2-mavzu: islоmdagi mazhablar va yo’nalishlar. Reja: Islоmdagi оqim va yo’nalishlarning hоzirgi kundagi ko’rinishlari va ularning islоm birligiga tahdidi


Download 155.82 Kb.
bet9/26
Sana26.12.2022
Hajmi155.82 Kb.
#1067314
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
dinshunoslik 2 mavzu

4272 raqamli fatvodan
To`rtinchi savol:
Har bir mazhab imomining o`zidan boshqasiga xilof qilganini ko`ramiz. Ko`pincha ular orasidagi jan-jal ba’zi namozxonlarning tarki namoz qilishiga olib boradi. Ushbu mavzu’da shofiy va kofiy javob umididamiz. Bir mazhabga ergashaylikmi? Ish to`g`ri bo`lishi uchun qandoq qilib mazhablarni muvofiqlashtiramiz?
Yolg`iz Allohga hamd bo`lsin. Uning Rasuliga va U kishining Oliyu ashoblariga salovotu salomlar bo`lsin. Va ba’du:
Javob:
To`rt mazhab imomlari orasidagi fiqh far’idagi mavjud xilof hadisning ba’zi imomlar nazdida sahih bo`lib, boshqasi nazdida sahih bo`lmagani yoki hadis birlariga etib, boshqalariga etmagani kabi xilofga sabab bo`luvchi omillarga borib taqaladi.
Musulmon kishiga ular haqida yaxshi gumonda bo`lish vojibdir. Ulardan har birlari mujtahiddir. O`zlaridan sodir bo`lgan fiqhiy urinishlarda haqni talab qilgandirlar. Ulardan kim to`g`ri topgan bo`lsa ikki ajr: ijtihodi ajrini va to`g`ri topgani ajrini oladi. Kim xato qilgan bo`lsa, bir ajr, ya’ni ijtihodi ajrini oladi.
Mazkur to`rt imomlarga taqlid qilishga kelsak. Kimning haqni dalildan olishga imkoni bo`lsa, unga dalildan olish vojib bo`ladi. Kimning imkoni bo`lmasa o`z nazdidagi eng ishonchli ahli ilmga taqlid qiladi. Far’lardagi bundoq xiloflar ixtilof qiluvchilarni bir-birlarining ortlaridan namoz o`qishni man qilmasligi kerak. Aksincha, ba’zilari ba’zilarining ortidan namoz o`qimoqlari vojibdir. Sahobalar, roziyallohu anhum, far’iy masalalarda ixtilof qilsalar ham bir-birlarining ortlarida namoz o`qir edilar. Tobe’inlar va ularga yaxshilik ila ergashganlar ham shundoq qilganlar.
Tavfiq Allohdandir. Nabiyyimiz Muhammadga va U zotning Oliyu ashoblariga Allohning salovotu salomlari bo`lsin.
Ilmiy bahslar va fatvo bo`yicha doimiy qo`mita:
Abdulaziz Ibn Abdulloh Ibn Boz - Rais.
Abdurrazzoq Afifiy - Rais noibi.
Abdulloh Ibn G`idayyan - A’zo.
Abdulloh Ibn Qa’ud - A’zo.
(Fatvolar «Majallatu al-Buhus al-Islomiya»ning 51 sonidan so`zma-so`z tarjima qilindi.)
Shu yerda ikki og`iz izoh berishga to`g`ri keladi. Ikkinchi fatvodagi, «Kimning haqni dalildan olishga imkoni bo`lsa», degan ibora kim ijtihod qilish darajasiga etgan bo`lsa, deganidir. Hamma ulamolarning ittifoq qilishlaricha, hozirda ijtihod darajasiga etgan shaxs yo`q. Endi hamma narsa ravshan bo`lgan bo`lsa, ajab emas. Ushbu hujjatlar bilan tanishib chiqilganidan so`ng o`z-o`zidan bir necha haqli savol paydo bo`ladi. Xo`sh, hozirda mazhabni inkor qilayotganlar kimga ergashyaptilar o`zi? Nima asosda faoliyat olib bormoqdalar o`zi? Mazhab boshi imomlarga nisbatan beodoblik qilishga nima haqlari bor? Agar ular o`zlari da’vo qilayotganlaridek, shayx Ibn Boz va u kishiga hamfikr shaxslarga taqlid qilayotgan bo`lsalar, nima uchun ularning yuqorida zikri o`tgan fatvolariga amal qilishmaydi?
Aslida fiqhiy mazhablar haqida ixtiloflarga atalgan asarda bunchalik ko`p gapirish niyat yo`q edi. Fiqh ilmi va fuqaholar haqida «Islom musaffoligi yo`lida» nomli kitobchamizda va boshqa maqola va ma’ruzalarimizda, xususan, «Hadis va Hayot» nomli kitobimizda qisman aytib o`tganmiz. Alloh nasib etsa, kelajakda bu muhim mavzuda batafsil so`z yuritish imkoni ham bo`lib qolar degan umiddamiz. Ammo hozirgi ixtiloflarga sabab bo`layotgan bosh omillardan biri aynan shu masala bo`lgani uchun bir oz bo`lsa ham to`xtalib o`tishni ma’qul topdik.
Ammo yaxshi niyat bilan qilingan bu ish zamon o`tishi bilan suiiste’mol qilindi. Mazhablarga hurmat-ehtirom o`rniga noo`rin mutaassiblik qilingan hollar ham bo`ldi. Natijada turli fiqhiy mazhablar atbo’lari orasida har xil ixtiloflar, kelishmovchiliklar va noqulay holatlar vujudga keldi. Juda oz bo`lsa ham sodir bo`lgan bu noqulay holat hozirgacha mazhab muxoliflari tomonidan, mazhab oraga tafriqa soluvchi eng bosh omil, degan ma’noda ishlatilib kelmoqda.
Ammo fiqhiy mazhablarga noo`rin taassub qilishlikning zarari bu bilan tamom bo`lib qolmaydi. Salafi solih ulamolarimizning ijtihodning kelajagi haqidagi ko`rsatmalariga ham noo`rin mutaassiblik qilindi. Ularning bu nozik masala mustabid hukmdorlar va ularga yoqish uchun har narsaga tayyor chalamullalarga o`yinchoq bo`lib qolmasligi yo`lida qabul qilgan ijmo’lari o`z o`rnida ishlatilmadi. Ma’lum usuliy qoidalar va muhim ijtihodlar daxlsizligi haqidagi ko`rsatmalar jamiki fiqh kitoblaridagi hamma so`zlar daxlsizdir, degan ma’noda talqin qilindi. Natijada asrlar osha fiqh masalalari o`rta asrdan oldingi holida muzlab qotib qoldi. Zamon, makon va omillar o`zgarishi bilan musulmon ummati hayotida ham sodir bo`ladigan turli yangi masalalarni hal qilishi lozim bo`lgan ulkan omil harakatsiz qoldi. Borib-borib fiqh kitoblarimizni yillab diniy tahsil olgan kishilar ham osonlikcha tushuna olmaydigan holga etildi. Kishilar malomatdan qo`rqib fiqhiy kitoblarimizdagi zamon o`tishi bilan eskirib, istilohdan chiqib ketan so`zlar o`rniga boshqa murodif so`zni almashtirishga ham jur’at qila olmas edilar.
Hozirga kelib barcha islomiy ilmlarda zamon ruhi esib turibdi. Tafsir, Hadis, Siyrat, Ulumul Qur’on, Ulumul Hadis va boshqa bir qancha Islomiy ilmlar bo`-yicha ko`plab yangi asarlar bitildi va bitilmoqda. Mazkur asarlarda o`quvchi o`zining barcha zamonaviy savollariga javob topadi. Bu asarlar kishilarni jalb qilishning hamma uslublarini hisobga olib bitilgandir. Ammo fiqh haqida bu gaplarni ayta olmaymiz. Bir-ikkita juz’iy va o`ta sodda urinishlarni hisobga olmaganda deyarli hech narsa qilingani yo`q. Ulkan Islomiy ilm bo`lmish fiqh ilmidagi asrlardan buyon davom etib kelayotgan bu turg`unlik oqibatida kishilarda fiqhdan chetlash yuzaga keldi. O`zining zamonaviy muammosi haqida javob izlab fiqhga murojaat qilgan odam unda bir necha asrlik gapni ko`rganidan keyin shundoq bo`lishi ham tabiiy bir hol. Nahotki o`tgan mujtahidlarimiz rahmatullohi alayhimlarni ko`z qorachig`imizdek e’zozlagan, ularni bosh ustiga qo`ygan holimizda, ularning ijtihodlariga til tegizmay turib, ba’zi masalalarimizni hal qila olmasak. Hech bo`lmasa, eski kitoblarimizni zamonaviy istilohlarga o`girib, xalq ommasiga tushunarliroq tilda taqdim qilsak bo`ladi-ku!
Kamina xodimingiz bundan bir necha yillar avval bir maqolamda ushbu ma’noga bir oz ishora qilib o`tgan edim. O`shanda ba’zi ahli ilmlar buni mujtahidlar maqomiga jur’at emasmikin, deya mulohaza ham qilgan edilar. Men ularga bundoq xayoldan umuman yiroq ekanimni bayon qilib bergan edim. Endi esa ko`pchilik ulamolar bilan bo`lgan suhbat va bahslarda ushbu fikr hamda mulohazalarni qo`llash holati ko`payib bormoqda. Ba’zi kishilar fiqhga yangicha yondashmoq zarurligi haqida kitob ham yozdilar. Kelajakda fiqh ilmida ham avvalgi paytlar kabi jozibadorlik paydo bo`lsa ajab emas, degan umiddamiz.
Demak, diniy masalalardagi ixtiloflarning kelib chiqishiga sabab bo`lgan omillar faqat bir tomonlama emas ekan. Fiqhni mahkam ushlashlik chegaradan chiqib, mutaassiblikka o`tib ketishi ham bu ishda qo`l keldi, desak xato bo`lmasa kerak. Hozirda ayni shu narsa odamlarni, ayniqsa yosh avlodni fiqh ilmidan uzoqda qolishlariga sabab bo`layotgani ham ehtimoldan xoli emas. Bir narsani bilmagan odam unga yaqin bo`lishi qiyin. Fiqhdan uzoqda qolgan kishilar uni tanqid qilishi ham shundan kelib chiqayotgan bo`lsa ajab emas. Musulmonlar hayotidagi barcha muammolarni o`z vaqtida shariat yuzasidan hal qilib, hukmini aytib berishi lozim bo`lgan buyuk ilm – fiqh ilmi bugungi kunimizda hayotdan orqada qolib turgani afsuslanarli bir holdir. Xuddi ana shu holat hozirda fiqhni ba’zi hukmdorlar va chalamullalar o`ziga xos xizmat qildirishiga ham sabab bo`lmoqda.

Download 155.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling