Taraqqiyotning o`zbek modeli - jamiyatning tadrijiy rivojlanish
kontseptsiyasi sifatida. Ijtimoiy rivojlanishning o`zbek modeli insoniyatning
rivojlanish borasidagi ilg’or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va
xalqimiz mentalitetiga tayanadi.
Ijtimoiy rivojlanish borasida xalqlar odatda ikki yo`ldan — inqilobiy va tadrijiy
yo`ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy
o`zgarishlar yo`li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evalyutsion)
taraqqiyoti barqaror — tabiiy rivojlanish yo`li ekanini ko`rsatdi.
O`zbek modelning asosiy tamoyillari quydagilardir:
- iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
- davlatning bosh islohotchi ekanligi;
- qonun ustuvorligi;
- kuchli ijtimoiy himoyalash;
- bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo`l bilan o`tish.
O`zbek modelining o`ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy
qadriyatlarning qayta tiklanishi, o`zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning
ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va
rivojlanishi, demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining
kafolatlanishi va boshqalarda o`z ifodasini topmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |