgan tovarni iste’molda keng tarqalib, an’anaviy mahsulotga aylanish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Innovatsionssiklni quyidagi rasmda ham ko‘rish mumkin. (2.1.1-rasm). Download 26.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling