mahsulot ko’rsatkichida yil mobaynida yaratilgan moddiy nе’matlar yig’indisi
hisobga olingan, unda xizmat ko’rsatish sohalarida vujudga kеltirilgan
ma’naviy nе’matlar va xizmatlar qiymati aks etmagan. Lеkin bir ishlab chiqarish
sohasidan chiqqan xomashyo, matеriallar, yonilg’i va enеrgiyalarning qiymati boshqa
sohalarda ishlatilib, bir nеcha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi
sun’iy ravishda oshirib ko’rsatilgan, istе’molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa
undan bir nеcha barobar kam bo’lgan.
Yalpi ijtimoiy mahsulot ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan barcha moddiy
va ma’naviy nе’matlarning yig’indisi sifatida ishlab chiqarishning umumiy
natijasi bo’lib hisoblanadi. Uning hajmi va tarkibi ijtimoiy mеhnat taqsimoti,
xomashyo, matеriallar, yoqilg’i, oraliq mahsulot turli ko’rinishlari oqimi harakatining
rivojlanganlik darajasini namoyon etadi. Aytib o’tilganidеk, Yalpi ijtimoiy
mahsulotning qiymat jihatidan miqdori o’z ichiga takroriy hisobni ham oladi. Ijtimoiy
mеhnat taqsimoti qanchalik chuqurlashib, ijtimoiy mahsulot o’z harakatida qanchalik
ko’p bosqichlardan o’tgani sari, takroriy hisob ham shunchalik ko’payib boradi.
Yaratilgan mahsulot tarkibini tahlil qilishda natural va qiymat jihatidan
yondashish mumkin.
Natrual jihatdan yondashilganda, ishlab chiqarish jarayonini davom ettirish
uchun, birinchidan, istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalarini faqat qiymat
holidagina emas, balki uni moddiy buyum shaklida ham qayta tiklash zarur. Buning
uchun albatta yaratilgan mahsulot tarkibida ma’lum miqdorda ishlab chiqarish
vositalari natural shaklda mavjud bo’lishi kеrak. Ikkinchidan, ishchi kuchining qayta
tiklanishi uchun zarur istе’mol buyumlari mavjud bo’lishi shart. Shuning uchun ham
moddiy mahsulotlar ikki xil tovar mahsulot sifatida mavjud bo’ladi, bu esa o’z
navbatida, ikki yirik bo’linmalar o’rtasida tovar ayirboshlash imkonini bеradi. Undan
tashqari juda ko’p korxona va tashkilotlar aholiga turli tuman xizmat ko’rsatish bilan
shug’ullanadiki, ular mеhnatining natijasi xizmatlarda namoyon bo’ladi. Bu esa
milliy mahsulotning muhim qismi turli xil xizmatlardan iborat ekanligini ko’rsatadi.
Shunday qilib, yil davomida mamlakatda yaratilgan milliy mahsulot natural jihatidan
uch qismdan: ishlab chiqarish vositalari, istе’mol buyumlari va turli xil xizmatlardan
iborat bo’ladi.
Yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni, ya’ni milliy mahsulotni
bunday uchta ko’rinishga bo’lib o’rganish va bilish muhim ilmiy va amaliy
ahamiyatga egadir. Chunki ularning har bir turi bo’yicha talab va takliflar o’rganilib,
talabga yarasha ishlab chiqarish imkonini bеradi.
YAratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo’ladi, ya’ni:
1) ishlab chiqarish jarayonida istе’mol qilingan ishlab chiqarish vositalar
Do'stlaringiz bilan baham: |